Z. Z. Miryusupov, J. X. Djumanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#168638
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.

 
 
3.20-rasm. Marshrutizatorlar yordamida tarmoqni mantiqiy 
strukturalash. 
 
 
3.3.Lokal tarmoq kommutatorlari 
Lokal kompyuter tarmog„i kommutatorlarining har bir portiga, 
kelayotgan ma‟lumotlar oqimini ishlash uchun, 
ko‘prikda qo‘llanilgan 
algoritm
asosida 
ishlovchi 
maxsus 
protsessorlar
o„rnatilgan. 
Kommutator deganda o„zining ixtiyoriy ikkita portlari o„rtasida, 
kadrlarni 
parallel 
ravishda uzatib bera oladigan ko„pprotsessorli 
ko„prikni tushunish mumkin. 
Kommutator tarkibida, portlarining protsessorlari bilan birga, 
markaziy protsessor
ham o„rnatilgan bo„lib, u portlar ishini 
muvofiqlashtiradi, harakatlantirish jadvalini qurishga javob beradi, 
hamda kommutatorni konfiguratsiyalash va boshqarish vazifalarini 
bajarilishini 
ta‟minlab beradi. Keyingi kommutatorlar, tarmoq 
texnologiyalari rivojlanishi natijasida paydo bo„la boshlagan ko„pgina 
qo„shimcha vazifalarni ham bajara olish imkoniyatiga ega bo„lgan holda
ishlab chiqarila boshladilar.
Bu vazifalar sirasiga – 
virtual tarmoqlarni hosil qila olish, aloqa 
chiziqlarini agregatsiyalash, trafikning qaysinisi qanday ahamiyatga 
ega ekanligini aniqlay olish
va shularga o„xshash boshqa vazifalarni 
kiritish mumkin. 
Kalpana 
firmasi 
tomonidan 
taklif 
qilingan 
EtherSwitch 
kommutatorining 
tuzilishini 
3.21-rasmda 
keltirilgan. 
Ushbu 
kommutatorda 10Base-T standartiga tegishli 8-ta portining har biriga 


56 
bittadan 
Ethernet
 
paketlari protsessori
– 
EPP (Ethernet Packet 
Proctssor)
xizmat ko„rsatadi. Bundan tashqari kommutator EPP 
protsessorlarining ishini muvofiqlashtirib turuvchi 
tizimli modulga
ham 
ega. 
3.21-rasm. EtherSwitch kommutatorining tuzilishini. 
Kommutator portiga kelib tushgan kadrni etib borishi kerak 
bo„lgan adresini o„qish uchun, shu portning EPP protsessori tomonidan 
bu kadrning dastlabki birinchi baytlari 
buferlanadi
. Kadr etib borishi 
kerak bo„lgan adres aniqlab olingandan so„ng, protsessor kadrning 
qolgan baytlarini kelishini kutib turmasdan, uni ishlashni amalga 
oshiradi, ya‟ni kadrni, o„sha adresga uzata olishi mumkin bo„lgan porti 
orqali, uzatib berishni boshlab yuboradi (3.22-rasm). 
Kadrni bunday tarzda, ya‟ni to„liq buferlamasdan uzatish 
«yo‘l-
yo‘lakay kommutatsiyalash»
nomini olgan 
(«on-the-fly» yoki «cut-
through»
). Kadrni bunday uzatish mohiyati jihatidan 
konveyerli 
ishlashga
to„g„ri keladi, ya‟ni kadrni uzatishda ba‟zi bir bosqichlarni 
bajarish 
bir vaqtda
yoki 
parallel 
amalga oshiriladi. 
Kadrni uzatish bosqichlari ketma-ketligi quyidagicha bo„ladi: 


57 
1.Kadrning dastlabki baytlarini, uning yuborilishi kerak bo„lgan 
adresi bilan birga, kirish porti protsessori tomonidan qabul qilish. 
3.22-rasm. Kadrni kommutatsion matritsa orqali uzatish. 
2.Kadrni etib borishi kerak bo„lgan adresini, kommutatorning adreslar 
jadvalidan, ya‟ni protsessorning kesh xotirasidan yoki tizimli modulning 
umumiy jadvalidan qidirib topish. 
3.Matritsani kommutatsiyalash, ya‟ni ichki kanalni xosil qilish. 
4.Kirish porti protsessori tomonidan kadrning qolgan baytlarini qabul 
qilib olish. 
5.Kommutatsion matritsa orqali kadrning baytlarini, chiqish porti 
protsessori tomonidan qabul qilib olish.
6.Chiqish porti protsessori tomonidan ma‟lumotlarni uzatish muhitiga 
ulanish (ya‟ni ulanishga ruxsat olish). 
7.Chiqish porti protsessori tomonidan kadrning baytlarini tarmoqqa 
uzatish. Kadrlarni konveyerli ishlash natijasida unumdorlik oshadi 
(3.23-rasm). 


58 
3.23-rasm. Kadrni konveyerli ishlash natijasida vaqtdan yutish:
a
- konveyerli ishlash, 
b
- to„liq buferizatsiyali odatdagi ishlash. 
Kommutatorlarni qo„llash natijasida tarmoqning unumdorligini 
oshishiga, bir nechta kadrlarni 
parallel ishlash
bilan ham erishilar ekan 
(3.24-rasm).
3.24-rasm. Kommutator tomonidan kadrlarni parallel uzatish. 
Bunda, kommutator uning portlariga ulangan har bir stansiyaga 
yoki segmentga unda qo„llanilayotgan protokolning erishishi mumkin 
bo„lgan o„tkazish qobiliyatini taqdim etadi – deb ataladi. 


59 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin