1.2.Kompyuter tarmoqlarini texnologik jihatdan
klassifikatsiyalash
- sinflarga ajratish.
Klassifikatsiya yoki sinflarga ajratish deganda – o„rganilayotgan
ob‟ektlarni umumiy belgilari asosida
guruhlarga
, ya‟ni u yoki bu
xillarga ajratish jarayoni tushuniladi. Ob‟ektlarni sinflarga ajratish –
keyingi
yozuvlarda
esa
klassifikatsiyalash,
bu
jarayonda
foydalaniladigan
mezonlarni
(rus tilida - критерии) tanlash asosida
amalga oshiriladi. Turli xil mezonlarni tanlash asosida turli xil
klassifikatsiyalashni amalga oshirish mumkin. Ushbu qo„llanmada
kompyuter tarmoqlarini klassifikatsiyalash - asosan
texnologik jihatdan
ularni tafsiflovchi mezonlar
asosida amalga oshirilgan.
Kompyuter tarmoqlarini - qoplay oladigan xududining masshtabi,
ma‟lumotlarni uzatish muhitlarining xillari, kommutatsiyalash usuli,
paketlarni harakatlantirish usuli, topologiyasi va boshqa shularga
o„xshash mezonlardan foydalangan holda guruhlarga ajratishni,
texnologik jihatdan klassifikatsiyalash
deb atash mumkin.
1.Kompyuter tarmoqlarini - qoplay oladigan xududining masshtabi
qarab ikki xil guruhga ajratish mumkin:
- lokal kompyuter tarmoqlari (
Local Area Network, LAN
);
- global kompyuter tarmoqlari (
Wide Area Network, WAN
).
Lokal kompyuter tarmoqlarida ma‟lumotlarni ancha katta
tezliklarda
uzata
oladigan
yuqori
sifatli
aloqa
chiziqlaridan
foydalaniladi.
Ushbu
xildagi
tarmoqlarda
ma‟lumotlarni
modulyasiyalamay
uzatish
imkoniyati
mavjud.
Kompyuter
tarmoqlarining qoplay oladigan xududining masshtabi qarab - shahar
kompyuter tarmoqlari (
Metropolitan Area Network, MAN
) deb
nomlangan xili ham mavjud. Shahar kompyuter tarmoqlari katta shahar
xududiga xizmat ko„rsatish uchun mo„ljalangan bo„lib, ularda lokal va
global tarmoqlarga xos belgilarni ko„rsatish mumkin.
2.Kompyuter tarmoqlarini - ularda qo„llaniladigan ma‟lumotlarni
uzatish muhitiga qarab ham, ikki xil guruhga ajratish mumkin:
- simli tarmoqlar, ular hozirda mis yoki optik tolali kabellar asosida
qurilmoqda;
- simsiz tarmoqlar, ya‟ni simsiz aloqa chiziqlari, masalan - radio
kanallar, o„ta yuqori chastotali, ya‟ni infraqizil yoki lazer nurlaridan
foydalaniladigan kanallar asosida qurilgan tarmoqlar.
3.Kompyuter tarmoqlarini – ularda qo„llaniladigan kommutatsiyalash
usuli bo„yicha ham ikki xil guruhga ajratiladi:
12
- paketlarni kommutatsiyalash asosida ishlovchi tarmoqlar;
- kanallarni kommutatsiyalash asosida ishlovchi tarmoqlar.
Paketlarni
kommutatsiyalash
texnikasi,
paketlarni
harakatlantirishning qaysi usulidan foydalanilishiga qarab bir nechta
xillarga bo„linishi mumkin:
- deytagrammali tarmoqlar, masalan Ethernet texnologiyasiga mansub
tarmoqlar;
- mantiqiy bog„lanishlarga asoslangan tarmoqlar, masalan transport
sathida TCP protokolidan foydalanib ishlaydigan IP-tarmoqlar;
- virtual kanallarga asoslangan tarmoqlar, masalan MPLS-tarmoqlar.
4.Kompyuter tarmoqlari - ularning topologiyalari asosida ham
klassifikatsiyalanishi mumkin. Topologiyalarning quyidagi xillari
mavjud - to„liq bog„lanishli topologiya, yacheykasimon topologiya,
umumiy shinali topologiya, yulduz topologiyasi, ierarxik yulduz
topologiyasi, halqa topologiyasi va aralash topologiyalar.
5.Kompyuter tarmoqlari - tarmoqlardan iborat tarmoq, ya‟ni
Internetning qaysi sathida ishlatilishiga qarab:
- birlamchi tarmoqlarga va birlamchi tarmoqlardan foydalanib
qurilgan tarmoqlarga bo„linadi.
Birlamchi tarmoqlar, bu telekkommunikatsion tarmoqlardir, ularga
misol qilib -
PDH, SDH va DWDM
kabi tarmoq texnologiyalarini
keltirish mumkin. Birlamchi tarmoqlardan foydalanib ishlaydigan
tarmoqlarga esa, turli o„lchamlardagi kompyuter, telefon va televizion
tarmoqlarini misol qilib keltirish mumkin.
6.Kompyuter
tarmoqlarida
ko„rsatiladigan
xizmatlar
foydalanuvchilarning qaysi xiliga mo„ljallanganligiga qarab, tarmoqlarni
ikki xil sinfga bo„lish mumkin:
- aloqa operatorlari tarmoqlari - bunday tarmoqlarning mijozlari
alohida olingan foydalanuvchilar yoki shartnoma asosida xizmatlardan
foydalanuvchi tashkilotlar bo„lishi mumkin;
- korporativ tarmoqlar - ushbu tarmoqqa egalik qiluvchi korxona
xodimlarigagina xizmat ko„rsatuvchi tarmoq.
7.Tarmoqlardan iborat tarmoqlar tarkibida ya‟ni, aloqa operatorlari
tarmoqlarida,
korporativ tarmoqlarda yoki
Internet tarmog„ida
bajaradigan vazifalariga qarab, kompyuter tarmoqlarni - uchta sinfga
ajratish mumkin:
- ulanish tarmoqlari;
- magistral tarmoqlar;
- trafikni agregatsiyalash tarmoqlari.
|