Z. T. M s h m o V a



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/106
tarix09.09.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#142202
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   106
Psixologik xizmat. Nishanova Z.T

Psixolog — do‘st, 
hamma bilan do‘stlashadi, insoniy iliq 
munosabatlar o ‘matadi. Unga yordam uchun, hamdardlik, 
maslahat va gaplashish uchun murojaat qiladilar. U hammani 
birday qabul qiladi, u hamma bilan baxtli. Bunday psixolog 
maktabda hissiy peshqadam hisoblanadi.
Psixolog — do‘st maktabda hammani o ‘ziga jalb qiladi. 
Ayniqsa, o ‘smirlar va ilk o‘spirinlar va kattalar bilan do‘stla- 
shishga intilishadi. Ko‘pincha bunday psixolog ish faoliyatida 
do‘stlar to ‘garagi, keyinchalik yoshlar klubi tashkil etiladi. Psi­
xolog xonasiga qiziqarli bo‘lganligi, ya’ni uchrashuvlar, aloqa- 
lar o‘rnatish mumkin bo‘lganligi uchun tashrif buyurishadi.
Psixolog — o‘t o‘chinivchi, 
maktabdagi «yonayotgan» 
nuqtalar bilan shug‘ullanadi, bir yong‘indan ikkinchisiga 
yuguradi. 0 ‘quvchi noto‘g‘ri ijtimoiy harakati uchun militsiya- 
ning voyaga yetmaganlar bo‘limiga tushib qoladi — psixolog 
bir qancha vaqt faqat shu hodisa bilan shug‘ullanadi. Ikkinchi 
sinf o‘quvchisining avtomobil halokatidan onasi olamdan o‘tdi, 
psixolog uning yonida bo‘lib qayg‘uni engishga harakat qiladi. 
0 ‘smir ota-onasining qattiq kaltaklaridan iztirob chekadi, 
psixolog uning oilasiga borib, oila boshlig‘iga qattiq «tarbiyaviy 
ta’sir»ning salbiy oqibatlarini tushuntiradi. Psixolog bunday va- 
zifalami bajarishi zarur. Lekin psixologning o‘zi tezda char- 
chaydi, uning ruhiy kuchlari qolmaydi. Shuning uchun unda 
yo‘qotgan energiyasini to ‘ldirish, qayta tiklash uchun «kasbiy 
gigiena» usullarini yaxshi bilish lozim. Bu muammoni hal qilish 
ham mumkin: psixolog maktabda maxsus «o‘t o ‘chiruvchi» 
komandani tashkil qilishi mumkin. Bunday komandaga boshiga 
og‘ir ish tushganlarga yordam berishni istovchi o‘qituvchilar 
kiritiladi.
Psixolog — tashxis qo‘yuvchi, 
maktabda psixodiagnostik 
metodlarga qiziqadi. U doim turli sinf o ‘quvchilarida test
67


sinovlarini o ‘tkazadi, har bir o ‘quvchiga individual karta 
to‘ldiradi, unda test natijalarini aks ettiradi hamda o‘quvchi- 
ning o'sish dinamikasini tasvirlaydi.
Shuni ta’kidlash joizki, psixodiagnostik ish doimo rivoj- 
lantiruvchi va psixokorreksion ishlar bilan to ‘ldirilishi lozim. 
Agar maktabda ikki psixolog ishlasa, nur ustiga nur. Ulardan 
biri diagnostik ishlar bilan, ikkinchisi korreksion ishlar bilan 
shug‘ullanadi. Birinchi psixolog olgan natijalar, ikkinchi psixo­
logning tuzatish ishlari uchun negiz bo‘ladi, ikkinchi psi­
xologning psixokorreksiya natijalari diagnostik materialni 
to‘ldiradi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin