Z. Z. Miryusupov, J. X. Djumanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#168638
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.

 
 
3.5.Virtual lokal tarmoqlar 
 
Virtual lokal tarmoq (VLT yoki VLAN
) deganda, tarmoqning 
shunday bog„lamlar guruhi tushuniladiki, ushbu guruh trafigi
tarmoqning boshqa bog„lamlar trafigidan kanal sathida to„liq ajratilgan 
bo„ladi (rus tilida – полностью изолирован от трафига других узлов 
сети, 3.30-rasm).


63 
3.30-rasm. Virtual lokal tarmoqlar. 
Bu shuni anglatadiki, turli virtual tarmoqlar o„rtasida kanal sathi adresi 
asosida axborot almashinish mumkin bo„lmaydi. Bitta yoki bir nechta 
kompyuterlar bittadan ko„p virtual tarmoqqa tegishli bo„lishi mumkin, 
bunda VLT-lar o„zaro kesishadi deyiladi.
VLAN texnologiyasi bir-biridan ajratilgan tarmoqlarni hosil 
qilishni osonlashtirish uchun mo„ljallangan. Ularni marshrutizator 
yordamida o„zaro bog„lab qo„yish mumkin.
VLAN texnologiyasining afzalligi shundaki, fizik strukturani 
o„zgartirmasdan turib, kommutatorlarni mantiqiy konfiguratsiyalash 
bilan bir-biridan to„liq ajratilgan segmentlarni hosil qilish mumkin. 
VLT-larni hosil qilishning ikki xil yo„li mavjud: 
1.Odatda bitta kommutator asosida virtual tarmoqni hosil qilish uchun, 
kommutatorning portlirini guruhlash
mexanizmidan foydalaniladi (3.31-
rasm). Bunda har bir port, ma‟lum bir virtual tarmoqqa biriktirilgan 
bo„ladi. Masalan biron-bir virtual tarmoq portidan kelgan kadr, xech 
qachon boshqa bir virtual tarmoqqa tegishli bo„lgan port orqali uzatib 
yuborilmaydi.
2.Bitta kommutator asosida virtual tarmoqlarni hosil qilishning 
ikkinchi yo„li, bu 
MAC-adreslarni guruhlash
asosida amalga oshiriladi. 
Kommutator tomonidan o„rganilgan MAC-adres, o„ziga tegishli bo„lgan 
virtual tarmoqqa biriktirib qo„yiladi. Tarmoqdagi stansiyalar soni ko„p 


64 
bo„lganda, ushbu yo„l bilan virtual tarmoq hosil qilish uchun, 
administrator «qo„lda» bajarilishi kerak bo„lgan katta hajmdagi ishlarni 
amalga oshirishi kerak bo„ladi. 
3.31-rasm. Bitta kommutator asosida virtual tarmoqni qurish. 
Quyida 
keltirilgan 
3.32-rasm 
yordamida, 
bittadan 
ko„p 
kommutatorlar qo„llanilganda 
portlarni guruhlash asosida
 
virtual 
tarmoqlarni yaratish jarayonida yuzaga keladigan muammoni ko„rsatish 
mumkin.
3.32-rasm. Bir nechta kommutatorlar yordamida portlarni guruhlash 
asosida virtual tarmoqlar qurish. 


65 
Agar 
biron-bir 
virtual 
tarmoqning 
bog„lamlari 
turli 
xil 
kommutatorlarga tegishli bo„lsa, har bir virtual tarmoqni ulangan 
bo„lishini ta‟minlash uchun, kommutatorlarda maxsus ikkita port 
ajratilgan bo„lishi kerak. Aks holda biron-bir tarmoq ichida 
uzatilayotgan kadr yo„qolib qolishi mumkin. Ya‟ni bir nechta 
kommutatorlar asosida virtual tarmoqlar hosil qilish kerak bo„lsa, nechta 
virtual tarmoq yaratilishiga qarab, o„shancha portlar yordamida ularni 
ulab qo„yish kerak bo„ladi. 
Bir nechta kommutatorlar asosida MAC-adreslarni guruhlab virtual 
tarmoq hosil qilinadigan bo„lsa, kommutatorlarni o„zaro bir nechta 
portlar orqali birlashtirmasa ham bo„ladi. Negaki MAC-adresning o„zi, 
tegishli virtual tarmoq uchun belgi vazifasini o„tay oladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin