19
2.2-rasm. Oddiy lokal kompyuter tarmog„ining tuzilishi.
2.Korporativ tarmoq.
Korporativ tarmoq – bu shunday tarmoqki,
uning asosiy vazifasi bo„lib tarmoqqa egalik qiluvchi korxona ishini
qo„llab quvvatlab turish hisoblanadi. Ushbu korxona xodimlarigina
korporativ tarmoq foydalanuvchilari bo„lishlari mumkin. Korporativ
tarmoqning
tuzilishi, biz yuqorida ko„rib o„tgan telekommunikatsion
tarmoq tuzilishiga deyarli o„xshash bo„ladi. Korporativ tarmoqlarda
foydalanuvchilarni birlashtiruvchi lokal tarmoqlar, korporativ tarmoq
tarkibiga kiritilgan bo„ladi. Bundan tashqari korporativ tarmoq tarkibiga
kirgan uni tashkil etuvchi bo„linmalar
birgalikda, nafaqat tarmoq
egallagan xududni, balki korxonaning tuzilishi qanday ekanligini ham
ko„rsatib turadi. Korporativ tarmoqni tashkil etuvchi bo„linmalar
quyidagicha nomlanadi:
-
bo‘limlar va ishchi guruhlar tarmoqlari;
-
binolar va
kampuslar tarmoqlari;
-
magistral tarmoqlar.
Bo‘limlar tarmoqlari
. Bitta bo„limda ishlaydigan,
unchalik katta
bo„lmagan xodimlar guruhi foydalanadigan tarmoq – bo„lim tarmog„i
yoki ishchi guruhi tarmog„i deb ataladi. Bu xodimlar biron-bir umumiy
masalalarni echish bilan shug„ullanadilar, masalan buxgalteriya hisobi
yoki marketing. Bo„lim tarmog„i – o„sha bo„limga tegishli hamma
xonalarni o„z ichiga olgan lokal kompyuter tarmog„idir. Bo„lim, bir
nechta xonalarni yoki binoning biron-bir qavatini egallagan bo„lishi
mumkin.
20
Bo„lim tarmog„ining asosiy maqsadi – ilovalar, ma‟lumotlar,
printerlar va modemlar kabi lokal resurslardan
birgalikda foydalanishni
ta‟minlab berish hisoblanadi. Bo„limlar tarmoqlari tarkibida bitta yoki
ikkita fayl server va 30-ga yaqin foydalanuvchilarga ega bo„lib, odatda
ular tarmoq osti tarmoqlariga bo„linmaydilar. Bunday tarmoqlarda
korxona trafigining kattagina qismi aylanib yuradi. Odatda bo„lim
tarmoqlari Fast Ethernet texnologiyasi oilasiga mansub bir necha xil
spetsifikatsiyalar, ba‟zi xollarda esa Gigabit
Ethernet texnologiyasi
asosida quriladi. Bunday tarmoqlarda asosan bitta yoki ko„pi bilan ikki
xil operatsion tizmlardan foydalaniladi (2.3-rasm).
2.3- rasm. Bo„lim masshtabidagi tarmoqqa misol.
Bo„lim tarmog„ida administratsiyalash masalalari ancha oson
hisoblanadi - unda yangi foydalanuvchilarni qo„shish yoki hisobga olish,
oddiy buzilishlarni bartaraf etish, yangi bog„lamalarni va dasturiy
ta‟minotning yangi versiyalarini o„rnatish kerak bo„ladi. O„z ish
vaqtining bir qismidagina administrator vazifasini
bajaruvchi biron-bir
xodim, bunday tarmoqni boshqarishi mumkin bo„ladi. Ya‟ni bunday
tarmoq administratori vazifasini ko„p xollarda maxsus tayyorgarlikka
ega bo„lmagan xodim ham bajarishi mumkin bo„ladi.
Biron – bir bo„limning tarmog„i, bino yoki kampus tarmog„i
tarkibiga kirgan tarmoq ham bo„lishi mumkin, yoki korxonaning uzoqda
joylashgan ofisi tarmog„i ham bo„lishi mumkin. Birinchi holda bo„lim
21
tarmog„i bino yoki kampus tarmog„iga biron–bir lokal tarmoq
texnologiyasi yordamida ulanadi. Ikkinchi holda esa uzoqdagi ofis
tarmog„ini korxona korporativ tarmog„i magistraliga ulash uchun biron-
bir global tarmoq texnologiyasidan yoki global
ulanishlarning biridan
foydalanishga to„g„ri keladi.
Dostları ilə paylaş: