31
2.8-rasm. IEEE 802.x standartlarining tuzilishi.
Bu standartlarga asosan lokal kompyuter tarmoqlarining kanal sathi
ikkita sath osti sathlariga bo„linadi:
1.
LLC (Logical Link Control)
- ma‟lumotlarni uzatishni mantiqiy
boshqarish sath osti sathi.
2.
MAC (Media Access Control)
- ma‟lumotlarni uzatish muhitiga
bog„lanishni boshqarish sath osti sathi.
LLC sathi – kompyuterlar o„rtasida ma‟lumotlarni har-xil darajadagi
ishonchlilik bilan uzatishni amalga
oshirish uchun javob beradi, hamda
tarmoq sathi bilan ulanuvchi interfeys vazifasini bajaradi. Tarmoq sathi,
LLC sathi orqali, kanal sathidan o„ziga kerak bo„lgan ma‟lumotlarni
uzatish amaliyotini, ya‟ni transport hizmatini unga kerak bo„lgan sifatda
bajarib berishni so„raydi.
MAC sathi esa – kompyuterlar birgalikda foydalanadigan umumiy
shina yoki halqa topologiyali muhit vaqtini, ma‟lum bir algoritm asosida
taqsimlab, tarmoqni to„g„ri ishlashini ta‟minlab beradi. MAC sathi
yordamida uzatish muhitiga murojaat qilishga ruxsat olingandan so„ng,
LLC sathi tomonidan ma‟lumotlarni mantiqiy birliklarini,
axborot
kadrlarini
, har-xil
darajadagi sifat bilan uzatish, ya‟ni transport hizmati
amalga oshiriladi.
32
2.8-rasmda, barcha texnologiyalarning kanal sathlari uchun
umumiy
hisoblangan yagona LLC protokoli
tasvirlangan. Bu, IEEE institutidan
boshqa joyda ishlab chiqilgan lokal tarmoq standartlari ham, 802.2
bo„lim tomonidan ishlab chiqilgan
LLC sathi protokoliga
moslangan
bo‘lishi kerakligini
anglatadi.
MAC sathining yagona protokoliga esa, o„sha texnologiyaga
mansub fizik sath protokollarining bir-nechta variantlari to„g„ri keladi.
Lokal kompyuter tarmoqlarining har-bir texnologiyasi tavsifi ikki
qismga bo„lingan bo„ladi:
MAC va fizik sathlarining
tavsiflari.
802 komitet tarkibiga quyidagi bo„limlar kiradi:
802.1 -
Internetworking,
tarmoqlarni birlashtirish, ya‟ni bir-nechta
tarmoqlarni birgalikda ishlashini ta‟minlovchi
standartlarni ishlab
chiqish bo„limi;
802.2 -
Logical Link Control (LLC),
ma‟lumotlarni uzatishni mantiqiy
boshqarish standartlarini ishlab chiqish bo„limi;
802.3 -
Ethernet
, ma‟lumotlarni uzatish muhitiga murojaat qilishning
CSMA/CD usuli bo„yicha ishlaydigan LKT standartlarini ishlab chiqish
bo„limi;
802.4 -
Token Bus LAN,
ma‟lumotlarni uzatish muhitiga murojaat
qilishning Token Bus usuli bo„yicha ishlaydigan
LKT standartlarini
ishlab chiqish bo„limi;
802.5 -
Token Ring LAN,
ma‟lumotlarni uzatish muhitiga murojaat
qilishning Token Ring usuli bo„yicha ishlaydigan LKT standartlarini
ishlab chiqish bo„limi;
802.6 -
Metropolitan Area Network (MAN),
megapolislar tarmog„i
yoki shahar tarmog„i standartlarini ishlab chiqish bo„limi;
802.7 -
Broadband Technical Advisory Group
, har-xil ko„rinishdagi
axborotlarni uzatish standartlarini ishlab chiqish guruhi;
802.8 -
Fiber Optic Technical Advisory Group,
optik tolali tarmoqlar
bo„yicha texnik maslahat guruhi;
802.9 -
Integrated Voice and data Networks
, tovush va ma‟lumotlarni
uzatuvchi integratsiyalangan tarmoqlar standartlarini ishlab chiqish
bo„limi;
802.10 -
Network Security,
tarmoq xavfsizligi
standartlarini ishlab
chiqish bo„limi;
802.11 -
Wireless Networks
, simsiz tarmoqlar standartlarini ishlab
chiqish bo„limi;
33
802.12 -
Demand Priority Access LAN, l00VG-AnyLAN
, ahamiyatga
egalik darajasi asosida talab qilish usuli bo„yicha ishlaydigan LKT
standartlarini ishlab chiqish bo„limi.
Dostları ilə paylaş: