115
bog‘lamlar tarmog‘i orqali bog‘lash
–
kommutatsiya
deb ataladi.
Tranzit bog„lamlar tarmog„i,
kommutatsion tarmoq
ham deb ataladi (5.6-
rasm). Ma‟lumot yuborgan abonentdan, ma‟lumotni qabul qiluvchi
abonentgacha bo„lgan bog„lamlar ketma-ketligi –
marshrut
deb ataladi.
Masalan: 5.6-rasmda keltirilgan tarmoqda 2-nchi va 4-inchi abonentlar,
o„zaro to„g„ridan-to„g„ri ulangan emaslar. O„zaro ma‟lumotlarni
almashinishda, tranzit bog„lamlardan foydalanishga majburdirar.
Bunday tranzit bog„lamlar sifatida, 1 va 5 bog„lamlardan foydalanish
mumkin. Bunda 1 bog„lam ma‟lumotlarni o„zining A va B interfeyslari
orqali o„tkazib berishi kerak bo„ladi. Bu vaziyatda 2-1-5-4 ketma-ketlik
marshrut hisoblanadi. 2
- axborot uzatgan abonent, 1-5 - tranzit
bog„lamlar va 4 - axborotni qabul qiluvchi abonent.
5.6-rasm. Kommutatsion tarmoq.
Tarmoq sathida ma‟lumotlar almashinish jarayonini tashkil
qilishda echilishi kerak bo„lgan
kommutatsiyalash masalasini,
o„zaro
bog„liq bo„lgan quyidagi xususiy masalalar ketma-ketligi ko„rinishida
ifodalash mumkin:
1.Marshrutini belgilash talab qilinidigan axborot oqimlarini aniqlash.
2.Oqimlarni marshrutlash.
116
3.Oqimlarni harakatlantirish, ya’ni oqimlarni anglay bilish va ularni
har-xil tranzit bog‘lamlarda lokal kommutatsiyalash.
4.Oqimlarni multeplekslash va demultiplekslash.
1.Marshrutini belgilash talab qilinidigan axborot oqimlarini
aniqlash.
Bitta tranzit bog„lamdan, bir-nechta marshrutlar o„tishi
mumkin. Masalan: 5-bog„lamdan, 3,4 va 10 abonentlarga keladigan va
ulardan chiqib ketadigan oqimlar o„tadi. Tranzit bog„lam
unga kelib
tushadigan oqimlarni kerakli yo„nalishda uzatib bera olishi uchun, ularni
anglay bilishi
kerak bo„ladi.
Umumiy tarmoq trafigidan, uni ajrata olish yoki anglay bilish
imkonini beradigan,
umumiy belgilar
to„plami bilan birlashtirilgan
ma‟lumotlarning uzluksiz ketma – ketligi
axborot oqimi
yoki
ma’lumotlar oqimi
deb ataladi.
Masalan, bitta kompyuterdan kelib tushayotgan ma‟lumotlarni –
oqim deb qarashimiz mumkin. Bunda ularni
birlashtiradigan belgi
sifatida, shu kompyuterning adresini ko„rsatishimiz mumkin, ya‟ni oqim
xosil bo„layotgan nuqtaning adresini. Xuddi shu ma‟lumotlarni, bir-
nechta kichikroq oqimlar bo„laklaridan iborat oqim ko„rinishida ham
tasavvur qilishimiz mumkin. Oqimning bo„laklaridan iborat bo„lgan
nisbatan kichikroq oqimlar, har-xil tarmoq ilovalari tomonidan hosil
bo„lishi mumkin. Masalan, elektron pochta ma‟lumotlari oqimi,
fayllardan nusxa olishda xosil bo„ladigan oqim.
Oqimni
hosil
qiladigan
ma‟lumotlar
ketma-ketligini
ma‟lumotlarning turli xil axborot birliklari –
kadrlar, paketlar yoki
yacheykalar
ko„rinishida ifodalash mumkin.
Kommutatsiyalashda ma‟lumotlar etib borishi kerak bo„lgan
adres
asosiy belgi
hisoblanadi. Tranzit bog„lamga kelib tushgan oqim, ana shu
belgi asosida ajratilib, har-biri o„sha ma‟lumotlarni harakatlantirish
marshrutiga mos interfeyslar orqali o„z manziliga etkaziladi.
Oqimning begilari
global
yoki
lokal
ahamiyatga
ega belgilari
guruhiga bo„linadi. Masalan: ohirgi bog„lamlar, ya‟ni ma‟lumotlarni
uzatayotgan va qabul qilayotgan
abonentlar
adreslari,
global belgi
hisoblanadi. Oqimlarni bog„lamlarda yo„naltirish uchun xizmat
qiladigan
interfeyslarining raqamlari
(A, B, C,... F) esa, lokal belgilar
hisoblanadi.
Oqimning metkasi
(tamg„asi) – bu esa belgining o„ziga xos
xildir. U oqimning barcha bo„laklari o„zlari bilan olib yuradigan
biron-
bir raqam
ko„rinishida bo„ladi.
Oqimga tayinlagan global metka, oqim
manziliga etib bormaguncha o„z qiymatini o„zgartirmaydi. Ba‟zi
texnologiyalarda oqim bir bog„lamdan, boshqa bog„lamga o„tganda
117
o„zining qiymatini dinamik tarzda o„zgartiruvchi
lokal metkalardan
ham
foydalaniladi.
Shunday qilib kommutatsiya paytida oqimlarni anglay bilish –
belgilar
asosida amalga oshiriladi. Bunda asosiy belgi bo„lib
hisoblangan, ma‟lumotlarni etib borishi kerak bo„lgan adres bilan bir
qatorda, boshqa belgilardan ham foydalaniladi, masalan: ilovalarning
identifikatorlari - ya‟ni elektorn pochta xabari, ko„chirilayotgan fayl
yoki veb-matnlar kabi ma‟lumotlarni beradigan belgilar.
2.Oqimlarni marshrutlash.
Marshrutlash masalasi echish quyidagi
ikkita qadamda bajariladi:
1-qadam. Marshrutni aniqlash;
2-qadam. Tanlangan marshrut haqida tarmoqni habardor qilish.
Marshrutni aniqlash – bu ma‟lumotlarni manzilga etkazish uchun,
tranzit bog„lamlar va interfeyslar ketma-ketligini tanlash demakdir.
Marshrutni aniqlash masalasi ancha murakkab masala hisoblanadi.
O„zaro birgalikda ishlaydigan bog„lamlardagi
tarmoq interfeyslari
o„rtasidagi yo„llar soni ko„p bo„lgan hol uchun, marshutlash masalasi,
ancha murakkab masalaga aylanadi. Ko„p hollarda ba‟zi bir mezonlar
bo„yicha
optimal
(yoki ratsional) echimni tanlashga to„g„ri keladi.
Bunday mezonlar sifatida – aloqa kanallarining nominal o„tkazish
qobilyati va ularning qay darajada yuklanganligi, kanallar tomonidan
sodir etiladigan kechikishlar, oraliq tranzit bog„lamlarning
ishonchliligi
kabi ko„rsatgichlar olinadi.
Marshrutni aniqlash - administrator tomonidan
qo‘lda
(rus tilida -
вручную) hisoblab chiqilishi yoki
avtomatik
ravishda hisoblanishi
mumkin. Murakkab topologiyalarga ega bo„lgan katta tarmoqlar uchun
marshrutlarni aniqlashning
avtomatik
usullari qo„llaniladi. Buning uchun
oxirgi bog„lamlar, ya‟ni abonentlar va tarmoqdagi boshqa qurilmalar
maxsus dasturiy vositalar bilan ta‟minlangan bo„ladilar. Bu dasturlar har
bir bog„lam uchun tarmoq haqidagi “tasavvurni”
hosil qiluvchi xabarlar
bilan almashinish jarayonini tashkil qilib beradi. So„ngra esa shu
yo„sinda yig„ilgan ma‟lumotlar asosida, dasturiy usullar bilan ratsional
marshrutlar aniqlanadi. Ko„pincha marshrutni tanlashda tarmoq
topologiyasi haqidagi axborot bilan cheklanailadi (5.7-rasm).
Aloqa kanallarining o„sha paytdagi yuklanganligini ham hisobga
olib marshrutlarni tanlash usullari, yana ham ratsional marshrutlarni
tanlash imkonini beradi. Ammo bunda bog„lamlar
orasida doimiy
ravishda intensiv axborot almashinib turish kerak bo„ladi.