Z. T. M s h m o V a


Ma’ruza o ‘qishda psixologning roli



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/106
tarix09.09.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#142202
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   106
Psixologik xizmat. Nishanova Z.T

3.4. Ma’ruza o ‘qishda psixologning roli
— M a’ruzangiz awalo bayram, aqliy o ‘yin, qoniqishga 
aylanishi zarur. Siz hayotga ishonch, yaxshilik ko‘zi bilan 
qarovchi inson rolini o ‘ynaysiz, bunday rol boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilari va o‘smirlar uchun samoralidir.
— Siz neytral «ma’lumot beruvchisiz», psixologik bilim- 
lami taklif qilasiz, tinglovchilar o ‘zlari nimani qanday baja- 
rishni hal qiladi. Ushbu rol ota-onalar oldida nutq so‘zlayot- 
ganda qo‘l keladi.
— Siz hayot faoliyatingiz, inson uning hayoti, ta’lim va 
tarbiyasi haqida xotiijam fikr yuritasiz. Bunday rolni ziyoli 
ota-onalar va yuqori sinf o‘quvchilari auditoriyada o‘ynashi 
mumkin.
— Siz m a’ruzangiz davomida bolalarni sevish, ularni 
psixologik q o ila b quvatlash haqida to ‘xtalasiz. Bunda 
o ‘qituvchilar va ota-onalar tinglovchingiz bo‘ladi.
Psixologik ma’ruzani boshlash mumkin boigan so‘zlar va
ifodalar. 
H ar bir m a’ruzachining dastlabki so‘zlari ting­
lovchilarga ishontiruvchi ta ’sir ko‘rsatishini yaxshi biladi. 
Kimning oldida nutq so‘zlashingizga qarab, o ‘zingizga yoqqan 
ifodalaming biridan boshlashingiz mumkin.
« 0 ‘zingizga yoqqanini tanlash mashqi». 
Siz o‘qituvchilar 
oldida nutq so‘zlasangiz:


— Assalomu alaykum! Bugun siz bilan murakkab muam­
moni muhokama qilamiz (Muloqotning jiddiy va muammoli 
bo‘lishini eslashi, auditoriyada «tenglik» pozitsiyasida o‘zaro 
ta’sir ko‘rsatish mumkin).
— Assalomu alaykum. Psixologning o ‘qituvchilar oldida 
nutq so‘zlashi ham oson, ham qiyin. Shuning uchun osonki, 
bizning oldimizda umumiy maqsad — o‘quvchilarga ta’lim va 
tarbiya berish maqsadi turibdi. Shuning uchun qiyinki, qisqa 
muloqot chog‘ida umumiy muammoni hal qilishda birlashish, , 
birgalikda umumiy til topish zarur (Psixolog auditoriyaga 
sheriklik asosida kasblararo o ‘zaro ta ’sir asosida murojaat 
qiladi).
— M ening qarashlarim: psixolog m a’lum psixologik 
pedagogik tavsiyalami ishlab chiqishi mumkin, bu muhim 
albatta. Lekin o ‘qituvchi tarbiyasi qiyin o ‘smirlar yoki o ‘zlash- 
tirishda orqada qolayotgan o ‘quvchini tarbiyalash bo‘yicha 
o‘zining ko‘p yillik tajribasiga tayanishi zarur ( 0 ‘qituvchilik 
kasbiy mahoratiga hurmatni ifodalash).
— Men sizga psixologiyaga qiziqish namoyon qilganingiz 
uchun tashakkur bildirmoqchiman. Ko‘chada kuchli yomg‘ir 
va momaqaldiroq bo‘lishiga qaramasdan, zal to‘la odamlarni 
ko‘rayapman (ma’ruza boshlashdan oldin hissiy ijobiy muhitni 
yaratish).
— D o‘stlar, agar tinglovchilar unchalik ko‘p bo‘lmasa, 
yaqindan suhbatlashish imkoni mavjud bo‘ladi. Bugun bizda 
nafaqat m a’ruza balki, dialog muloqot suhbat bo‘lib o ‘tadi 
(Agar auditoriyaga kam odamlar yig‘ilgan bo‘lsa, zo‘riqishni 
yo‘qotish uchun yuqoridagi so‘zlardan boshlash mumkin).

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin