Z. T. Nishanova, G. K. Alimova


Bog‘cha yoshidagi bolalarda irodaviy faoliyatlarni tarkib topishi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə92/125
tarix29.12.2021
ölçüsü0,73 Mb.
#48538
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   125
Z. T. Nishanova, G. K. Alimova

Bog‘cha yoshidagi bolalarda irodaviy faoliyatlarni tarkib topishi

Irodaviy harakatlar ma’lum maqsad asosida amalga oshiriladigan, to’la anglangan harakat bo'lgani uchun bunday murakkab harakatlar hali chaqaloq bolalarda bo’hnaydi. Chaqaloq bolalardagi aktivlik asosan ixtiyorsiz, reflektor harakatlardan iborat bo’ladi. Chaqaloq bolalar o’zlarining bironta ham harakatlarini idora qila olmaydilar. Masalan, kichkina bola o’ziga yoqqan yoki uni qiziqtirgan biror narsani ko'rgan paytida juda ko’p betaitib (qo’l-oyoqlairi, boshi bilan) harakatlar qila boshlaydi. Lekin harakatlaming birontasi ham ma'lum bir maqsadga qaratilgan bo'lmaydi.

Bola uch-to’rt oylik bo’lgandagina o'zining boshini tik holatda ushlay oladigan bo’ladi. Ana shu davrdan boshlab bolaning ixtiyoriy harakatlari rivojlana boshlaydi. Bola 5-6 oylik bo'lgach tanasining muvozanatini saqlab t>emalol o’tira oladilar, qo’llari bilan o’z atrofidagi narsalami ushlab ko’radigan bo’ladi. Ana shu tariqa bolaning ixtiyoriy harakatlari rivojlana borib, bola bir yoshga to’lgach, o’z harakatlarini ixtiyoriy ravishda idora qilib yura boshlaydilar.


- 161 -





Ilk bolalik yoshidagi bolalaniing irodaviy harakatlarini rivojlantirishda nutqni egallash nihoyatda katta rol o’ynaydi. Bola nutqni egallab olgach, u kattalar bilan nutq orqali mimosabatga kirishadi, ulaming topshiriqlarini quvonib bajaradi Masalan, kichkina bolalar katta odamlaming “bu yoqqa kel”, “mana bu yerga o’tir”, “qo' lingni ber” kabi topshiriqlariga bemalol tashunib sidqidildan bajaradilar.

Yasli yoshida bolaning ixtiyoriy harakatlari tez sur’at bilan rivojlana boshlaydi. U o’zini qiziqtirgan narsalami olib ushlab, uni aylantirib har tomonlaima timirskilab ko’radi. Bola shu davrdan boshlab kattalarga taqlid qilgan holda ixtiyoriy irodaviy harakatlami bajara boshlaydi. Shuning uchun ham ulaming irodaviy harakatlarini to’g’ri yo’lga solish, rivojlantirib borish kattalar zimmasiga yuklatiladi.

Irodaviy jarayonlar bilan bog’Iiq bo’lgan asosiy ixtiyoriy harakatlar bog’cha yoshidan boshlab yuzaga kela boshlaydi. Lekin kichik yoshdagi bog’cha bolalarida hali ixtiyorsiz harakatlar ustunlik qiladi. 3 yoshli bolaning ko’pgina harakatlari uning tafakkuriga emas, balki hissiyotiga tobe bo' ladi. Shuning uchun ham bu yoshdagi bolalar hali biron bir ishga o'zlarini majbur etib uddasidan chiqa olmaydilar.

Bog’cha yoshidagi bolalar irodaviy harakatlarini rivojlanishida ular nutqining tobora o’sib borishi juda katta ahamiyatga ega. Tarbiyachilar va ota-onalar turli yoshdagi bolalarga og’zaki suratda turli xil vazifalami topshiradilar. Bolalar ayni chog’dagi o’yinlami yoki boshqa qilayotgan ishlarini qo’yib, kattalaming topshirgan vazifalarini bajarishlari kerak. Ana shnnday topshiriqlar berish orqali bolalarda ixtiyoriy harakatlami o’stirib borish mumkin. Lekin og’zaki topshiriqlami bog’cha yoshidagi hamma bolalar ham bir xilda bajaravermaydilar. Masalan, kichik yoshdagi bog’cha bolalari, ya’ni uch yoshli bolalar og'zaki berilgan topshiriqlami xotiralarida uzoq vaqt saqlab turolmaydilar. Ular topshiriqni tezda unutib qo’yib, uning o’miga o’zlari xohlagan ish bilan shug'ullanadilar. Bunday holat ulami tashvishlantirmaydi. Nutq asosan o’rta va katta gurux yoshidagi bolalar irodasini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega boTadi. Bu yoshda bolalar topshirihlami ixtiyoriy ravishda bajarishda so'z orqali tushuntirib berilgan usullarga rioya qilishga intiladilar.

Bog’cha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy harakatlar rivojlanishi bilan birga irodaviy jarayonlar ham ko’rina boshlaydi (maqsad qo’yish, yo’1- yo’riq hamda vositalami belgilash, qarorga kelish va qaromi ijro etish). Lekin kichik yoshdagi bolalarda bimday irodaviy jaravonlar hali aniq emas. 0’tkazilgan tekshirishlaming ko'rsatishicha, 3 yoshli bolalaming


-162-





harakatlari qo’yilgan qat'iy bir maqsaddan kelib chiqiriaydi. Aksincha, biror maqsad harakat davomida belgilanadi. Ulaming maqsadlari ham juda tez o'zgarib turadi. Shuning uchun ular ko’pincha boshlagan ishlarini oxiriga yetkazimay, bir ishdan ikkinchi bir trimomila boshqa ishga c'tib ketaveradilar. Buning asosiy sababi sliundaki, kichik yoshdagi bog'cha bolalarining ixtiyorsiz harakatlarida hissiyot juda katta o’rin egallaydi. Bu yoshdagi bolalar o’zlarida tug’ilgan bir talay hissiyotlar ta’siri bilan bir maqsadni belgilaydilar. Agar bolalaming oldilariga qo’yilgan maqsad ularga qattiq ta’sir qilib, hissiyotlarini uyg’otsa, bunday paytda bolalar o’zlariga xos ravishda iroda kuchi va qafiylik ko’rsatishlari mumkin.

Iroda rivojlanishining asosiy jihatlari. Bog'cha yoshidagi bolalar irodaviy harakatlarining rivojlanishida o’yin juda katla rol o'ynaydi. 0’yin bolalar irodasini o’stiruvchi va mustahkamlovchi omillardan biridir. Bolalar o’zlarinmg turli-tuman o’yinlarida o’z oldilariga ma'lum maqsadlami qo’yadilar, ba’zan uchrab qolgan to'sqinliklami yengib, ko’zlagatn maqsadlarini amalga oshirishga harakat qiladilar. Bog’cha yoshidagi bolalar irodaviy harakatlarini o'stirish va mustahkamlashda rollarga bo'linib o’ynaydigan hamda qoidali o’yinlaming ahamiyati g’oyat kattadir. O'yin qoidalariga rioya qilishda o’z iro
Bog'cha yoshidagi bolalar irodaviy harakatlarini o'stirish va mustahkamlashda ulami mehnat mashg’ulotlariga jalb qilishning ham ahamiyati kattadir. Bolalarga biron mehnat topshirig’i berilsa, ular ayni chog'dagi o'zlarining mayl-xohishlarini yengib, mehneit topshiriqlarini o’z vaqtida bajarishga intiladilar. Ular ko’pincha hatto o’ynab turgan o'yinlarini ham to’xtatib, topshiriqni bajarishga kirishadilar. Bu esa ularda irodaviy harakatlaming rivojlanishiga yordam beradi.

Bolalardagi irodaviy harakatlami rivojlantirish maqadida ulami o’z- o'ziga xizmat qilish, supurish-sidirish, guraxda navbatchilik qilish, poliz ekinlarini, gullami parvarish qilish va tabiat burchaklarida navbatchilik qilish kabi mehnat turlariga jalb qilish zarur. Bunda faqat mehnat topshiriqlari berish bilangina cheklanib qolmay, balki bolalaming bu topshiriqlami qanday bajarayotganliklarini ham tizimli ravishda


-163 -



tekshirib, nazorat qilib turish lozim. Ana shunday qilgandagina bolalarda javobgarlik hissi yuzaga keladi.

Bog’cha yoshidagi bolalaming biron maqsadni aniqlash va biron qarorga kelishlarida motivlar kurashi liam ko'rinadi. Masalan, kichik yoshdagi bog’cha bolasiga ikkita o’yinchoqni ko’rsatib, shulardan birini tanlab olish taklif etilsii, u darrov tanlab olohnaydi. U qo’lini goh u o’yinchoq, goh bu o'yinchoqqa cho'zadi. Bunday holda juda sodda bo’lsa ham motivlar kurashi yuzaga keladi, bola qaysi bir o'yinchoqni olish haqida qarorga kelolmaydi. 0’rta va katta gurux bolalar esa biron o’yin o’ynashni tanlashda (ya’ni o’yin maqsadini aniqlashda) anchagina tortishaclilar.

Bog’cha yoshidagi bolalarda ijtimoiy motivlaming ta'siri bilan bir qator ircda sifatlari, ya’ni qafiylik, muslaqillik, tashabbuskorlik, dadillik kabi sifatlar tarkib topa boshlaydi. Lekin bog’cha yoshidagi bolalar irodasining bunday sifatlari katta odamlamikidek mustahkam, ya’ni xaraktgr xislatlariga aylanib ketgan darajada bo'lmaydi. O'rta va katta yoshdagi bog’cha bolalairida ko’rinadigan ba’zi iroda sifatlari (qafiylik, mustaqiilik kabi) ko’pincha epizodik xarakter kasb etadi. Bu yoshdagi bolalar bajarayotgan ishlarida biron to’sqinlik uchrab qolsa, o'zlari mustaqil ravishda bartaraf qilishga urinadilar. Lekin bu ishning ular uchun og’irlik qilayotganligi sezilib turadi. Shu sababli bunday to'sqinliklar chiqib qolgan paytda ular kattalami yordamga chaqiradilar. Uzoqroci davom etadigim to’sqinliklami yengishga bog'cha yoshidagi bolalaming chidamlari yetmaydi.Baj£irayotgan ishlari ulami juda qiziqtirsa, ular uzoq davom etadigan to’sqinliklami ham chidam bilan yengishga harakat qiladitar.

Shunday qilib, bog’cha yoshida bolaning irodaviy harakatlari har tomonlama rivojlanib, mustahkamlanib boradi. Bolalar irodasini rivojlantirib borish ulsmi maktabga tayyorlash shartlaridan biridir. Maktabdagi o’qish jarayoni dastawal bolalardan irodaviy (ixtiyoriy) harakatlami va iroda sifatlarining anchagina rivojlangan bo'lishini talab qiladi. Agar bolalar o’z xatti-harakatlai ini o’zlari idora eta olmasalar, maktabr ing qafiy tartib-qoidalariga rioya qila olmaydilar. Natijada ularga tizimli bilim berish mumkin bo’lmay qoladi. Shiming uchun tarbiyachilar va ota-onalar bolalariga har xil topshiriqlar berish orqali ulaming irodalarini tarbiyalab borishlari zarur.

Bog’cha yoshidagi davrda bolalaming malaka va odatlari ham rivojlanib boradi. Dastawal ilk yoshdagi bolalarda (chaqaloqlarda) malaka ham, odat ham bo’lmaydi. Malaka va odatlar odamning


- 164-





individual hayoti davornida, turmush tajribasining ortishi bilan tarkib topib boradi. Bolada 5-6 oylik bo'lganda o’tirish, yoshiga to'lgach yurish malakasi, uch yoShga vaqinlashgach esa mustaqil kiyinish, yechinish. ovqatlanish malakalari hosil bo’lib boradi.

Bog’cha yoshidagi bolalarda juda sodda bo’lsa ham ayrim mehnal: malakalari, ya’ni gurusni ozoda va tartib bilan yig’ishtirish, gullami parvarish qilish, idish-tovoqlami yuvish va artish malakalari tarkib topa. boshlaydi. Bog’cha yoshida bolalarda madaniy gigiena odatlari, ya’ni yuz-qo’llami yuvish, ozoda kiyinish hamda ijobiy, ahloqiy odadar tarkib topa boshlaydi. Bunda kattalaming ularga o’mak ko’rsatishlari juda katta ahamiyatga egadir.

Katta yoshdagi bog’cha bolalarida bog’chada o’tkaziladigan mashg'ulotlar davomida ayrim ta’lim ishlari, ya’ni o’qish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan malakalar tarkib topadi. Bola rasm chizisb mashg ulotlarida qalamni to’g’ri ushlash malakasini orttiradi, sanoq va ona tili mashg’ulotlarida birdan o’ngacha sanash va boshqa malakalarga. ega bo’la boradilar. Ana shunday malakalami tarkib toptirishda. mashqning roli kattadir. Ta’limiy mashg'ulotlarda taibiyachi har bir harakatriing qanday bajarilishini oldin o’zi ko’rsatishi va undan so’ng; bolalardan talab qilishi kerak. Mashq qilish orqali bolalarda judai elementar qisoblash, yozish va o’qish malakalari hosil qilinadi.

Umuman, malaka va odatlaming inson hayotidagi roli bag’oyat katta. Buni biz maktabga bog'chadan va to’ppa-to’g’ri uydan kelgan bolalaming taraqqiyot darajalari o'rtasidagi farqdan yaqqol ko'rishimiz mumkin.


  1. Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin