Z. Z. Miryusupov, J. X. Djumanov


Diskret axborotni ifodalashga misollar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#168638
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.


Diskret axborotni ifodalashga misollar.
 
Kompyuter tarmoqlarida potensialli va impulsli kodlash bilan 
birga, ma‟lumotlarni 
modulyasiya
asosida kodlash ham qo„llaniladi. 
(4.5-rasm). Potensialli yoki impulsli kodlash yuqori sifatli aloqa 
kanallarida,
 
sinusondal 
signallar 
asosida 
modulyasiyalash 
esa 
uzatilayotgan signalning shaklini buzilish ehtimoli kuchli bo„lgan 
kanallarda ishlatiladi. Masalan, global tarmoqlarda ma‟lumotlarni, 
tovushni analog shaklda uzatuvchi analog telefon kanallari orqali 
uzatishda modulyasiyadan foydalaniladi. 
Fizik kanallar orqali trafikni uzatishni, ularning ko„pgina 
xarakteristikalarini hisobga olgan holda amalga oshirish kerak bo„ladi. 
Shunday xarakteristikalardan, ya‟ni tavsiflovchi ko„rsatgichlardan 
ba‟zilarini ko„rib chiqamiz: 
1.Taqdim qilinayotgan yuklama 
– bu tarmoqning kirishiga 
foydalanuvchilardan kelib tushayotgan ma‟lumotlar oqimidir. Bu 
yuklamani tarmoqqa ma‟lumotlarni kelib tushish tezligi - bit/s-larda 
(kilobit/s, megabit/s) ifodalab tavsiflash mumkin. 
2.Ma’lumotlarni uzatish tezligi
(
information rate yoki thraughput
) bu 
tarmoq orqali o„tayotgan ma‟lumotlar oqimining haqiqiy tezligi. Bu 
tezlik, taqdim qilinayotgan yuklama tezligidan kichik bo„lishi mumkin, 


81 
negaki tarmoq orqali ma‟lumotlarni uzatishda xatoliklar sodir bo„lishi 
yoki ma‟lumotlarni yo‟qolib ketish holatlari ham sodir bo‟lishi mumkin. 
3.Aloqa kanalining xajmi (capacity)
yoki aloqa kanalining 
o‘tkazish 
qobilyati 
– bu kanal orqali uzatilayotgan ma‟lumotlarning maksimal 
tezligidan iboratdir. Kanalni tavsiflovchi bu ko„rsatgich, nafaqat 
ma‟lumotlarni uzatuvchi fizik muhit ko„rsatgichlarini, balki bu muhit 
orqali diskret axborotni uzatish uchun tanlangan yo„l yoki usulning 
xususiyatlarini ham o„zida aks ettiradi. Masalan: bitta xildagi optik tolali 
kabel asosida, har-xil tezliklarda ma‟lumotlarni uzatuvchi, aloqa 
kanallarini hosil qilish mumkin. Ethernet, Fast Ethernet va Gigabit 
Ethernet texnologiyalarida bitta xildagi optik tolali kabel asosida 10, 100 
va 1000 Mbit/s tezliklarga erishilgan. Buning uchun – boshqacha 
kodlash usullaridan, boshqacha taktli chastotalardan yoki boshqa tezlikni 
oshirish imkoniyatini beruvchi yo„llardan foydalanilgan. 
4.O‘tkazish polosasi
(bandwidth) 
– bu atama ikki xil ma‟noda 
ishlatiladi. Birinchi holatda uning yordamida uzatish muhitini tafsiflash 
mumkin. Bunda u orqali deyarli xatolarsiz uzatilishi mumkin bo„lgan 
signalning – chastotalar oralig„ining (polosasini) kengligini bildiradi. 
Ikkinchi holat da esa bu atama “aloqa kanalining hajmi” atamasiga 
sinonim sifatida ham foydalaniladi. Ko„p xollarda bu atamaning birinchi 
varianti qo„llaniladi. 
Aloqa kanali bo„ylab bir tomonga yoki ikkala tomonga axborot 
uzata olish imkoniyatini bildiradigan yana bir guruh tavsiflar mavjud. 
Fizik aloqa kanallari ikkala tomonga qanday qilib axborot uzatishlariga 
qarab bir nechta turga bo„linadilar: 
1.Dupleks kanal
– bir vaqtning o„zida ikkala tomonga barobar axborot 
uzatishni ta‟minlay oladigan kanal. Bunday kanal faqat bir tomonga 
axborot uzatadigan ikkita fizik muhitdan iborat bo„lishi mumkin. 
Dupleks kanalining bitta fizik muhitdan iborat bo„lgan varianti ham 
mavjud. Bunda qarama-qarshi oqimlarni, ajrata oladigan qo„shimcha 
usullardan foydalanib, ularni galma-gal (navbat bilan) muhit orqali 
uzatish amalga oshiriladi. 
2.Yarimdupleks kanal
– bunda axborotni ikki tomonga uzatish bir 
vaqtda emas balki, galma-gal (navbat bilan) amalga oshiriladi, ya‟ni 
ma‟lum bir vaqt mobaynida, bir tomonga bo„lsa, keyingi shunday vaqt 
ya‟ni davr mobaynida boshqa tomonga axborot uzatiladi. 
3.Simpleks kanal
– axborotni faqat bir tomonga uzatish imkonini 
beradi. Ko„pgina dupleks kanal ikkita simpleks kanallardan iborat 
bo„ladi. 


82 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin