protokolga tegishli ma’lumotlar
bloki
-
Protocol Data Unit (PDU)
degan umumiy nom qo„llaniladi.
Ma‟lum bir sathga tegishli ma‟lumotlar blokini ifodalash uchun
ko„pincha maxsus nomlar qo„llaniladi, bular quyidagilardir:
kadr
(frame), paket (packet), deytagramma (datagram) va segment (segment).
5.2-rasm. Ikkita kompyuterning o„zaro ishlash jarayoni.
108
5.3-rasm. Har-xil sathlarga tegishli xabarlarning ko„rinishlari.
OSI modelida ikki xil turdagi protokollar bor:
1.Avval aloqa chizig„ini hosil qilib ishlaydigan protokollar. Telefon
orqali aloqa qilib gaplashishga o„xshab ishlaydigan protokollar.
2.Aloqa chizig„ini avvaldan hosil qilmay turib ishlaydigan protokollar
yoki deytagrammali protokollar. Bu esa pochta orqali xabar yuborishga
o„xshab ishlaydigan protokollar.
OSI modelining sathlari va ularning bajaradigan vazifalarini
alohida-alohida ko„rib chiqamiz:
Fizik sath (Physical layer)
– bu sathda fizik aloqa kanallari orqali
bitlarni uzatish amalga oshiriladi. Fizik aloqa kanallaridan biri bo„lib –
koaksial kabel, o„ralma juftlik kabeli, optik tolali kabel yoki raqamli
territorial kanal kabi axborot uzatish muhitlaridan biri xizmat qilishi
mumkin. Bu sathda axborot uzatish muhitining va diskret axborotni
uzatuvchi elektr signallarining ko„rsatgichlari aniqlab olinadi. Masalan:
axborot
uzatayotgan
signalning
kuchlanishi
yoki
tok
kuchi,
impulslarning frontlarini qiyalik darajalari
,
uzatilayotgan axborotni
kodlash xili va signallarni uzatish tezligi kabi ko„rsatgichlar.
Fizik sathning vazifalari tarmoqqa ulangan barcha qurilmalarda –
kompyuterlarda,
konsentratorlarda,
kommutatorlarda
va
marshrutizatorlarda amalga oshiriladi. Kompyuterlarda bu sath vazifalari
- tarmoq adapteri yoki ketma-ket port tomonidan amalga oshiriladi. Shu
sathda ulagichlarning xillari va ulardagi ulanish nuqtalarining qaysi biri
nima uchun ishlatilishi kelishib olinadi.
Misol
tariqasida
fizik
sath
protokoli
sifatida
Ethernet
texnologiyasining 10Base-T standartini keltiramiz: bu standartda 100
109
Om to„lqin qarshilikka ega bo„lgan 3 kategoriyali ekranlanmagan
o„ralma juftlik kabeli va RG-45 uzgich-ulagichi ishlatilgan, fizik
segmentning maksimal uzunligi 100m, kabelda ma‟lumotlarni ifodalash
uchun manchester kodidan foydalanilgan, hamda elektr signallarning va
muhitning ba‟zi bir boshqa ko„rsatgichlari ham keltiriladi.
Kanal sathi (Data Link layer)
–
bu sathda uzatish muhitiga ulanish
mumkin yoki mumkin emasligini tekshirish, hamda uzatilayotgan
ma‟lumotlardagi xatoliklarni aniqlash va ularni to„g„irlash mexanizmini
amalga oshirish kabi vazifalar bajariladi.
Buning uchun kanal sathida bitlar ketma-ketligi
kadrlar (frames)
deb ataladigan to„plamlarga guruhlanadi (5.4-rasm). Kanal sathi har bir
kadrni to„g„ri uzatilishini ta‟minlab beradi. Buning uchun, hamda kadrni
kadrdan ajratib turish uchun, kanal sathi har bir kadrni boshlanishidan
avval va ohirida maxsus bitlar ketma-ketligini joylashtiradi.
5.4-rasm. Ethernet texnologiyasi kadrining tuzilishi.
Ushbu rasmdagi qisqartmalar quyidagilarni anglatadi:
DA (Destination Address)
– ma‟lumot yuborilgan kompyuterning
MAC-adresini ko„rsatuvchi qismi (
uzunligi 6 bayt
);
SA
(Source Address)
– ma‟lumot yuborgan kompyuterning MAC-
adresini ko„rsatuvchi qismi (
uzunligi
6
bayt
);
L (Length)
– uzatilayotgan ma‟lumotning uzunligini ko„rsatuvchi
qismi (
uzunligi 2-bayt
);
Ma‟lumotlar – uzatilayotgan ma‟lumotlarni ko„rsatuvchi qismi
(
uzunligi 1500 bayt yoki 1,5 Kbayt
);
FCS (Frame Check Sequence)
- nazorat qilish summasini
ko„rsatuvchi qismi (
uzunligi 4 bayt
).
Har bir kadrning baytlari ma‟lum bir yo„l bilan ishlanib nazorat
qilish summasi hisoblanadi va u ham kadr tarkibiga qo„shilgan bo„ladi.
Kadr tarmoq orqali o„z manziliga etib kelganida, uni qabul qilib olgan
kompyuter ham nazorat qilish summasini qayta hisoblaydi va kadrda
birga yuborilgan nazorat qilish summasi bilan solishtiradi. Agar ular bir
xil bo„lsa, kadr to„g„ri etib kelgan hisoblanadi va qabul qilinadi.
110
Lokal kompyuter tarmoqlarida kanal sathi protokollaridan -
kompyuterlar,
ko„priklar,
kommutatorlar
va
marshrutizatorlar
foydalanadilar. Kanal sathi protokollariga misol qilib – Ethernet (Token
Ring, FDDI, l00VG-AnyLAN) protokollarini keltirish mumkin.
Ma‟lumotlarni sifatli uzatishni ta‟minlash vazifalari kanal sathi bilan
birga, undan yuqoriroqda turgan tarmoq va transport sathlari vazifalariga
ham kiradi.
Tarmoq sathi (Network layer)
–
bir nechta tarmoqlarni
birlashtiruvchi yagona transport sistemasini hosil qilish uchun hizmat
qiladi. Bu tarmoqlar har-xil ko„rinishdagi topologiyalarga ega bo„lishlari
va kompyuterlar o„rtasida xabarlar uzatishning har-xil tamoillaridan
foydalanib ishlashlari mumkin. Tarmoqlarni o„zaro birlashtirish uchun
marshrutizatorlar
ishlatiladi (5.5-rasm). Tarmoqlar ichida, ya‟ni tarmoq
osti tarmoqlarda ma‟lumotlarni uzatish o„sha tormoqning kanal sathi
yordamida amalga oshiriladi. Tarmoqlararo ma‟lumotlarni uzatish esa –
tarmoq sathi ta‟minlaydi. Bu ma‟lumotlar uzatish marshrutlarini to„g„ri
tanlash vazifasini bajarish bilan amalga oshiriladi.
Tarmoq sathi har-xil texnologiyali tarmoqlarni bir-biri bilan
kelishib ishlashini ta‟minlaydi. Tarmoq sathi xabarlari
paketlar
deb
ataladi. Tarmoq sathiga tegishli ikki xil protokol mavjud:
1.Tarmoq protokollari
(routed protocols)
– paketlarni tarmoq
orqali harakatlanishini ta‟minlab beradigan protokollar.
2.Marshrutlash protokollari
(routing protocols)
– bu protokollar
yordamida marshrutizatorlar tarmoqlararo bog„lanishlar haqida axborot
yig„ishni amalga oshiradilar.
5.5-rasm
.
Tarmoqlardan iborat tarmoq.
111
Tarmoq sathi protokollariga misol qilib TCP/IP stekining IP-
tarmoqlararo birgalikda ishlash protokolini va Novell stekining IPX-
tarmoqlararo peketlar almashinish protokolini keltirish mumkin.
Transport sathi (Transport layer)
–
bu sath ilovalarga yoki
stekning yuqori sathlariga ma‟lumotlarni kerakli darajada ishonchlilik
bilan uzatishni ta‟minlab beradi. Transport sathi tomonidan xizmat
ko„rsatishning besh xil sinfi mavjud:
1.Tezkorlik.
2.Uzilgan aloqani tiklash imkoniyati.
3.Bir-nechta har-xil amaliy protokollarni umumiy transport protokoli
orqali bog„lab, ularni ishlashini ta‟minlab berish vositalari. Bu xuddi
temir yo„l transportida har-xil yuklar ortilgan vagonlarni bir poezdga
birlashtirib manzilga etkazib berishga o„xshaydi.
4.Ma‟lumotlarni uzatishda yuzaga keladigan xatoliklarni tuzatishni
ta‟minlash.
5.Ma‟lumotlarni uzatishda yuzaga keladigan holatlar – ma‟lumotlarni
yo„l davomida o„chib ketishi, yo„qolib qolishi va bir xil paketlarni bir
necha marta uzatilishi kabi xatoliklarni tuzatishni ta‟minlash.
Transport sathi va undan yuqorida joylashgan sathlar protokollari
kompyuterlarning (stansiyalar, serverlar va bog„lamlarning) dasturiy
vositalari, ya‟ni tarmoq operatsion tizimi tarkibidagi dasturlar tomonidan
amalga oshiriladi. Trasport satxi protokollariga misol qilib TCP/IP
stekining TCP va UDP, hamda Novell stekining SPX protokolini
keltirish mumkin.
Seanslar sathi (Sesions layer)
–
bu sath dialogni boshqarishni
ta‟minlaydi, tomonlardan qaysi biri hozirda faol ekanligini aniqlab
borish vazifasini bajaradi va ishlash jarayonini bir-biriga moslashtirish
(sinxronlash) vositalarini taqdim etadi.
Taqdimlash
sathi
(Presentation
layer)
Dostları ilə paylaş: |