«Mening eng murakkab o‘smir bolani» mashqi. Mashq
maqsadi:
o ‘qituvchilar o ‘rtasida tarbiyasi og‘ir o ‘smirlar bilan
m u n o sa b at b o ‘yicha tajrib a alm ashish, o ‘quvchi bilan
birgalikda faoliyat yurgizish maqsadida turli vositalami izlash.
0 ‘qituvchilar guruhi doira bo ‘lib o ‘tiradilar. Xohish bo‘yicha
10 — 15 daqiqada har biri shunday holatni aytib beradilar-ki,
unda pedagogik jarayonda o ‘smir bilan muloqotda eng qiyin
holatda bo ‘ladi. U guruhning e’tiborini nima ish qilganiga, u
nimani his qilib boshidan kechirganiga, ta ’sir ko‘rsatish vosita-
larining natijalariga qaraladi.
Bitta mashg‘ulot davomida o ‘qituvchining kasbida b o ‘la-
digan real holatning 45 tasini tahlil qilish mumkin.
G uruhiy tahlilda quyidagi maqsadga erishiladi. 0 ‘qituvchi
ishidagi eng qiyin holatlarni aytib bersa, guruhdan yordam
oladi. G uruhda yana o ‘qituvchilar tartibi ham almashinadi.
Shunda psixologik m uam m oni hal qilishda o ‘qituvchiga
maslahat berish kerak.
112
«Mening yoshligim» mashqi. Mashq maqsadi:
0
‘qi-
tuvchilar yoshliklarini yodga olishni faollashtirish.
0 ‘qituvchilar guruhi doira b o ‘lib o ‘tirishadi va navbat
bo‘yicha yoki xohishga qarab o ‘zining yoshligida bo ‘lgan «Eng
quvonchli yoshlikdagi voqea», «Yoshlikdagi eng qayg‘uli voqea»
to ‘g‘risida gapirib berishadi. H ar bir o ‘qituvchi o ‘zlarini xuddi
yoshliklaridek his qilishsa, guruhiy tahlil natijalari yaxshi
chiqadi.
4.12. «Men —
0
‘qituvchi» sikli
Sekinlashish mashqi.
K o‘pchilik oilali o ‘qituvchi ayollar
doim uyda va ishda barcha ishlarini ulgurishga harakat qiladilar.
Ba’zi o ‘qituvchilar o ‘zlariga ro ‘yxat tuzib oladilar va ulgur-
ganlarini o ‘chirib boradilar. 0 ‘qituvchilar k o ‘pincha k o ‘p
ishlarga ulgura olmasliklaridan juda qo‘rqadilar. Hayotlarining
ritmini tezlashtiradilar, har bir daqiqani qadrlashga harakat
qilib, b e k o rch i n arsalarg a e ’tib o r berm aydilar. B unday
«bekorchiliklarga» dam olish voqealari, hayotning kichik
quvonchlari bilan bahra olish kiradi.
B uning natijasida ayollar asabiylashadi, charchaydi,
boshlari og‘rib, uyqusizlikdan qiynaladilar. Bunday holatda
o ‘qituvchi o ‘smir o ‘quvchi bilan qilgan ishi haqida yoki yuqori
sinf o ‘quvchisi bilan birga individual suhbatlashishga vaqt ajrata
olmaydi.
Mashq maqsadi:
ichki ritm ni sekinlashtirish, energetik
balans hosil qilish, o ‘zini barqaror, vazmin tutish.
Psixolog guruh a ’zolariga q o ‘l soatlarini echib chetga
qo‘yishni taklif qiladi. 15—20 daqiqa ichida oq qog‘ozga erkin
assotsiatsiyalar orqali so‘z jumlalarini yozadilar. Keyin psixolog
guruhni juft-juft qilib o ‘tqazadi va ular bir-birlariga gaplarini
aytishadi. Juftlik suhbati 20—30 daqiqa bo‘ladi. Bunda psixolog
soatga qaramasdan sekin-asta so‘zlami aytadi. Guruhiy tahlil
uchun guruh doira shaklida o‘tiradi. Psixolog: «Kim o ‘zining
suhbatdoshidan bahra oldi?», «Kim dam olganini sezdi?». Nima
deb
o ‘ylaysiz, bizning mashg‘ulotimiz qancha vaqt bo‘ldi.
|