Tanishuv — ko‘nikuv hosil bo‘lgandan so‘ng psixologga
inson, ayol yoki erkak sifatida qiziqa boshlaydilar. Siz
auditoriyaga
olib kiradigan bilimlar tinglovchilarga
siz psixolog sifatida
o ‘zingiz qanday tushunishingiz va his qilishingizga bog‘liq
ravishda qiziqarli yoki zerikarli bo‘lishi mukinmi? Nutq so‘zla-
yotgan mavzuingiz bo‘yicha shaxsiy tajribaga egasizmi? Hayot
va ishda sizda
nima muvaffaqiyatli chiqdi, nima muvaffaqiyatli
chiqmadi? Psixolog sifatida qayerda xato va kamchiliklar ro‘y
berdi? MuvafFaqiyatsizlikni qanday boshingizdan kechirasiz?
Hayotda va ishda muvaffaqiyat qozonasizmi?
M a’lumki, m a’ruzalarga puxta tayyorgarlik ко‘rib aslo
hayajonlanishga yo‘l
bermaslik kerak, asosiysi, auditoriyaga
o ‘zingizning qanday obrazingizni taklif qilishni xohlashingizni
puxta o ‘ylash darkor. Psixolog turli tinglovchilarga: o ‘qi-
tuvchilarga, ota-onalarga, boshlang‘ich sinf o ‘quvchilariga,
o ‘smirlarga va yuqori sinf o ‘quvchilariga har xil o‘z obrazlarini
taklif qilishi mumkin.
« 0 ‘z obrazingiz» xulq-atvoringizning quyidagi qismlaridan
tashkil topadi:
— tashqi ko‘rinish (kiyim,
yuz ifodasi, tovush to‘lqini,
o ‘zini tutish);
— auditoriya oldida psixologik rolni namoyon qilish, bu
rolga hissiy bo‘yoq berish;
— nutqingizdagi asosiy qadriyatlaming yo‘nalishi (sizni
nima qiziqtiradi va siz nimaga qarshi kurashasiz);
— o ‘z chiqishingizni boshlaydigan dastlabki so‘zlar;
« 0 ‘z obrazi»ning barcha qismlariga to ‘liqroq to ‘xtalib
o‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: