4.2. Guruhiy treningda sukunat
Psixolog guruhda tanaffus yuzaga kelganini his qilishi
kerak, agar bu noqulay sukunat, o ‘z
fikrlarini aytishni
istamasligi, zerikish yoki guruh ishiga qiziqishning yo‘qligi
bo‘lsa, bunday pauzani psixolog faollashtirish mashqlari yoki
savollari bilan buzishi kerak, «Nima deb o ‘ylaysizlar, nima
bo‘ldi? Nima uchun bunday noqulay sukunat yuzaga keldi?»
Agar yuzaga kelgan tanaffus — ta ’sirlanish, chuqur
o‘ylanishning oqibati bo‘lsa, bunday tanaffusni buzish mumkin
emas, har bir ishtirokchi uning ichki jarayonlariga quloq solishi
va sabr qilishi kerak. Bu ijodiy tanaffusdir, unda o ‘qituvchilarda
faol ichki faoliyat amalga oshadi.
Guruh yoki guruh a ’zolari o ‘ynashni rad etsalar-chi?.
Guruhiy psixotreningda ko‘p hollarda o ‘qituvchilar qan
daydir mashqlami bajarishni rad etadilar, mashqlarda passiv
bo‘ladilar.
Guruhning bunday o‘zini tutishi har xil sabablar bilan
tushuntiriladi, o ‘qituvchilarning charchog‘ini yengishda sama-
rali mashqlarning yetarli emasligi,
guruhdagi faollikning
birdaniga tushib ketishi, mashqning qiziqarsiz yoki qiyinligi
va hokazo.
Bunday holatlarda mashqni majburiy ravishda bajarish
tavsiya etilmaydi. Dastumi asosiy g‘oyasini tushuntirgan holda
guruhni qiziqtirish, mashqni qanday qiziqarli yo‘l bilan bajarish
kerakligini o‘qituvchilardan so‘rash yoki qatnashuvchilaming
birini vaqtinchalik olib boruvchi qilish kerak, bunday holda
eng samarali usul mashq yoki o ‘yinda
namoyon qilinishni
psixolog o‘zi boshlaydi. Guruh aniq bir qarorga kelmaganligi
sababli «Xo‘sh, qani, o‘zim his qilib ko‘ray-chi» yoki «Kelinglar,
mendan boshlaymiz» deb murojaat qiladi.
Bu bilan psixolog guruhga ishonchni bildiradi, qandaydir
darajada guruhga namuna sifatida chiqadi, psixolog guruh
a’zolari kabi teng huquqli bo‘lib qoladi. Shunday holatlar ham
b o ‘ladiki, bunda guruhning qandaydir bir a ’zosi tashqi
kuzatuvchi pozitsiyasini egallaydi.
U umumiy muhokamaga
qo‘yilmaydi o ‘ynashni rad etadi, ruhiy texnik mashqlarda hech
narsani his qilmasligini aytadi. U boshi og‘riyotganligini yoki
ahvoli yomonligini ham aytadi.
93
Bunday ishtirokchi guruh ishida uning a’zolari noqulaylikni
va hayron bo‘lishlikni keltirib chiqaradi, qolgan guruh a’zolarida
ham ishlash niyati yo‘qoladi, ular passiv bo‘lib qoladilar yoki
norozilikni namoyish etadilar. Bunday hollarda nima qilish
kerak? Agar guruh ishiga qo‘shilmagan qatnashuvchi halaqit
qilmasa, unga e’tibor berishning hojati ham yo‘q. Bir oz vaqt
o‘tgandan so‘ng uning o‘zi o‘ynashni xohlab qoladi yoki boshqa
mashqda qiziqib faolligini oshiradi.
Agar guruh kuzatuvchiga
salbiy ta’sir qilayotgan bo‘lsa, psixolog bu a’zoni o‘yin jarayoniga
kiiitishi kerak. 0 ‘yin davomida bunday qatnashuvchini uning
faolligi va qiziqishini oshirish maqsadida tinmay savol berib
turishi lozim. Ko‘pgina boshlovchilar passiv a’zoni o ‘yinga
qo‘shishga harakat qiladilar. Qabul qiladigan qaror esa:
kuzatuvchining shaxsiyati, guruh a’zolarining unga ta’siri, psixo
logning ish shakli, mashg‘ulot iqlimi, trening tematik yo‘-
nalganligi yoki maqsadlariga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik treningda psixolog «shaxsiy materiallari» maq-
sadi, ba’zi bir holatlarda psixolog guruh ishiga qatnashuvchi
huquqlari asosida kirishi zarur: o ‘zini hayotidagi qiyinchiliklari
va kelishmovchiliklami bayon qilishi guruh a’zolariga shaxsiy
muammolami hal etish va tajribasi borligi yoki o‘zi haqida
biror bir shaxsiy narsalami gapirib berish mumkin.
Odatda o‘qituvchilar, psixolog shaxsiyatiga qiziqish bilan
qaraydilar va bunday suhbat foydali boMadi. Biroq o‘zini juda
muammoli odam, har bir qarashda
qiyinchilikni his qiluvchi
qilib ko‘rsatish to ‘g‘ri kelmaydi. Psixolog o ‘zini holatini to ‘g‘ri
tashkil etishi va omadli inson sifatida his qilishi kerak.
Bundan tashqari, shaxsiy materialni guruhga taqdim qilish
juda muhim, agar psixolog o ‘zinig intim hayotini ko‘p va
qisqa gapiradigan bo‘lsa, u ishtirokchilarga « 0 ‘zini ko‘z-ko‘z
qiluvchi odam» sifatida namoyon bo‘ladi. Ularda hammadan
ham o‘ziga qiziqadigan odam degan shubha uyg‘onadi, u
boshqalarga yordam bera olmaydi, degan fikr paydo bo‘ladi.
Bunday shubha ishonchsizlikni yuzaga keltiradi, bu esa
guruhning olib boruvchiga boigan qiziqishinini birdaniga
so‘ndiradi.
94
Shaxsiy material guruhga shaxsiyatsiz shaklida ham bayon
etilishi mumkin. Psixolog o ‘zi haqida gapirayotib, bunda bu
hikoya uning tanishi yoki qarindoshi bilan bo‘lgan
deb gapirishi
yoki aksincha, psixolog tomonidan o‘ylab topilgan hayotiy
drama guruhga xuddi shaxsiy hayotida bo‘lganidek bayon qilishi
kerak.
Xullas, guruhdan zerikish yoki qo'llab quvatlashdan
uzoqroq bo‘lish kerak, esdan chiqarmaslik lozim, ruhiy mash-
g‘ulotlar o ‘qituvchilar uchun awalam bor ularga yordamni
amalga oshirish maqsadida tashkil qilinadi, «shaxsiy material» *
esa
treningni samarali, qiziqarli, o ‘ta ta ’sirchan va aniq
bo‘lishida foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: