Z. Z. Miryusupov, J. X. Djumanov


Ulanish tarmog„i telekommunikatsion tarmoq  ierarxiyasining



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#168638
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.

 
Ulanish tarmog„i telekommunikatsion tarmoq 
ierarxiyasining
 
pastki sathini tashkil qiladi. Ulanish tarmog„ining asosiy 
vazifasi ko„p sonli aloqa kanallari orqali mijozlarning qurilmalaridan 


17 
kelayotgan axborot oqimlarini, magistral tarmoqning nisbatan kam sonli 
bog„lanmalarida to„plashdan iboratdir. 
2.1-rasm. Telekommunikatsion tarmoqning umumlashtirilgan chizmasi. 
Ulanish tarmog„i deganda ancha katta xududga yoyilgan xududiy 
(regional) tarmoq tushuniladi. Telekommunikatsion tarmoq ham, ulanish 
tarmog„i ham bir nechta sathlardan iborat bo„lishi mumkin. Pastki 
sathlarda o„rnatilgan kommutatorlar, ko„p sonli abonentlarning 
kanallaridan keladigan axborot oqimlarini 
multipleksatsiyalab
, ya‟ni 
to„plab – bir yoki bir nechta kanallar orqali uzatishga tayyorlab, o„zidan 
yuqoriroq sathda joylashgan kommutatorlarga, ular esa o„z navbatida 
magistral tarmoq kommutatorlariga uzatib beradilar. 
Magistral tarmoq.
 
Magistral tarmoq yordamida yuqori tezlikka ega 
kanallar orqali trafikni tranzit yo„llar bo„ylab uzatishni ta‟minlash 
maqsadida, ulanish tarmoqlarini o„zaro birlashtirish amalga oshiriladi. 
Magistral tarmoq kommutatorlari, alohida-alohida foydalanuvchilarni 
o„zaro bog„lanishlarini tashkil qilish bilan birga, asosan ko„p sonli 


18 
foydalanuvchilarining bog„lamlaridan keladigan 
agregatlangan
– 
yo„naltirilgan, axborot oqimlari 
demultipleksiyalab
, ya‟ni adreslar 
bo„yicha taqsimlab, axborotlarni qabul qiluvchi foydalanuvchilarning 
ulanish 
tarmoqlariga 
shunday 
uzatib 
beradiki, 
foydalanuvchi 
qurilmasining kirish portiga faqat unga yuborilgan axborot kelib tushadi. 
Axborot markazlari.
Axborot markazlari yoki xizmatlarni 
boshqarish markazlari – axborot xizmatlarini amalga oshiradilar. 
Bunday markazlarda ikki xil ko„rinishdagi axborotlar saqlanadi: 
1.
Foydalanuvchilar uchun mo„ljallangan, ularni qiziqtirishi mumkin 
bo„lgan axborot. 
2.
Xizmat ko„rsatish uchun mo„ljallangan yordamchi axborot, ya‟ni 
foydalanuvchiga xizmat ko„rsatishni osonlashtiradigan axborot. 
Birinchi turdagi axborot resurslariga misol qilib, har-xil sohalarga 
oid ma‟lumotlar va yangiliklar, elektron magazinlar haqida ma‟lumotlar 
va h.k., shularga o„xshash ma‟lumotlarga ega bo„lgan veb-portallarni 
keltirish mumkin. Telefon tarmoqlarida bunday markazlar yordamida 
tezkor chaqiruv xizmatlari va har-xil tashkilotlar hamda korxonalardan 
ma‟lumotlarni olish xizmatlari amalga oshiriladi. 
Ikkinchi turdagi axborotlarni saqlovchi markazlarga misol qilib, 
foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash va avtorizatsiya qilishning har-
xil tizimlarini keltirish mumkin. Ular yordamida tarmoq egasi bo„lgan 
korxona foydalanuvchilariga, u yoki bu xizmatlarni ko„rsatishi mumkin 
yoki mumkin emasligini aniqlanadi, ko„rsatilgan xizmatlarga haq 
to„lashni hisoblash tizimi, ya‟ni billing tizimi tekshirib boriladi. 
Foydalanuvchilarning ma‟lumotlar bazalarida saqlanayogan nomlari va 
parollari, hamda foydalanuvchiga ko„rsatilgan xizmatlarning xillari 
hisobga olib boriladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin