28
Wireless, WorldCom
va
Global One
magistral tarmoqlarini keltirish
mumkin.
Xizmatlarni taklif qiluvchi mintaqaviy tarmoqlar esa, biron bir mintaqa
– shtat, graflik, okrug yoki viloyat xududlari miqyosida ish yuritadilar.
Shahar xududi miqyosida faoliyat yuritadigan aloqa operatorlari tarmoqlari
esa, xizmatlarni taklif qiluvchi lokal operatorlar deb ataladi.
Mintaqaviy operatorlar o„zaro ulanishlarini osonroq tashkil qilishlari
uchun, Internet tarmog„ida maxsus
axborot almashinish markazlari
ko„zda
tutilgan. Ular ko„p sonli aloqa operatorlarini o„zaro bog„lashlarni amalga
oshirib beradilar. Bunday axborot almashinish markazlari
Internet eXchange
(IX) yoki Network Access Point (NAP)-
lar deb ataladi.
ISP-larni ko„rsata oladigan xizmatlarining xillariga qarab quyidagi
sinflarga ajratilishi mumkin:
- Internet-kontentni ta‟minlovchi provayderlar (
Internet Content
Provider - ICP
);
- Xosting xizmatlarini ta‟minlovchi provayderlar (
Hosting Service
Provider - HSP);
- Kontent etkazib berishni ta‟minlash provaydarlari (
Content Delivery
Provider - CDP);
- Ilovalarni qo„llab turishni ta‟minlash provayderlari (
Application
Service Provider - ASP);
- Billing xizmatlarini ta‟minlash provayderlari (
Billing Service
Provider - BSP).
Foydalanuvchilar nuqtai nazaridan Internet deganda turli xil
tarmoqlar – ya‟ni ISP tarmoqlar, korporativ tarmoqlar, uyda turib
ishlaydigan foydalanuvchilarning tarmoqlari va kompyuterlaridagi
axborot resurslaridan iborat tarmoq deb qaraladi.
Dostları ilə paylaş: