Z. Z. Miryusupov, J. X. Djumanov


uchun ishlatiladigan ma‟lumotlar birligi  tushuniladi. TCP/IP protokollari steki uchun – Ethernet kadri



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#168638
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.

 
uchun ishlatiladigan ma‟lumotlar birligi 
tushuniladi. TCP/IP protokollari steki uchun – Ethernet kadri
 
ham, ATM 
yacheykasi
 
ham va X.25 paketi
 
ham - freym hisoblanadi
,
negaki 
ularning barchasidan IP- paketni tashish uchun 
konteyner
sifatida 
foydalaniladi. 
 
6.2.2.IP-paket va uning tuzilishi 
 
TCP/IP protokollari asosida tarmoqda o„zaro ishlashni tashkil 
qilishni o„rganishni, IP-paket va uning tuzilishini ko„rib chiqishdan 
boshlaymiz. IP-paket 
sarlavha va ma’lumotlar
yoziladigan qismlardan 
iborat bo„ladi. Kompyuter tarmoqlari orqali ma‟lumotlarni uzatish 
jarayonida IP-paketni shakllantirish TCP/IP protokollari stekining yoki 
OSI modelining tarmoq sathida amalga oshiriladi (6.4-rasm).
6.4-rasm. IP-paketni shakllantirish.


129 
IP-paket sarlavhasining tuzilishi 6.5-rasmda keltirilgan. IP-
protokolining funksional jihatdan sodda yoki murakkabligi, IP-
paketning sarlavhasi qay darajada sodda yoki murakkab ekanligiga 
bog„liqdir.
6.5-rasm. IP-paket sarlavhasining tuzilishi. 
Ma‟lumotlarni tarmoq orqali uzatish davomida, ko„p vaqt, paket 
sarlavhasiga joylashtirilgan axborotni ishlash uchun sarf bo„ladi. IP-
paketning sarlavhasini tashkil etuvchi qismlarini o„rganish bilan biz, 
uning tuzilishi haqidagi bilimlar bilan birga, IP-protokolining 
asosiy 
vazifalari
bilan ham tanishib boramiz. Quyida IP-paket sarlavhasini 
tashkil etuvchi qismlari va ularni nima uchun mo„ljallanganliklari 
haqidagi ma‟lumotlar keltirilgan:
Versiya raqami
(номер версии) – uzunligi 4 bit. IP-protokolining 
qaysi versiyasi ekanligini bildiradigan qismi. Hozirda IP-protokolning 4 
versiyasi - IPv4 dan foydalanilmoqda. Ushbu protokolning yangi 
versiyasi IPv6 hisoblanadi.
IP-paket sarlavhasining uzunligi
(длина заголовка) – 4 bitdan 
iborat. Bunda har biri 32-bit uzunlikka ega bo„lgan so„zlar soni nazarda 
tutilgan. Odatda IP-paketning sarlavhasi 20 baytdan iborat bo„ladi, ya‟ni 
uzunligining qiymati 0101-ga teng bo„ladi (beshta 32-bitli so„zlar). 
Sarlavhaning uzunligi, ba‟zi qo„shimcha axborotlar hisobiga oshirilishi 
ham mumkin. Sarlavhaning maksimal uzunligi 60 baytga teng bo„lishi 
mumkin, ya‟ni 1111-ga, bu har biri to„rt baytdan iborat bo„lgan 15-ta 32 
bitli so„zlar degani. 


130 
Ko‘rsatiladigan xizmat xili
(тип сервиса - 
Type of Service, ToS
) – 
hozirda bu 
DS
-bayt, ya‟ni differensiallashgan xizmat ko„rsatish bayti 
deb ataladi – uzunligi 8-bit. Sarlavhaning ushbu qismi – paketni 
harakatlantirish paytida, ko„rsatiladigan xizmatlar sifatiga qo„yiladigan 
talablardan iborat bo„ladi
. PR
(3 bit) - IP-paketning muhimlik darajasini 
ko„rsatuvchi qismi, uning qiymati 0 dan 7 gacha o„zgarishi mumkin 
(приоритет пакета). Qolgan 3 bit yordamida marshrutni tanlash 
mezonlari ko„rsatiladi. 
D – (Delay
) kechikish, agar D=1 bo„lsa, paketni 
etkazib berishdagi kechikish minimal bo„lishi so„ralgan hisoblanadi. 
T=1 bo„lsa - 
(Throughput
) o„tkazish qobiliyatini yuqori bo„lishini 
so„rash. R=1 bo„lsa - (
Reliability
) paketning etib borish ishonchliligining 
yuqori bo„lishini so„rash. Keyingi ikkita bitlar nolga teng bo„ladi. 
IP-paketning umumiy uzunligi
(общая длина), ya‟ni IP-paketning 
sarlavhasi va undagi ma‟lumotlar qismining uzunligini ko„rsatuvchi 
qismi – ushbu qismning uzunligi 2 baytga teng. Bu IP-paketning 
maksimal uzunligi 65535 bayt bo„lishi mumkin ekanligini anglatadi. 
Ammo hozirgi paytda paketlarni tashish Ethernet kadri yordamida 
amalga oshirilayotganligi sababli, uning maksimal uzunligi 1500 
baytdan oshmasligi kerakligini anglatadi. 
Qaysi paket ekanligini ko‘rsatuvchi qismi
(идентификатор 
пакета) – uzunligi 2 bayt. Ushbu ko„rsatgichdan paketlarni bo„laklarga 
ajratish va qayta yig„ish jarayonida foydalaniladi (фрагментация и 
дефрагментация пакета). Fragmentatsiyalangan (bo„laklarga ajratilgan) 
paketning ushbu qismi bir xil qiymatga ega bo„lishi kerak. 
Bayroqlar 
(флаги) – uzunligi 3 bit. Paketni fragmentatsiyalash 
bilan 
bog„liq 
bo„lgan 
belgi. 
DF=1
(Do 
not 
Fragment)
fragmetatsiyalanmasin degani. 
Paketning bo‘lagini necha baytga surilganligini ko‘rsatuvchi qismi
(смещение фрагмента) – uzunligi 13 bit. Paket bo„lagini dastlab 
fragmentatsiyalanmagan paketning boshlanishiga nisbatan necha baytga 
surilganligini ko„rsatuvchi qismi. 
Paketning yashash vaqti
(
Time To Live, TTL)
– uzunligi 1 bayt. 
Bu tarmoq orqali paketning qancha vaqtgacha harakatlanishi mumkin 
ekanligini ko„rsatuvchi qism. Ushbu vaqt paketni uzatgan kompyuter 
tomonidan belgilanadi va sekundlarda o„lchanadi. 
Yuqori sath protokoli qaysi ekanligini ko‘rsatuvchi qismi.
Masalan: 
6 raqami – paketda TCP protokoli xabari borligini, 17 raqami – UDP 
protokoli xabari borligini, 1 raqami esa – ICMP protokoli xabari 
borligini anglatadi. 


131 
Nazorat qilish summasi
– uzunligi 2 bayt (16 bit), paketning 
sarlavhasi asosida hisoblanadi. 
Uzatuvchi va qabul qiluvchi kompyuterlarning IP-adreslarini 
ko‘rsatuvchi qismi
– har biri 32 bitdan. 
Quyida yozuvlarda real IP-paketning sarlavhasi keltirilgan:

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin