Z. T. M s h m o V a


- jadval. Maktab kutilmalarini o ‘rganish jadvali



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/106
tarix09.09.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#142202
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106
Psixologik xizmat. Nishanova Z.T

4- jadval. Maktab kutilmalarini o ‘rganish jadvali
Holatlar
Maktab
Maktab direktori
0 ‘quv ishlari
bo'yicha mudir
Ilmiy ishlar b o‘yicha mudir
0 ‘quvchilar
Guruhlar
Guruhlar
0 ‘quvchilar
Boshlang‘ich sinf o ‘quvchilari
0 ‘rta sinf
o ‘quvchilari
Guruhlar
Guruhlar
Yuqori sinf
o'quvchilari
Guruhlar
Guruhlar
Boshlang‘ich sinf o ‘quvchilarining ota-onalari
Guruhlar
Guruhlar
O'smirlarning ota-onalari
Guruhlar
Guruhlar
Yuqori sinf o ‘quvchilarining ota-onalari
Guruhlar
71


3. 
Ijtimoiy-psixologik so‘rovnoma va anketa intervyu 
o ‘tkazish jarayonida psixolog ko‘p insonlar bilan tanishadi. 
Psixolog bu insonlar haqida o ‘zining ijobiy va salbiy taas- 
surotlarini tuzatadi. Bu esa kelajakda qaysi insonlarga suyanish 
mumkinligini tushunish imkonini beradi.
Shunday qilib, maktab kutilmalarini ijtimoiy-psixologik 
tadqiq qilish natijasida psixolog nafaqat maktabdagi turli fikrlar, 
qarashlar, baholar haqida emas, balki maktab psixologiyasiga
xususan psixologga munosabati haqida bilib oladi.
2.6. Psixolog tanlovni amalga oshirishi
Psixolog maktab kutilmalarini ijtimoiy-psixologik tadqiq 
qilgandan so‘ng psixolog o‘z ishi uchun qanday metodikalardan 
foydalanishi, qanday yosh davri bilan ishlashni tanlaydi. Bunday 
hal qiluvchi qaromi qabul qilish uchun psixolog quyidagi ha- 
rakatlami amalga oshiradi.
1. Bildirilgan maktab kutilmalarining qaysi biri haqiqiy 
va asosiy hisoblanadi, qaysilari yo‘q, degan savolga javob 
topishi zarur.
Birinchi guruhga psixolog kasbi imkoniyatlari haqida 
tasawurdan kelib chiqib, kutilmalami kiritadi. Ikkinchi guruhga 
boshqa kasblar bilan qoniqtiriladigan kutilmalar kiradi.
2. Psixolog kasb imkoniyatlari bilan hal qilinadigan birinchi 
guruh kutilmalarini tahlil qilib, psixolog 2 ta ro‘yxat tuzadi, 
ro‘yxatda kutilmalar ahamiyatiga ko‘ra saralanadi.
B irinchi ro ‘yxatda m aktab kutilm alari m aktabning 
obyektiv ehtiyojlariga ko‘ra tuziladi. Bunda maktabda birinchi 
navbatda hal qilinishi zarur bo‘lgan muammolar ro‘yxat bo- 
shida turadi, ikkinchi ro‘yxat u hal qila oladigan muam- 
molardan boshlanib, hal qilinishiga ko‘zi yetmaydigan muam­
molar bilan tugallanadi.
3. Tuzilgan ikki ro‘yxatni o ‘z oldingizga qo‘ying. Maktabni 
qiziqtiradigan va siz hal qila oladigan muammoni toping. Bu 
muammo ikki talabga javob berishi lozim: uning hal qilinishi 
maktab uchun zarur hamda siz psixolog sifatida muvaffaqiyatli 
hal qilinishiga ishonch hosil qilishingiz zarur.
72


Qoida:
maktabda ishni obyektiv qiyin hal qilishga yillar 
kerak bo‘ladigan, bir psixologning kuchi yetmaydigan, balki 
mutaxassislar guruhi hal qiladigan muam molardan bosh- 
lamang. 0 ‘zingiz hal qilishingizga ishonmaydigan m uam ­
molardan boshlamang. Maktab uchun zarur boMadigan, o ‘z 
mahoratingizni, o ‘zingizga ishonchni hamda muvaffaqiyat- 
laringizni namoyon qila oladigan muammolardan boshlang. 
Bu xislatlar sizning ijtimoiy boyligingiz bo‘lib qoladi va u 
doim sizni himoya qiladi.
Ushbu qoidaning q at’iyligi psixologning maktabdagi 
faoliyatida boshlang‘ich davr ma’suliyatli hisoblanadi.
Dastlab ish boshlaganda siz xato qilishga yoki qurbingiz 
yetmaydigan katta muammoni hal qilishga kirishganligingiz 
uchun muvaffaqiyatga erisha olmaganligingizni sabab qilishga 
haqqingiz yo‘q.
Sizga berilgan dastlabki baho uzoq vaqt esda qoladi. Vaqt 
o ‘tishi bilan sizning o‘zingizga ishonmasligingiz, xatoga yo‘l 
qo‘yishingiz yo‘qoladi tajriba to‘playsiz, muvaffaqiyatga eri- 
shasiz, lekin maktabga kelganingizdagi baho, soyangizdek 
orqangizdan anchagacha ergashib yuradi.
4. 
Maktab kutilmalarini ijtimoiy psixologik tadqiq qilish 
jarayonida psixolog odamlaming psixologiya haqida nimalami 
o ‘ylashi, psixologning m aktabdagi ishi haqida ham m a 
ma’lumot oladi.
Odam larni ikki guruhga b o ‘ling. Birinchi guruhga 
% psixologga ijobiy yondashadigan, uning maktabdagi rolini 
to ‘g‘ri tushunadigan o‘qituvchilar, ota-onalarni kiriting. Bu 
guruh psixologik bilimlar olishga, psixologik mashg‘ulotlarda 
ishtirok etishga ichdan tayyorlar.
Ikkinchi guruhga psixologiyaga tanqidiy yondashadigan 
o‘qituvchilar, o ‘quvchilar va ota-onalar kiradi. Bu guruhga 
psixologiyaga befarq qaraydigan yoki psixologiyani boshqa 
kasblar (vrach, narkolog, ruhoniy va boshqa kasb) bilan 
almashtiradigan kishilar kiradi.
Qoida.
Ish faoliyatingizni birinchi guruh orasida boshlang. 
0 ‘z kuchingizga to ‘liq ishonganingizda, m aktabda siz 
haqingizda ijobiy fikr paydo bo‘lgandagina ikkinchi guruh 
vakillari bilan ham shug‘ullanishingiz mumkin. Bu qoidaning
73


muhimligi quyidagicha tushuntiriladi. Birinchidan, maktabda 
dastlab ish boshlashingizda, psixolog sifatida o‘z kuchingizga 
to ‘liq ishonmaganingizda boshqa odamlarning qarshiligini 
engish bilan bog‘liq ortiqcha hissiyotga berilmang.
Ikkinchidan, psixologni ijobiy qabul qiladigan birinchi guruh 
sizni psixologik jihatdan qo‘llab-quvatlaydilar. Siz o‘zingizning 
foydangizni his qilasiz, o‘z kuchingizga ishonch hosil qilasiz.
Uchinchidan, ishingiz haqidagi birinchi guruh ishti- 
rokchilari tarqatadigan ijobiy taqrizlar psixologning ijobiy ko‘- 
rinishini shakllantiradi, bu esa albatta ikkinchi guruhdagi 
insonlaming fikriga ta’sir qiladi, ularning psixologiyaga qarash- 
larini salbiydan ijobiyga o ‘zgarishiga olib keladi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin