4.3. Psixologning o‘z ishidan qoniqish darajasi
Psixolog guruh e ’tibori markazida turadi, unga qaray-
dilar, unga quloq soladilar. Agar ruhshunos bundan qoniqish
olsa, guruh ishidan, unda ichki ruhiy qoniqish hosil bo‘ladi.
Biroq psixologning qoniqishi o‘rta darajada bo‘lishi kerak.
Har bir psixolog o ‘zining qoniqish darajasini bilishi kerak.
Aks holda guruh ishining samarasi birdaniga tushib ketadi va
guruh bilan o ‘zaro munosabatda bo‘shliq paydo bo‘ladi. Peda
gogik trening ruhiy ish ko‘rinishidan «Bir aktyorli teatr» ko‘ri-
nishiga o‘tadi, bunda psixolog kasbiy ishini emas, balki tabiiy
artistlik mahorati ham namoyish qilinadi.
Treningdan so‘ng psixologning holati.
Guruhiy treningni
istalgan kasbiy guruhda, shu jumladan o ‘qituvchilarda o ‘t-
kazilishi psixologdan katta kuch sarfini talab qiladi. Mash-
g‘ulot tugaganidan so‘ng psixolog kuchli charchoqni his qiladi.
Shuning uchun samarali dam olish va tez ish qobiliyatini
tiklashi, muolajalar tizimidan foydalanishi kerak. Har bir psi
xolog uchun o‘zining sevgan mashg‘ulotlari bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari maktab psixologi yuklamasi m e’yoriy
talablari mavjud, bu talablami buzmaslikka tavsiya etiladi. Tre-
ner faollik qobilyatini va natijali ishlashni saqlab qolishi uchun
haftada 2 yoki 3 tadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda guruhiy
mashg‘ulotlar o‘tkazishi kerak.
95
4.4. « 0 ‘quvchi — maktab» sikli
«Xohlayman — qila olaman— kerak» mashqi. Mashq maq-
sadi:
o ‘qituvchida o ‘ziga nisbatan ishonch va faolligini,
xohish va majburiylikni, individual holatlarning o ‘sishi, o‘zini
anglash va pedagogik faoliyatda o ‘ziga xos xislatlarni shakl-
lantirishdir.
0 ‘qituvchilar guruhiga yarmi aylana tarzida o‘tirish aytiladi,
ikki stul bo‘sh qoldi. Xohishga ko‘ra istagan ikki o ‘qituvchi
markazga o‘rtaga chiqishadi va guruhga qarab o‘tiradi.
Bir o‘qituvchi tinglovchi — boshqasi esa boshlovchi bo‘ladi.
Oxirgisi uchta gap aytadi, birinchi bo‘limi bir xil, ikkinchisi
har xil bo‘ladi. Masalan, u aytadi, «Men o ‘zimga ishonishim
kerak, men o ‘zimga ishona olaman, men o‘zimga ishonishni
xohlayman».
Kishilar nimani o ‘ylasalar shuni aytadilar, ya’ni xayoliga
kelgan birinchi fikmi aytishlari mumkin. Aytilgan uchta gapdan
kimning gapi ko‘proq ta’sirchan chiqqanligi muhokama qilinadi.
Birinchi bu savollar ikkinchi ishtirokchiga beriladi, so‘ng
barcha guruhga murojaat qilinadi.
G apiruvchining yuzidagi o ‘zgarishlari va hokazolar
hisobga olinadi. Qoidaga ko‘ra, ayollar auditoriyasida «Men
majburman, men qilishim kerak» prinsipi yashaydi. «Men
xohlayman» shaxsiy istagiga na vaqt, na kuch topiladi.
Psixolog har qanday inson qaysidir vaqtda « 0 ‘zing uchun
yasha, hayot sen uchun»ligini uqtirishga harakat qilishi,
optimizmni saqlash va ruhan sog‘lomligini guruhga ko‘rsatishga
harakat qilishi kerak.
Psixolog o‘qituvchining maktabdagi xulqi, uning boshqa
o ‘qituvchilar bilan munosabatiga pedagogik faoliyatning asosi
emas, uning individual xususiyatlari ham muhimligini ko‘r-
satishi zarur.
Bir o ‘qituvchi talabchan, hissiyotga beriluvchan va
muomalada qo‘pol, boshqasi muloqotga kirishuvchan bo‘ladi.
Muhimi, o ‘zingizni hech qachon inkor qilmang.
96
|