Z. T. M s h m o V a


Psixologik ma’ruzada o ‘z obrazini qanday namoyon



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/106
tarix09.09.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#142202
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   106
Psixologik xizmat. Nishanova Z.T

Psixologik ma’ruzada o ‘z obrazini qanday namoyon
qilish mumkin? 
Auditoriya oldida gapira boshlaganda dastlab 
o ‘tirganlar sizni tinglamayotanday tuyuladi. Sizni zimdan 
kuzatishadi, 
«siz
bilan tanishadi», sizning ovozingizga mos- 
lashadi, tashqi ko‘rinishingiz kuzatiladi, sizni xarakteringiz 
to ‘g‘risida xulosa chiqarishga harakat qilishadi.
Shaxsiy tanishish — ko‘nikuv hosil bo‘lgandan keyingina 
tinglovchilar ko‘zida qiziqish paydo bo‘ladi, ba’zilari kelishuv 
sifatida boshlarini qimirlatishadi, boshqalari nimanidir yozib 
olishadi, boshqa birlari o ‘zaro fikr almashadi.
85


Tanishuv — ko‘nikuv hosil bo‘lgandan so‘ng psixologga 
inson, ayol yoki erkak sifatida qiziqa boshlaydilar. Siz auditoriyaga 
olib kiradigan bilimlar tinglovchilarga siz psixolog sifatida 
o ‘zingiz qanday tushunishingiz va his qilishingizga bog‘liq 
ravishda qiziqarli yoki zerikarli bo‘lishi mukinmi? Nutq so‘zla- 
yotgan mavzuingiz bo‘yicha shaxsiy tajribaga egasizmi? Hayot 
va ishda sizda nima muvaffaqiyatli chiqdi, nima muvaffaqiyatli 
chiqmadi? Psixolog sifatida qayerda xato va kamchiliklar ro‘y 
berdi? MuvafFaqiyatsizlikni qanday boshingizdan kechirasiz? 
Hayotda va ishda muvaffaqiyat qozonasizmi?
M a’lumki, m a’ruzalarga puxta tayyorgarlik ко‘rib aslo 
hayajonlanishga yo‘l bermaslik kerak, asosiysi, auditoriyaga 
o ‘zingizning qanday obrazingizni taklif qilishni xohlashingizni 
puxta o ‘ylash darkor. Psixolog turli tinglovchilarga: o ‘qi- 
tuvchilarga, ota-onalarga, boshlang‘ich sinf o ‘quvchilariga, 
o ‘smirlarga va yuqori sinf o ‘quvchilariga har xil o‘z obrazlarini 
taklif qilishi mumkin.
« 0 ‘z obrazingiz» xulq-atvoringizning quyidagi qismlaridan 
tashkil topadi:
— tashqi ko‘rinish (kiyim, yuz ifodasi, tovush to‘lqini, 
o ‘zini tutish);
— auditoriya oldida psixologik rolni namoyon qilish, bu 
rolga hissiy bo‘yoq berish;
— nutqingizdagi asosiy qadriyatlaming yo‘nalishi (sizni 
nima qiziqtiradi va siz nimaga qarshi kurashasiz);
— o ‘z chiqishingizni boshlaydigan dastlabki so‘zlar;
« 0 ‘z obrazi»ning barcha qismlariga to ‘liqroq to ‘xtalib
o‘tamiz.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin