Z. Z. Miryusupov, J. X. Djumanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#168638
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.

 
– 
tarmoq 
orqali 
uzatilayotgan axborotni mazmunini saqlagan holda, shaklini o„zgartirish 
vazifasini bajaradi. Bu sathda ma‟lumotlarni almashinish davomida 
maxfiylikni 
ta‟minlash uchun shifrlash va deshifrlash amalga oshiriladi. 
Bunday protokolga misol qilib amaliy sath protokollari uchun 
maxfiylikni ta‟minlab beradigan TCP/IP stekining 
SSL (Secure Socket 
Layer)
protokolini keltirish mumkin. 
Amaliy sath (Application layer)
– 
bu shunday protokollar 
to„plamiki, ular yordamida tarmoq foydalanuvchilarini tarmoq 
resurslariga murojaat qilish imkoniyatlari ta‟minlanadi, bular – fayllar, 
printerlar yoki gipermatnli Web-sahifilar, hamda elektron pochta 


112 
xizmati. Bu sathda juda ko„p xildagi xizmat ko„rsatish turlari mavjud. 
Fayl xizmatining amalga oshirilgan keng tarqalgan xillari quyidagilardir: 
Novell NetWare operatsion tizimining NCP xizmati, Microsoft 
Windows NTdagi SMB xizmati va TCP/IP stekiga kiruvchi NFS, FTP 
va TFTP xizmatlari. 
 
 
5.2.Kanal sathida ma’lumotlar almashinish jarayonini
tashkil qilish 
OSI modelining kanal sathi ikkita sath osti sathlariga bo„linadi: 
1.Ma‟lumotlarni uzatishni mantiqiy boshqarish sath osti sathi – 
LLC 
(Logical Link Control); 
2.Ma‟lumotlarni uzatish muhitiga bog„lanishni boshqarish, sath osti 
sathi - 
MAC
(Media Access Control)
.
 
Keyingi yozuvlarda, kanal sathining yuqorida keltirilgan sath osti 
sathlari haqida gap ketganda ham, sath iborasidan foydalanamiz. Odatda 
LLC sathi vazifalari operatsion tizim tarkibiga kiruvchi dasturlar 
yordamida, MAC sathi vazifalari esa tarmoq adapteri va uning 
drayveridan iborat, apparat-dasturiy vositalar yordamida amalga 
oshiriladi. 
LLC sathi va uning vazifalari.
LLC sathi ikkita vazifani bajaradi: 
1.Kanal sathi bilan tarmoq sathi orasidagi interfeysni tashkil qilib 
berish. 
2.So„ralgan darajada ishonchlilik bilan kadrlarni manziliga etkazib 
berish. 
LLC sathining interfeysni tashkil qilib berish vazifasi deganda – 
foydalanuvchilarning ma‟lumotlarini va xizmat ko„rsatish uchun 
mo„ljallangan ma‟lumotlarni, MAC va tarmoq sathlari o„rtasida uzatib 
berish tushuniladi. Ma‟lumotlarni 
yuqoridan-pastga
 
uzatishda LLC sathi 
tarmoq sathi protokolidan IP paketni qabul qilib oladi. Ushbu paketda 
foydalanuvchining ma‟lumotlari yozilgan bo„ladi.
Ma‟lumotlarni 
pastdan-yuqoriga

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin