Z. Z. Miryusupov, J. X. Djumanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#168638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.

topologiyasini 
tanlash 
muammosini ham qiritish mumkin. 
Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish nazariyasida
graflar 
nazariyasida
qo„llaniladigan iboralar, tushunchalar va undagi 
qoidalardan foydalanilgan. Shunga ko„ra kompyuter tarmog„ining 
topologiyasi
 
deyilganda 

shunday 
grafning 
konfiguratsiyasi 
tushuniladiki, bunda grafning 
cho‘qqilariga
tarmoqdagi kompyuterlar, 
konsentratorlar, kommutatorlar, marshrutizatorlar kabi qurilmalar, uning 
qirralariga
esa 
fizik 
bog„lanishlar mos keladi. Tarmoqdagi 
kompyuterlar ko„pincha - stansiyalar yoki tarmoq tugunlari ham deb 
ataladi.
Tarmoqning fizik bog„lanishlari konfiguratsiyasi, kompyuterlar 
orasidagi elektr bog„lanishlar orqali aniqlanadi va bu shakl, tarmoqning 
mantiqiy bog„lanishlari konfiguratsiyasidan farq qilishi ham mumkin 
bo„ladi. 
Tarmoqning mantiqiy bog„lanishlari konfiguratsiyasi deganda, 
undagi 
ma’lumotlarni uzatish yo‘llarining
shakli tushuniladi. Bunday 
yo„llar tarmoqdagi kommunikatsion qurilmalarni sozlash paytida hosil 
qilinadi. 
Tanlangan elektr bog„lanishlar topologiyasi tarmoqning ko„pgina 
ko„rsatgichlariga 
ta‟sir 
qilishi 
mumkin. 
Masalan, 
zahira 
bog„lanishlarning mavjudligi, tarmoqning ishonchliligini oshiradi va 
axborot uzatish kanallarini bir maromda yuklash imkonini beradi. 
Qo„shimcha stansiyalarning ulash mumkinligi esa, tarmoqni osonlikcha 
kengaytirish imkonini beradi. Tarmoqni qurish arzonroq tushadigan 
bo„lishini hisobga olib ham, topologiyalarni tanlash amalga oshiriladi. 
Kompyuter 
tarmoqlarini 
qurishda 
ishlatiladigan 
asosiy 
topologiyalarni ko„rib chiqamiz (1.4-rasm). 
To‘liq bog‘lanishli topologiya
– bunda har bir kompyuter tarmoqdagi 
boshqa kompyuterlar bilan bog„langan bo„lishi kerak. Har bir kompyuter 
uchun ko„p sonli kommunikatsion portlar va juda ko„p alohida aloqa 
chiziqlari 
mavjud 
bo„lishi kerak bo„ladi. To„liq bog„lanishli 
topologiyadan tarkibida kompyuterlarining soni ko„p bo„lgan 
tarmoqlarda 
foydalanilmaydi. 
Ushbu 
topologiya 
asosida 
kompyuterlarining soni uncha ko„p bo„lmagan ko„p mashinali 
komplekslarda va kompyuter tarmoqlarida uning serverlarini o„zaro 
ulash uchun foydalanish mumkin. 



1.4-rasm. Tarmoqlarni qurishda ishlatiladigan asosiy topologiyalar. 
Yacheykasimon topologiya
– to„liq bog„lanishli topologiyadagi ba‟zi 
bir bog„lanishlarni olib tashlash bilan hosil qilinadi. Bunda o„zaro 
ko„proq axborot almashinadigan kompyuterlar orasidagi bog„lanishlar 
qoldiriladi, boshqa kompyuterlar esa tranzit yo„llar orqali bog„lanib 
axborot almashinishi mumkin bo„ladi. 
Umumiy shinali topologiya
– Ethernet texnologiyasining avval ishlab 
chiqarilgan standartlari hisoblangan, 10Base-5 va 10Base-2 standartlari,
ana shu topologiya asosida qurilgan edi. Bunda kompyuterlar bitta 
koaksial kabelga ulangan bo„lib, ma‟lumot uzatilayotgan paytda u kabel 
bo„ylab ikki tomonga tarqaladi. Umumiy shinali tarmoqlar nisbatan 
arzon hisoblanadi, ularda kabelni tortish va qo„shimcha kompyuterlarni 
ulash osonlik bilan bajariladi. Ammo bu xildagi tarmoqning eng jiddiy 
kamchiligi, uning ishonchliligining pastligidir, ya‟ni kabeldagi har 
qanday uzilish yoki kompyuterlar ulangan uzgich-ulagichlardan birining 
uzilishi butun tarmoqni ishini izdan chiqaradi.
Yulduzsimon topologiya
– bunda har bir kompyuter alohida kabel 
yordamida 
tarmoq 
markazida 
joylashgan 
qurilmaga, 
ya‟ni 
konsentratorga 
yoki 
kommutatorga 
ulangan 
bo„ladi. Ethernet 
texnologiyasining 10Base-T va 10Base-F standartlari ana shu topologiya 
asosida qurilgan edi. Bu topologiyaning umumiy shinaga nisbatan asosiy 
afzalligi, uning ishonchliligining ancha yuqoriligidir. Biron bir 
kabeldagi nosozlik faqatgina shu kabelga ulangan kompyuternigina 


10 
tarmoqdan uzilib qolishiga sabab bo„lishi mumkin. Konsentrator yoki 
kommutator ishdan chiqsagina tarmoq ishlamay qolishi mumkin. 
Ierarxik yulduz topologiyasi
- bir nechta konsentratorlarni yoki 
kommutatorlarni ierarxik tarzda - qavatma-qavat, yulduzsimon 
ko„rinishda ulab tarmoqni kengaytirish, ya‟ni kompyuterlar sonini 
oshirish mumkin. Hozirda ierarxik yulduz topologiyasi – lokal va global 
tarmoqlarda ham keng tarqalgan topologiya hisoblanadi. Fast Ethernet 
texnologiyasining 
100Base-TX, 
100Base-T4 
va 
100Base-FX 
spetsifikatsiyalari va Gigabit Ethernet texnologiyasining barcha 
spetsifikatsiyalari ana shu topologiya asosida qurilgan. 
Halqasimon topologiya
– bu topologiya asosida qurilgan tarmoqlarda,
ma‟lumotlar halqa bo„ylab odatda bir tomonga yo„nalgan holda 
uzatiladi. Agar kompyuter ma‟lumotlarni unga yo„naltirilgan ekanligini 
aniqlasa, ularni o„z xotirasiga ko„chirib oladi. Token Ring va FDDI kabi 
lokal kompyuter tarmoqlari texnologiyalari
 
halqasimon topologiya 
asosida qurilgan edi. 
Aralash topologiya. 
Odatda uncha katta bo„lmagan tarmoqlar 
topologiyasi – umumiy shina, halqa yoki yulduzli kabi tipik 
topologiyalardan biri ko„rinishida bo„ladi. Katta tarmoqlardagi kompyu-
terlarni birlashtirishda ixtiyoriy ko„rinishdagi bog„lanishlar yuzaga ke-
lishi mumkin. Ammo bunda ham tarmoqlarning shunday qismlarini 
ko„rsatish mumkin bo„ladiki, ya‟ni tarmoq osti tarmoqlari, yuqorida 
ko„rib o„tilgan topologiyalardan biriga o„xshash bo„ladi. Shuning uchun 
bunday tarmoqlar aralash topologiyali tarmoqlar deb ataladi (1.5-rasm). 
1.5-rasm. Aralash topologiya. 


11 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin