bartaraf etishga, bilimini faollashtirishga yo‘naltirilgan mashq-
dir. Shunday vaziyatni ko‘z oldingizga aniqroq keltirishga
harakat qiling. Ko‘zingizni yuming va sinf xonasi yoki majlislar
zali va tinglovchilar yuzlarini keltiring.
N utq so‘zlaydigan joyga qarab ketayotganingizni ko‘z
oldingizga keltiring. Chiqayotganingizda nimani his qilasiz?
0 ‘zingizning ichki obrazlaringizda sekin harakat qiling, bunda
kichik qismni ham esingizdan chiqirmang. 0 ‘z ichki holatingizni
aniqroq his qilishga harakat qiling.
— Sizda qanday obrazlar vujudga keladi?
— Xavotirlanishingiz o‘tirganlardan kim bilan bog‘liq?
— Tinglovchilar bilanmi? («Ular menga qarashadi»,
«Ular meni tanqid qilib, qiyin savollar berishadi», «Ular
meni tinglamaydilar»)
— 0 ‘zim bilan bog‘liq? «Nimanidir boshqacha aytib
qo‘yishdan qo‘rqaman».
«Tinglovchilar meni qabul qilmasliklaridan qo‘rqaman».
Eng yaxshi notiq bo‘lishni va auditoriyani lol qoldirishni
istayman».
Shunday qilib, siz xavotirlanish va zo‘riqishingiz qayerda
«yashashini» bilib oldingiz?
Dostları ilə paylaş: