1
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Z.Z.MIRYUSUPOV, J.X.DJUMANOV
KOMPYUTER
TARMOQLARI
O‟zbekiston Respublikasi Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi
tomonidan o‟quv qo‟llanma sifatida tavsiya etilgan.
5330500 - Kompyuter injiniringi («Kompyuter injiniringi», «AT-
servisi», «Multimedia texnologiyalari»),
5330600 – Dasturiy injiniring,
5350400 – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb
ta‟limi,
5350600 – Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik
yo„nalishlari talabalari
uchun
TOSHKENT - 2020
3
KIRISH
Kompyuter tarmoqlari haqida turli xil nuqtai nazardan fikrlab, turli
xil ma‟lumotlarni keltirish mumkin. Ushbu o„quv qo„llanma axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasining «Kompyuter injiniringi»,
«Dasturiy injiniring», «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
sohasida kasb ta‟limi» va ularga yondosh yo„nalishlar bakalavrlari
uchun mo„ljallanganligi sababli, unda asosiy e‟tibor – kompyuter
tarmoqlarining qurilish tamoillari,
tarmoq texnologiyalari, kompyuter
tarmoqlarida ma‟lumotlarni uzatish jarayonlarini amalga oshirilishlarini
va ularda qo„llanilgan protokollarni ko„rib chiqishga qaratildi.
Kompyuter tarmoqlarida ma‟lumotlarni uzatish jarayonlarini OSI
modelining – fizik, kanal va tarmoq sathlarida qanday amalga
oshirilganligi alohida-alohida qo„rib chiqildi. O„quv qo„llanmada
keltirilgan ma‟lumotlarni o„rganish natijasida,
talaba zamonaviy
kompyuter
tarmoqlarining xillari, ularning qanday tuzilganligi va
qanday ishlashlari haqida anchagina mukammal tasavvurlarga ega
bo„lishilari mumkin.
Ushbu
o„quv qo„llanmaning birinchi bobida
kompyuter
tarmoqlarining qurilish tamoillariga oid ma‟lumotlar keltiriladi. Unda
kompyuter tarmoqlarini qurishda uchragan asosiy muammolar,
tarmoq
topologiyalari,
kompyuter
tarmoqlarini
texnologik
jihatdan
klassifikatsiyalash, ya‟ni sinflarga ajratish, lokal va global kompyuter
tarmoqlarining yaqinlashuvi degani nima ekanligi haqida tushuntirishlar
berilgan.
Ikkinchi bobda zamonaviy kompyuter tarmog„ining umumlashgan
strukturasi va uning xususiyatlari, kompyuter tarmoqlarining xillari,
kompyuter tarmoqlarini qurishda - ochiq tizim va standart tushunchalari,
standartlarning xillari, IEEE 802.x standartlarining tuzilishi va tarkibi
haqida so„z yuritiladi.
Uchinchi bobda kompyuter tarmoqlari texnologiyalari, kompyuter
tarmoqlarida qo„llaniladigan kommunikatsion qurilmalar va ularning
qanday ishlashlarini tushuntirishlar amalga oshirilgan.
Ushbu bobda
lokal kompyuter tarmoqlari texnologiyalari bo„lgan
Ethernet, Fast
Ethernet, Wi-Fi va Bluetooth texnologiyalari, lokal kompyuter
tarmoqlarining kommunikatsion qurilmalari bo„lgan kommutatorlarning
tuzilishlari va ular asosida virtual lokal tarmoqlarni qurish,
marshrutizatorlar va ularni qo„llaniladigan o„rniga qarab tasniflanishi,
hamda global kompyuter tarmoqlari haqida ma‟lumotlar keltirilgan.
4
To„rtinchi bob
kompyuter tarmoqlarida
adreslash va aloqa
chiziqlari orqali ma‟lumotlarni fizik uzatish asoslarini o„rganishga
bag„ishlanadi. Unda ma‟lumotlarni uzatish va kommutatsiyalash usul-
lari, fizik sath texnologiyalari, ma‟lumotlarni simsiz uzatish, simsiz
tizimlar va ularning xillari keltirib o„tilgan.
Beshinchi bobda
kompyuter tarmoqlarida
ma‟lumotlar almashinish
jarayonlarini tashkil qilish
haqida so„z yuritilgan.
Unda ochiq
tizimlarning o„zaro birgalikda ishlash modeli – OSI, uning umumiy
tavsifi,
OSI modelining sathlari va ularning bajaradigan vazifalari
keltirilgan. Bunda kanal sathida ma‟lumotlar almashinish jarayonini
tashkil qilish, kanal sathining kompyuter tarmoqlarida ma‟lumotlarni
uzatish jarayonida tutgan o„rni va tarmoq sathida ma‟lumotlar
almashinishni jarayonini tashkil qilish xususiyatlari ko„rib chiqilgan.
Oltinchi bobda TCP/IP protokollari asosida tarmoqda o„zaro
ishlashni tashkil qilish, TCP/IP protokollari stekining tuzilishi va uning
xususiyatlari, TCP/IP steki protokollarining ma‟lumotlar
birliklari, IP-
paket va uning tuzilishi, tarmoq sathining asosiy protokoli va IP
marshrutlash chizmasi, hamda transport sathining asosiy vazifasi va
uning protokollari haqida ma‟lumotlar keltirilgan.