muhokama qiladi. Psixolog har bir o ‘qituvchiga o‘quvchilar
bilan muloqot uchun ifodaliroq ohangni topishga yordam-
lashadi.
«Оупа» mashqi. Mashq maqsadi:
o ‘qituvchilaming kom
munikativ imkoniyatlarini rivojlantirish.
Guruh ishtirokchilari
juft-juft bo‘lib oladilar. Har bir juftlikda bir boshlovchi tan-
lanadi, ikkinchisi uning oynasi boladi. Boshlovchi qo‘li bilan
kutilmagan harakatlami amalga oshirishlari kerak. Ikkinchi ish-
tirokchi bu harakatlarni sinxron
ravishda oynaday aksini
takrorlashi kerak.
0 ‘yinchilar orasidagi so‘zsiz kommunikatsiyada vujudga
keladigan qiyinchiliklar m uhokam a qilinadi. Psixolog
ishtirokchilar e’tiborini odamlar orasida qanday individual-
dinamik
farqlar mavjudligiga, uni to ‘g‘ri tushuntirish va his
qilish uchun suhbatdoshga moslashish qanchalik muhimligiga
qaratadi. Bu o‘quvchilami tushunishda muhim hisoblanadi.
4.7. «Men — o‘quvchi» sikli
«Muammo» mashqi. Mashq maqsadi:
guruh ishtirokchilari
shaxsiy muammolarining sub’yektiv ahamiyatliUgini pasaytirish.
Psixolog o ‘qituvchilarga ko‘zlarini yumib, o ‘zlarini bo‘sh
qo‘yishIarini taklif etadi. Keyin quyidagi so‘zlami aytadi.
«So‘nggi vaqtlarda siz uchun muhim va dolzarb bo‘lgan
shaxsiy
muammoingiz haqida o ‘ylang. Muammoingizni ichingizda
aytish mumkin bo‘lgan bir necha so‘zlar orqali ifodalang.
Endi sizning muammoingiz haqida yaqinda suhbatlashgan
insonni ko‘z oldingizga keltiring. Uning sizga nima degani va
siz nima deb javob qaytarganingizni
aniqroq eslashga harakat
qiling. U bilan qanday vaziyatda suhbatlashganingizni eslash,
siz suhbatlashgan xonani, tevarak atrofdagi narsalami eslashga
harakat qiling. Endi o‘sha harakatga, suhbatdoshingizga va
o ‘zingizga chetdan, rasmga qaraganday qarang.
Bulaming barini aniq ko‘z oldingizga keltirganingizdan
so‘ng, mahallangizda
yashaydigan insonlami, yaqin qo‘sh-
nilaringiz haqida o ‘ylang. Siz yashaydigan qishloq, tuman yoki
104
shahar haqida o ‘ylang. Vatanimizdagi barcha aholi haqida
o‘ylang.
Butun yer sharini,
unda yashaydigan oq, qora, sariq,
qizil tanli insonlar, kambag‘al va boy, baxtli va baxtsiz insonlar
haqida o‘ylang. Quyosh sistemasi, uning tevaragida aylanuvchi
planetalar haqida o ‘ylang. Koinotning cheksizligi va abadiylik
haqida o‘ylang».
Psixolog umumiy muhokama o‘tkazayotganda, shaxsiy
muammosini bemalol o ‘ylashi mumkinligi, bunda uning
sub’yektiv ahamiyatini kamaytirish mumkinligiga e’tibor qaratadi. *
Dostları ilə paylaş: