Z. Z. Miryusupov, J. X. Djumanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#168638
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.

Bluetooth texnologiyasi. 
Bluetooth
texnologiyasi
standarti 
Ericsson kompanii tashabbusi bilan 
Bluetooth SIG (Bluetooth Special 
Interest Group)
guruhi tomonidan ishlab chiqilgan. Bluetooth standarti 
IEEE 802 standartlari umumiy tuzilishiga to„g„ri keladigan 
IEEE 
802.15.1
ishchi guruhi standartiga moslashtirilgan. 
Bluetooth texnologiyasida 
pikotarmoq,
ya‟ni 
cho‘qqili tarmoq
(пик - cho„qqi) konsepsiyasi qo„llanilgan (3.13-rasm). Ushbu 
texnologiya yordamida, uzatuvchi qurilmalarning quvvatiga qarab, 10 
metrdan 100 metrgacha, uncha katta bo„lmagan xududni qoplay olish 
mumkin bo„ladi. Pikotarmoq tarkibiga 255-tagacha qurilma kirishi 
mumkin, shulardan 8-tasi bir vaqtda faol bo„lib, o„zaro ma‟lumotlar 
almashina olishi mumkin bo„ladi. Pikotarmoqdagi qurilmalarning bittasi 
asosiy - 
bosh qurilma
, qolganlari esa unga 
bo‘ysinuvchi qurilmalar
bo„ladi.
Faol bo„ysinuvchi qurilma, faqatgina bosh qurilma bilan ma‟lumot 
almashinishi mumkin, bo„ysinuvchi qurilmalar o„zaro to„g„ridan-to„g„ri 
bog„lana 
olmaydilar. 
Pikotarmoqda 
ettiti 
faol 
bo„ysinuvchi 
qurilmalardan boshqa qurilmalarni, energiya bilan ta‟minlanishi 
pasaytirilgan rejimda bo„lishi kerak. Bunday rejimda, ular faol holatga 
o„tish uchun davriy ravishda bosh qurilma buyruqlariga quloq solib 
turadilar. 
Bosh qurilma 
birgalikda foydalaniladigan muhitga ulanish 
jarayonini
 
amalga oshirishga javob beradi. Birgalikda foydalaniladigan 
muhit ma‟lumotlarni 1 Mbit/sek tezlikda uzatadi, ammo paketlarni 


48 
sarlavhalarini uzatish va chastotalarni almashtirib turish natijasida, 
asosiy ma‟lumotlarni uzatish tezligi - ya‟ni foydali uzatish tezligi 777 
Kbit/sek-dan oshmaydi. Ma‟lumotlarni uzatish muhitining o„tkazish 
qobiliyati, bosh qurilma tomonidan, qolgan ettita bo„ysinuvchi 
qurilmalar o„rtasida TDM texnikasi asosida taqsimlanadi. 
3.13-rasm. Pikotarmoq va yoyilgan tarmoq. 
Bunday arxitektura, bo„ysinuvchi qurilmalar vazifasini bajaruvchi 
qurilmalarda, masalan radionaushniklarda, soddaroq protokollarni 
qo„llash imkonini beradi. Pikotarmoqning nisbatan murakkab vazifalari, 
odatda bosh qurilma hisoblangan kompyuterga topshiriladi. 
Bluetooth, 
shaxsiy elektron qurilmalarni mustaqil ishlatish uchun 
mo‘ljallangan mukammal texnologiya
hisoblanadi. Shuning uchun bu 
texnologiya o„zining amaliy protokollari bilan birga, to„liq protokollar 
steki ishini ham ta‟minlay oladi. Bu texnologiya shu jihati bilan, 
faqatgina fizik va kanal sathi vazifalarini bajaruvchi Ethernet yoki IEEE 
802.11, ya‟ni WiFi texnologiyalaridan farq qiladi.
Bluetooth texnologiyasi mobil telefon bilan simsiz quloqqa taqib 
qo„yiladigan eshitish qurilmalarini (naushniklarni) o„zaro bog„lash 
standartlarini ishlab chiqish natijasida paydo bo„lgan. 


49 
Bluetooth 
texnologiyasi 
ishlab 
chiqaruvchilari, 
bu 
texnologiyaning o„zi uchun mo„ljallangan protokollarni yaratishga 
intilishlarining sababi, bu texnologiyani 
turli xil oddiy qurilmalarda
amalga 
oshirmoqchi 
ekanliklaridadir. 
Shu 
sababli 
Bluetooth 
texnologiyasi uchun aynan mos protokollar steki ishlab chiqildi, ularga 
qo„shimcha ravishda prokollarning juda ko„p xillari – ya‟ni 
profillari
ham paydo bo„ldi. 
Profil deganda ma‟lum bir masalani echish uchun mo„ljallangan, 
ya‟ni ma‟lum bir vaziyat uchun mo„ljallangan aniq protokollar to„plami 
tushuniladi. Masalan: kompyuter yoki mobil telefonni simsiz naushnik 
bilan o„zaro ishlay olishini ta‟minlab beradigan profil, fayllarni uzata 
oladigan qurilmalar uchun ishlab chiqilgan profil, RS-232C ketma-ket 
portini emulyasiya qila oladigan profil va xokazo. 
802.15.1 ishchi guruhi Bluetooth standartini IEEE 802 standartiga 
moslashtirishda fizik va MAC sathlari vazifalariga to„g„ri keladigan
Bluetooth yadrosi protokollari bilan cheklangan (3.14-rasm). 
3.14-rasm. Bluetooth protokollarining OSI modeliga va
IEEE 802 standartlariga mosligi. 


50 
1.Fizik radiosignallar sathi protokollari – bu sath axborotni uzatish 
uchun foydalaniladigan signallarning chastotalari va quvvatlarini 
tavsiflab beradi. 
2.Chastotalarning asosiy (bazaviy) diapazoni sathi - radiomuhitda 
ma‟lumotlarni uzatish kanallarini tashkil qilish uchun javob beradigan 
sath. 
3.Kanallar dispetcheri. 
4.Mantiqiy kanalni boshqarish uchun mo„ljallangan moslashtirish 
protokoli sathi (
Logical Link Control Adaptation Layer, L2CAP
). 
5.Audio sath – 
SCO (Synchronous Connection Oriented link 
– 
ulanish uchun mo‘ljallangan sinxron kanal) 
kanallari orqali tovush 
uzatishni ta‟minlaydi. 
6.Boshqarish sathi. 
Bluetooth texnologiyasi asosida qurilgan shaxsiy tarmoqlar 
(Personal Area Network, PAN) 
uncha katta bo„lmagan masofalarda
odatda 10 metrlik radiusga ega xududda, bitta foydalanuvchiga tegishli 
bo„lgan qurilmalarni o„zaro ishlashi uchun mo„ljallangan tarmoqdir. 
Bunday tarmoqlarning qurilmalari tarkibiga – noutbuk, mobil telefon, 
cho„ntak kompyuteri (
Personai Digital Assistant - PDA
), printer, 
televizor, avtomobil va boshqa ro„zg„orda ishlatilishi mumkin bo„lgan 
maishiy qurilmalar - masalan sovutgich kiritilishi mumkin.
Shaxsiy tarmoqlar ma‟lum bir kichik xududda, masalan uy 
chegarasida, hamda ko„chib yuruvchi, ya‟ni mobil ulanishlarni ta‟minlab 
berishi kerak bo„ladi. Ya‟ni, shaxsiy tarmoq qurilmalari egasi, ular bilan 
birga bir xonadan boshqa xonaga yoki shaharlararo ko„chib yurganida 
ham, o„z ishini bajara olishi kerak bo„ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin