4.4. « 0 ‘quvchi — maktab» sikli
«Xohlayman — qila olaman— kerak» mashqi. Mashq maq-
sadi:
o ‘qituvchida o ‘ziga
nisbatan ishonch va faolligini,
xohish va majburiylikni, individual holatlarning o ‘sishi, o‘zini
anglash va pedagogik faoliyatda o ‘ziga xos xislatlarni shakl-
lantirishdir.
0 ‘qituvchilar guruhiga yarmi aylana tarzida o‘tirish aytiladi,
ikki stul bo‘sh qoldi. Xohishga ko‘ra istagan ikki o ‘qituvchi
markazga o‘rtaga chiqishadi va guruhga qarab o‘tiradi.
Bir o‘qituvchi tinglovchi — boshqasi esa boshlovchi bo‘ladi.
Oxirgisi uchta gap aytadi, birinchi bo‘limi bir xil, ikkinchisi
har xil bo‘ladi. Masalan,
u aytadi, «Men o ‘zimga ishonishim
kerak, men o ‘zimga ishona olaman, men o‘zimga ishonishni
xohlayman».
Kishilar nimani o ‘ylasalar
shuni aytadilar, ya’ni xayoliga
kelgan birinchi fikmi aytishlari mumkin. Aytilgan uchta gapdan
kimning gapi ko‘proq ta’sirchan chiqqanligi muhokama qilinadi.
Birinchi bu savollar ikkinchi ishtirokchiga beriladi, so‘ng
barcha guruhga murojaat qilinadi.
G apiruvchining yuzidagi o ‘zgarishlari va hokazolar
hisobga olinadi. Qoidaga ko‘ra, ayollar auditoriyasida «Men
majburman, men qilishim kerak» prinsipi yashaydi. «Men
xohlayman»
shaxsiy istagiga na vaqt, na kuch topiladi.
Psixolog har qanday inson qaysidir vaqtda « 0 ‘zing uchun
yasha, hayot sen uchun»ligini uqtirishga harakat qilishi,
optimizmni saqlash va ruhan sog‘lomligini guruhga ko‘rsatishga
harakat qilishi kerak.
Psixolog o‘qituvchining maktabdagi xulqi, uning boshqa
o ‘qituvchilar bilan munosabatiga pedagogik
faoliyatning asosi
emas, uning individual xususiyatlari ham muhimligini ko‘r-
satishi zarur.
Bir o ‘qituvchi talabchan, hissiyotga beriluvchan va
muomalada qo‘pol, boshqasi muloqotga kirishuvchan bo‘ladi.
Muhimi, o ‘zingizni hech qachon inkor qilmang.
96