Z. T. M s h m o V a


«Mening kasbiy rolim» mashqi. Mashq maqsadi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/106
tarix09.09.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#142202
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   106
Psixologik xizmat. Nishanova Z.T

«Mening kasbiy rolim» mashqi. Mashq maqsadi:
kasbiy 
faoliyatning samarali usullarini ochish.
0 ‘qituvchilar guruhi aylana bo‘lib turishadi va psixolog 
hammaga guruh bilan salomlashishni aytadi, tasawur qiling, 
ular o ‘qituvchi emas, balki o‘quvchilardir.
Salomlashishni quyidagicha boshlash mumkin:
«— Salom, bolalar!» Bu paytda uning tutgan o‘m is yuzi- 
ning o ‘zgarishi ko‘rsatiladi. Shundan so‘ng, barcha qatnash- 
chilar guruh bilan salomlashishadi. Umumiy muhokama* 
qilinadi, har bir o ‘qituvchi bola pozitsiyasida qanday salom­
lashishni tushuntiradi.
Kimning salomi samimiy va ochiqligi aniqlanadi. Ushbu 
mashqda har bir o‘qituvchi o‘zining faoliyatidagi uslubidan 
kelib chiqib ishlaydi.
Pedagogik faoliyatning samarali hal qilinishi nafaqat 
maktabda endi ish boshlagan yosh o ‘qituvchilardagina emas, 
balki bir necha yillik ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun 
ham kasb uslubini rivojlantirishda muhimdir.
«Baho» mashqi. Mashq maqsadi:
maktab o ‘quvchilarini 
mahsuldor baholashda kommunikativ usullar ishlab chiqish.
Guruh aylana bo‘lib turadi, har bir qatnashchi salbiy 
va ijobiy baholami aytadi. Birinchi salbiy baho aytiladi, masalan: 
«— 0 ‘tir, ikki!». Har bir o‘qituvchi bu so‘zni o‘zining so‘zi 
bilan aytadi. Psixolog o‘qituvchi o‘quvchiga yomon baho qo‘ya- 
yotganida, unga shaxsiy munosabatini bildirishi, yaxshiroq 
o ‘qishga ishonishini tarbiyalanuvchiga bildirishi lozim.
Masalan, «— Ming afsus, Oydin bugun men senga yomon 
baho qo‘yaman. Men ishonaman, sen harakatchan qizsan va 
yaqin kunlarda ikkingni to ‘g‘rilaysan».
0 ‘quvchining yaxshi bahosidan o ‘qituvchi, quvonishi va 
psixologik yordam berishi, qo‘llab-quwatlashi lozim. Masalan: 
«— Barakalla, bugun sen «5» olding. Harakat qil va bundan 
buyon ham yaxshi o ‘qi".
«Mening hamkasbim» mashqi. Mashq maqsadi:
ishda 
o'qituvchining hamkasblari bilan samarali muloqot vositalarini 
rivojlantirish.
7 - 3 4
97


Psixolog guruhga keyingi vaziyatni o‘ynashni taklif qiladi, 
b ir o ‘qituvchi h am kasblaridan b ir-ik k i kunga o ‘rn in i 
bildirmaslikni so‘raydi. 0 ‘yindan so‘ng ushbu vaziyat yuzasidan 
muhokama qilinadi, o ‘qituvchi iltimosini bayon etish uchun 
qanday kommunikativ vositalardan foydalandi, nima uchun 
bir o ‘qituvchi unga yordamlashdi, boshqasi esa yo‘q.
H ar bir qatnashchi o ‘zining tajribasidagi shunday 
vaziyatlarni eslashi mumkin. Bu vaziyatga psixolog ara- 
lashmaydi, faqatgina guruhga yordam berishi mumkin. Mashq 
so‘ngida ushbu vaziyatda: « 0 ‘zingizni qanday tutishingiz 
kerak», hamkasblaringiz sizga chin dildan yordam berishlari 
uchun so‘rog‘i ila muhokama qilinadi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin