105
5.OCHIQ TIZIMLARNING O‘ZARO BIRGALIKDA
ISHLASH MODELI
5.1. Ochiq tizimlarning o‘zaro birgalikda ishlash modeli – OSI
modeli va uning umumiy tavsifi
Kompyuter tarmoqlarining ishlashini ta‟minlovchi
vositalarni
yaratishga
ko‘p sathli yondoshish
g„oyasi, tarmoqlarda standartlashning
g„oyaviy asosi bo„lib hisoblanadi. Aynan shu yondoshish asosida ochiq
tizimlarning bir-biri bilan bog„langan holda, ya‟ni o„zaro ishlashining
ettita sathli standart modeli -
Open System Interconnection (OSI)
modeli
ishlab chiqilgan. Bu model va uning iboralari
tarmoq mutaxassislari
uchun o„ziga xos universal tilga ham aylangan.
OSI modeli 80-inchi yillarning boshlarida standartlash bo„yicha
qator tashkilotlar (ISO, ITU-T va boshqalar) ishtirokida ishlab chiqilgan.
OSI modeli tizimlarning o„zaro ishlash sathlarini aniqlaydi, ularga
standart nomlar beradi. Modelning to„liq tavsifi ming betdan oshadi.
OSI modelida o„zaro ishlash vositalarining ettita sathlari quyidagicha
nomlanadi:
1.Fizik sath.
2.Kanal sathi.
3.Tarmoq sathi.
4.Transport sathi.
5.Seanslar sathi.
6.Taqdimlash sathi.
7.Amaliy sath (5.1-rasm).
Ma‟lumotlar
almashinish
jarayonida
ikkita
kompyuter
qatnashganligi, ya‟ni bunda bir-biri bilan
kelishgan holda ishlovchi
ikkita «ierarxiyaning» ishini tashkil qilish kerak bo„lganligi sababli,
tarmoqdagi o„zaro ishlash vositalarining ko„p sathli ko„rinishda taqdim
etishning o„ziga xos tomonlari mavjud edi. Tarmoqdagi ikkala
ishtirokchi ma‟lumotlarni - xabarlarni uzatish uchun ko„pgina
kelishuvlarni qabul qilishlari kerak bo„ladi. Masalan: ular o„zaro elektr
signallarining
sathi va shakli haqida, uzatiladigan xabarlarning
uzunliklari haqida, axborot uzatish ishonchliligini nazorat qilish usullari
va boshqa ko„rsatgichlar haqida kelishib olishlari kerak. Bu kelishuvlar
barcha sathlar
uchun qabul qilinishi kerak, ya‟ni quyi - bitlarni uzatish
sathidan boshlab, eng yuqorigi tarmoq foydalanuvchisiga xizmat
ko„rsatish sathigacha.
106
5.1-rasm. OSI modelida sathlarning nomlanishi.
Ikkita kompyuterning o„zaro ishlash jarayoni ma‟lum bir qoidalar
to„plami
asosida amalga oshiriladi, bu qoidalar to„plami
protokol
yoki
interfeys
deb ataladi. Tarmoqning bir nomdagi sathiga tegishli tashkil
etuvchilari o„rtasida axborot almashinish qoidalari
protokollar
, o„zaro
qo„shni sathlar o„rtasida axborot almashinish qoidalari esa
interfeyslar
deb ataladi (5.2-rasm).
Foydalanuvchi, ya‟ni biror-bir kompyuter so„rov
bilan murojaat
qilganda, amaliy (ettinchi) sathning dasturiy ta‟minoti standart shakldagi
xabarni
(message)
hosil qiladi. Odatda bu xabar –
sarlavha,
ma’lumotlar qismi va tugatuvchi qismlardan
iborat bo„ladi. Xabar
sarlavhasi, xabar yuborilgan mashinaning amaliy sathiga,
uzatilayotgan
ma‟lumotlar ustida nima vazifani bajarish kerakligi haqida axborotdan
iborat bo„ladi (5.3-rasm).
Tarmoq orqali yuborilgan xabar, kompyuterning fizik sathi
tomonidan qabul qilib olinadi va ketma-ket
ravishda sathma-sath
yuqoriga, birinchi sathdan ettinchi sathga uzatiladi. Har bir sath o„ziga
tegishli bo„lgan sarlavhani tahlil qiladi va ishlab chiqadi, so„ngra esa bu
sarlavhani olib tashlab, xabarning qolgan qismini yuqorida turgan sathga
uzatadi.
107
Axborot almashinish jarayonida ma‟lumotlar birligini ifodalash
uchun xabar termini bilan birga boshqa iboralar ham qo„llaniladi. ISO
standartlarida
har-xil
sathlar
protokollari
uchun mo„ljallangan
ma‟lumotlar birligini ifodalash uchun,
Dostları ilə paylaş: