Z. Z. Miryusupov, J. X. Djumanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#168638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.

 
 
 
 
 
 
 
 
 



1.KOMPYUTER TARMOQLARINI QURISHDA UCHRAGAN 
ASOSIY MUAMMOLAR VA KOMPYUTER 
TARMOQLARINING KLASSIFIKATSIYASI 
 
1.1.Kompyuter tarmoqlari, ularni qurishda uchragan asosiy 
muammolar va tarmoq topologiyalari 
 
Kompyuter tarmog„i – bu apparat va dasturiy tashkil etuvchilardan 
iborat bo„lgan, hamda birgalikda kelishilgan holda ishlaydigan 
murakkab kompleksdir. Kompyuter tarmog„ini tashkil etuvchilari 
quyidagi to„rt qatlamdan biriga tegishli bo„lishi mumkin: 
1.Kompyuterlar; 
2.Kommunikatsion qurilmalar; 
3.Operatsion tizimlar; 
4.Tarmoq ilovalari. 
Hozirgi paytda birinchi qatlam vositalari sifatida imkoniyatlari 
o„rtacha bo„lgan shaxsiy kompyuterlardan tortib, to maynfremlar va 
superkompyuterlargacha bo„lgan kompyuterlar qo„llanib kelmoqda. 
Ikkinchi qatlam - bu 
kommunikatsion qurilmalar
qatlamidir. Ushbu 
o„quv qo„llanmada e‟tibor, aynan kommunikatsion qurilmalarga va ular 
asosida qurilayotgan zamonaviy kompyuter tarmoqlarining tuzilishlarini 
o„rganishga qaratilgandir. 
Kompyuterlar 
tarmoqda 
ma‟lumotlarni 
ishlashni 
amalga 
oshiruvchi asosiy vosita hisoblanadi, ammo 15-20 yillar davomida 
kommunikatsion qurilmalar ham tarmoq tarkibida katta ahamiyatga ega 
bo„lgan vositalarga aylanib ulgurdi. Kommunikatsion qurilmalar 
hisoblangan – 
ko‘priklar, kommutatorlar va marshrutizatorlar
kabi 
qurilmalar tarmoqning yordamchi vositalaridan, kompyuterlar va 
operatsion tizimlar kabi asosiy vositalarga aylandi. Bunda kommu-
nikatsion qurilmalarni, tarmoqning ko„rsatgichlariga ham va uning 
narxiga ham ta‟siri nazarda tutilmoqda. Bugungi kunda kommunikatsion 
qurilma - murakkab maxsuslashtirilgan ko„pprotsessorli kompyuter
ya‟ni kompyuter ichidagi kompyuter sifatida qaralishi mumkin. Ularni 
ham konfiguratsiyalash, optimizatsiyalash va administratsiyalash amalga 
oshiriladi. 1.1-rasmda, Internet tarmog„i va unga ulangan turli xil 
kompyuter tarmoqlarining soddalashtirilgan ko„rinishlari keltirilgan. 



1.1-rasm. Internet tarmog„i va unga ulangan turli xil kompyuter 
tarmoqlarining soddalashtirilgan ko„rinishlari. 
Kompyuter tarmoqlarini qurishda uchragan asosiy muammolardan 
birinchisi, bu tarmoq tarkibiga kirgan qurilmalar - kompyuterlar, 
printerlar, modemlar, konsentratorlar, kommutatorlar, marshrutizatorlar 
o„rtasida 
ma’lumotlarni uzatishni
amalga 
oshirish 
muammosi 
hisoblangan. Kompyuter tarmoqlarida ma‟lumotlarni uzatish yoki 
almashinish jarayoni 
ketma-ket tarzda
joylashtirilgan bitlar, ya‟ni 0 va 1-
lar ko„rinishida amalga oshiriladi (1.2-rasm). 
1.2-rasm. Kompyuter tarmog„ida ma‟lumotlarni uzatish. 



Ma‟lumotlarni almashinish jarayonida qaysi qurilmalar ishtirok 
etayotganiga qarab, bunda uch xil holatni keltirish mumkin: 
1.Kompyuter va tashqi qurilma o„rtasida ma‟lumot almashinish (1.3-
rasm); 
2.Yonma-yon joylashgan ikki kompyuter o„rtasida ma‟lumot 
almashinish; 
3.Bir-biridan uzoq masofalarda joylashgan kompyuterlarning aloqa 
kanallari orqali ma‟lumot almashinishi.
1.3-rasm. Kompyuter tarmog„ida, kompyuter-kompyuter va
kompyuter-printer o„rtasida ma‟lumot almashinish. 
Kompyuter bilan tashqi qurilma o„zaro axborot almashinishi 
uchun, kompyuterning tashqi interfeysi qo„llaniladi. Bu erda interfeys 
deganda - kompyuter bilan tashqi qurilmani bog„lovchi o„tkazgichlar va 
ular orqali axborot almashinish qoidalari to„plamini tushunish kerak 
bo„ladi. Kompyuter tarafidan interfeys – tashqi qurilma kontrolleri deb 
ataladigan maxsus apparat va dasturiy vositasi, hamda mos tashqi 
qurilmaning drayveri deb ataladigan kontrollerni boshqaruvchi dastur 
yordamida amalga oshiriladi. 1.3-rasmning o„ng tomonida kompyuter 
bilan printer o„rtasida bog„lanishni amalga oshirishda qo„llanilgan 
vositalar ko„rsatilgan. 
Tarmoqqa ulangan kompyuterlar o„rtasida ma‟lumot almashinish 
jarayoni esa ancha murakkab bo„lib, u yillar davomida takomillashtirilib 
kelinmoqda. Hozirda tarmoq orqali matnli ma‟lumotlar bilan bir qatorda, 
tovush, grafika va video ma‟lumotlarni katta-katta hajmlarda va katta 
tezliklarda uzatishlar amalga oshirilmoqda.



Ko„p sonli kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish jarayonida qator 
yangi muammolar paydo bo„la boshlagan. Bunday muommolar sirasiga 
fizik bog„lanishlarning shaklini, ya‟ni 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin