113
uzatilganda tiklash muolajalarining bor yoki yo„qligi
bilan bir-biridan
farq qiladilar.
LLC sathi yuqori sath protokollariga
uch xildagi transport
xizmatini
amalga oshirib berish imkoniyatiga egadir:
1.
LLC1
xizmati –
ulanish hosil qilmasdan turib
ma‟lumotlarni
uzatuvchi xizmat. Ushbu xizmat turida ma‟lumotlarni etib borganligini
tasdig„ini olish amalga oshirilmaydi. LLC1 xizmati foydalanuvchiga
ma‟lumotlarni uzatishda kam xarajatlar
talab qiladigan vositalarni
qo„llash imkoniyatini beradi.
2.
LLC2
xizmati – foydalanuvchiga har bir ma‟lumotlar blokini
uzatishdan avval,
mantiqiy ulanish
imkonini beradigan xizmatdir. Agar
talab qilinadigan bo„lsa, ushbu ulanish chegarasida xatoliklardan so„ng
ma‟lumotlarni tiklash va bloklar oqimini tartibga solish muolajalari
bajariladi. Ma‟lumotlarni ishonchli etkazib berishni ta‟minlash uchun
LLC2 protokoli surilib yuruvchi oraliq algoritmdan foydalanadi.
3.
LLC3
xizmati –
ulanishni hosil qilmasdan turib
ma‟lumotlarni
uzatuvchi xizmat. Ushbu xizmat turida LLC1 xizmatidan farqli ravishda,
ma‟lumotlarni etib borganligini
tasdig‘ini olish
amalga oshiriladi.
LLC sathining yuqorida keltirilgan uchta rejimining qaysi biridan
foydalanish, yuqori sath protokoli tomonidan qo„yiladigan
talablarga
bog„liqdir. LLC sathiga qaysi transport xizmatidan foydalanish kerakligi
haqidagi axborot, sathlararo interfeys orqali apparat adresi va
foydalanuvchining ma‟lumotlaridan iborat paket bilan birga uzatib
beriladi. Masalan LLC sathidan yuqorida IP protokol ishlayotgan bo„lsa,
u har doim LLC1 xizmatidan foydalanishni so„raydi, negaki TCP/IP
stekida ma‟lumotlarni ishonchli etkazib berish vazifasini TCP protokoli
ta‟minlab beradi.
MAC sathi va uning vazifalari.
MAC sathining asosiy vazifalari
quyidagilardir:
1.Birgalikda foydalaniladigan muhitga ulanishni ta‟minlash.
2.Fizik sathning bajaradigan vazifalari va qurilmalardan foydalangan
holda, bog„lamlar, ya‟ni
- kompyuterlar, stansiyalar, kommutatorlar, va
marshrutizatorlar o„rtasida kadrlarni uzatib berish.
Birgalikda foydalaniladigan muhitga ulanishning quyidagi uchta
asosiy usuli mavjud:
- tasodifiy ulanish usuli;
- tasodifiy bo„lmagan ulanish usuli;
- so„rovlar algoritmiga asoslangan ulanish usuli.
114
Ulanish usullarining qaysinisi qo„llanilishidan qat‟iy nazar, MAC
sathi tomonidan kadrlarni uzatish bir nechta bosqichlarda amalga
oshiriladi:
1-bosqich.
Kadrni shakllantirish bosqichi.
Ushbu bosqichda yuqori
sath protokolidan olingan axborot asosida
kadrning tashkil etuvchi
qismlarini to„ldirish amalga oshiriladi. Olingan axborot tarkibiga –
ma‟lumotlar yuborilayotgan va yuborayotgan kompyuterlarning
adreslari, foydalanuvchining ma‟lumotlari va yuqori sath protokolining
belgilari kiradi. Kadr shakllantirilib bo„lingandan so„ng,
MAC sathi
kadrning nazorat qilish summasini hisoblab chiqaradi va uni ham kadr
tarkibiga joylashtiradi.
2-bosqich.
Muhit orqali kadrni uzatish bosqichi.
Kadr shakllantirilib
uzatish muhitiga ulanish uchun ruxsat olingandan so„ng, MAC sathi
kadrni fizik sathga uzatadi. Fizik sath kadrning qismlarini bitma-bit
ma‟lumotlarni uzatish muhiti orqali uzata boshlaydi. Fizik sath
vazifalarini tarmoq adapteri bajaradi. U kadrning baytlarini ketma-ket
uzatiladigan bitlarga aylantiradi va ularga mos elektr yoki optik signallar
yordamida kodlaydi. Uzatilgan signallar, ma‟lumotlarni uzatish muhiti
orqali, qabul qiluvchi kompyuterning tarmoq adapteriga kelib tushadi.
Ushbu
adapter esa, avvalgi jarayonga teskari bo„lgan jarayonni amalga
oshiradi, ya‟ni signallarning kodlarini baytlarga aylantiradi.
3-bosqich.
Kadrni qabul qilish bosqichi
. Tarmoqqa ulangan har bir
kompyuterning MAC sathi, unga kelib tushgan kadrdagi, ma‟lumot
yuborilgan kompyuter adresi qismini tekshirib ko„radi, agar u o„zining
adresi
bilan mos tushsa, kadrni ishlashni, ya‟ni uni qabul qilib olishni
davom ettiradi, aks holda kadrni ishlash, ya‟ni uni qabul qilish
to„xtatiladi. Kadr to„liq qabul qilib olingandan so„ng,
uning nazorat
qilish summasi hisoblanadi. Agar nazorat qilish summasi to„g„ri chiqsa,
kadr MAC sathi orqali, undan yuqorida joylashgan sathga uzatiladi.
Agar nazorat qilish summasi to„g„ri chiqmasa, ya‟ni ma‟lumot muhit
orqali uzatilganda noto„g„ri etib kelgan bo„lsa, kadr e‟tiborga olinmaydi
(tashlab yuboriladi). Bunda ma‟lumotlarni uzatish paytida xatolik sodir
bo„lgan bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: