Z. T. M s h m o V a


«Intonatsiya» (ohang) mashqi. Mashq maqsadi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/106
tarix09.09.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#142202
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106
Psixologik xizmat. Nishanova Z.T

«Intonatsiya» (ohang) mashqi. Mashq maqsadi:
o ‘qituv- 
chilaming kommunikativ imkoniyatlari diapozonini kengay- 
tirish.
Guruhning har bir a’zosiga qandaydir, o ‘quvchiga qa­
ratilgan maqtov so‘zlami aytish taklif qilinadi. Masalan: «Balli! 
Senda hamma narsa yaxshi bo‘ladi» kabi so‘zlarni aytish 
mumkin. Bunda aytilgan so‘zlar ishtirokchi tomonidan 5 marta 
turli ohangda takrorlanadi. Guruh qaysi ifoda yaxshi aytilganini
103


muhokama qiladi. Psixolog har bir o ‘qituvchiga o‘quvchilar 
bilan muloqot uchun ifodaliroq ohangni topishga yordam- 
lashadi.
«Оупа» mashqi. Mashq maqsadi:
o ‘qituvchilaming kom­
munikativ imkoniyatlarini rivojlantirish. Guruh ishtirokchilari 
juft-juft bo‘lib oladilar. Har bir juftlikda bir boshlovchi tan- 
lanadi, ikkinchisi uning oynasi boladi. Boshlovchi qo‘li bilan 
kutilmagan harakatlami amalga oshirishlari kerak. Ikkinchi ish- 
tirokchi bu harakatlarni sinxron ravishda oynaday aksini 
takrorlashi kerak.
0 ‘yinchilar orasidagi so‘zsiz kommunikatsiyada vujudga 
keladigan qiyinchiliklar m uhokam a qilinadi. Psixolog 
ishtirokchilar e’tiborini odamlar orasida qanday individual- 
dinamik farqlar mavjudligiga, uni to ‘g‘ri tushuntirish va his 
qilish uchun suhbatdoshga moslashish qanchalik muhimligiga 
qaratadi. Bu o‘quvchilami tushunishda muhim hisoblanadi.
4.7. «Men — o‘quvchi» sikli
«Muammo» mashqi. Mashq maqsadi:
guruh ishtirokchilari 
shaxsiy muammolarining sub’yektiv ahamiyatliUgini pasaytirish. 
Psixolog o ‘qituvchilarga ko‘zlarini yumib, o ‘zlarini bo‘sh 
qo‘yishIarini taklif etadi. Keyin quyidagi so‘zlami aytadi. 
«So‘nggi vaqtlarda siz uchun muhim va dolzarb bo‘lgan shaxsiy 
muammoingiz haqida o ‘ylang. Muammoingizni ichingizda 
aytish mumkin bo‘lgan bir necha so‘zlar orqali ifodalang.
Endi sizning muammoingiz haqida yaqinda suhbatlashgan 
insonni ko‘z oldingizga keltiring. Uning sizga nima degani va 
siz nima deb javob qaytarganingizni aniqroq eslashga harakat 
qiling. U bilan qanday vaziyatda suhbatlashganingizni eslash, 
siz suhbatlashgan xonani, tevarak atrofdagi narsalami eslashga 
harakat qiling. Endi o‘sha harakatga, suhbatdoshingizga va 
o ‘zingizga chetdan, rasmga qaraganday qarang.
Bulaming barini aniq ko‘z oldingizga keltirganingizdan 
so‘ng, mahallangizda yashaydigan insonlami, yaqin qo‘sh- 
nilaringiz haqida o ‘ylang. Siz yashaydigan qishloq, tuman yoki
104


shahar haqida o ‘ylang. Vatanimizdagi barcha aholi haqida 
o‘ylang.
Butun yer sharini, unda yashaydigan oq, qora, sariq, 
qizil tanli insonlar, kambag‘al va boy, baxtli va baxtsiz insonlar 
haqida o‘ylang. Quyosh sistemasi, uning tevaragida aylanuvchi 
planetalar haqida o ‘ylang. Koinotning cheksizligi va abadiylik 
haqida o‘ylang».
Psixolog umumiy muhokama o‘tkazayotganda, shaxsiy 
muammosini bemalol o ‘ylashi mumkinligi, bunda uning 
sub’yektiv ahamiyatini kamaytirish mumkinligiga e’tibor qaratadi. *

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin