3.
Ijtimoiy-psixologik so‘rovnoma va anketa intervyu
o ‘tkazish jarayonida psixolog ko‘p insonlar bilan tanishadi.
Psixolog bu insonlar haqida o ‘zining ijobiy va salbiy taas-
surotlarini tuzatadi. Bu esa kelajakda qaysi insonlarga suyanish
mumkinligini tushunish imkonini beradi.
Shunday qilib, maktab kutilmalarini ijtimoiy-psixologik
tadqiq qilish natijasida psixolog nafaqat maktabdagi turli fikrlar,
qarashlar, baholar haqida emas,
balki maktab psixologiyasiga,
xususan psixologga munosabati haqida bilib oladi.
2.6. Psixolog tanlovni amalga oshirishi
Psixolog maktab kutilmalarini ijtimoiy-psixologik tadqiq
qilgandan so‘ng psixolog o‘z ishi uchun qanday metodikalardan
foydalanishi, qanday yosh davri bilan ishlashni tanlaydi. Bunday
hal qiluvchi qaromi qabul qilish uchun psixolog quyidagi ha-
rakatlami amalga oshiradi.
1. Bildirilgan maktab kutilmalarining qaysi biri haqiqiy
va asosiy hisoblanadi, qaysilari yo‘q,
degan savolga javob
topishi zarur.
Birinchi guruhga psixolog kasbi imkoniyatlari haqida
tasawurdan kelib chiqib, kutilmalami kiritadi. Ikkinchi guruhga
boshqa kasblar bilan qoniqtiriladigan kutilmalar kiradi.
2. Psixolog kasb imkoniyatlari bilan hal qilinadigan birinchi
guruh kutilmalarini tahlil qilib, psixolog 2 ta ro‘yxat tuzadi,
ro‘yxatda kutilmalar ahamiyatiga ko‘ra saralanadi.
B irinchi ro ‘yxatda m aktab kutilm alari m aktabning
obyektiv ehtiyojlariga ko‘ra tuziladi. Bunda maktabda birinchi
navbatda hal qilinishi zarur bo‘lgan muammolar ro‘yxat bo-
shida turadi, ikkinchi ro‘yxat u hal qila oladigan muam-
molardan boshlanib, hal qilinishiga ko‘zi yetmaydigan muam
molar bilan tugallanadi.
3. Tuzilgan ikki ro‘yxatni o ‘z oldingizga qo‘ying.
Maktabni
qiziqtiradigan va siz hal qila oladigan muammoni toping. Bu
muammo ikki talabga javob berishi lozim: uning hal qilinishi
maktab uchun zarur hamda siz psixolog sifatida muvaffaqiyatli
hal qilinishiga ishonch hosil qilishingiz zarur.
72
Qoida:
maktabda ishni obyektiv qiyin hal qilishga yillar
kerak bo‘ladigan, bir psixologning kuchi yetmaydigan, balki
mutaxassislar guruhi hal qiladigan muam molardan bosh-
lamang. 0 ‘zingiz hal qilishingizga ishonmaydigan m uam
molardan boshlamang.
Maktab uchun zarur boMadigan, o ‘z
mahoratingizni, o ‘zingizga ishonchni hamda muvaffaqiyat-
laringizni namoyon qila oladigan muammolardan boshlang.
Bu xislatlar sizning ijtimoiy boyligingiz bo‘lib qoladi va u
doim sizni himoya qiladi.
Ushbu qoidaning q at’iyligi psixologning maktabdagi
faoliyatida boshlang‘ich davr ma’suliyatli hisoblanadi.
Dastlab ish boshlaganda siz xato qilishga yoki qurbingiz
yetmaydigan katta muammoni hal qilishga kirishganligingiz
uchun muvaffaqiyatga erisha olmaganligingizni sabab qilishga
haqqingiz yo‘q.
Sizga berilgan dastlabki baho uzoq vaqt esda qoladi. Vaqt
o ‘tishi bilan sizning o‘zingizga ishonmasligingiz, xatoga yo‘l
qo‘yishingiz yo‘qoladi tajriba to‘playsiz,
muvaffaqiyatga eri-
shasiz, lekin maktabga kelganingizdagi baho, soyangizdek
orqangizdan anchagacha ergashib yuradi.
4.
Maktab kutilmalarini ijtimoiy psixologik tadqiq qilish
jarayonida psixolog odamlaming psixologiya haqida nimalami
o ‘ylashi, psixologning m aktabdagi ishi haqida ham m a
ma’lumot oladi.
Odam larni ikki guruhga b o ‘ling. Birinchi guruhga
% psixologga ijobiy yondashadigan,
uning maktabdagi rolini
to ‘g‘ri tushunadigan o‘qituvchilar, ota-onalarni kiriting. Bu
guruh psixologik bilimlar olishga, psixologik mashg‘ulotlarda
ishtirok etishga ichdan tayyorlar.
Ikkinchi guruhga psixologiyaga tanqidiy yondashadigan
o‘qituvchilar, o ‘quvchilar va ota-onalar kiradi. Bu guruhga
psixologiyaga befarq qaraydigan yoki psixologiyani boshqa
kasblar (vrach, narkolog, ruhoniy va boshqa kasb) bilan
almashtiradigan kishilar kiradi.
Qoida.
Ish faoliyatingizni birinchi guruh orasida boshlang.
0 ‘z kuchingizga to ‘liq ishonganingizda,
m aktabda siz
haqingizda ijobiy fikr paydo bo‘lgandagina ikkinchi guruh
vakillari bilan ham shug‘ullanishingiz mumkin. Bu qoidaning
73
muhimligi quyidagicha tushuntiriladi. Birinchidan, maktabda
dastlab ish boshlashingizda, psixolog sifatida o‘z kuchingizga
to ‘liq ishonmaganingizda boshqa
odamlarning qarshiligini
engish bilan bog‘liq ortiqcha hissiyotga berilmang.
Ikkinchidan, psixologni ijobiy qabul qiladigan birinchi guruh
sizni psixologik jihatdan qo‘llab-quvatlaydilar. Siz o‘zingizning
foydangizni his qilasiz, o‘z kuchingizga ishonch hosil qilasiz.
Uchinchidan, ishingiz haqidagi birinchi guruh ishti-
rokchilari tarqatadigan ijobiy taqrizlar psixologning ijobiy ko‘-
rinishini shakllantiradi, bu esa albatta ikkinchi guruhdagi
insonlaming fikriga ta’sir qiladi, ularning psixologiyaga qarash-
larini salbiydan ijobiyga o ‘zgarishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: