Z. Z. Miryusupov, J. X. Djumanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#168638
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.

 
 
 


122 
6.TCP/IP PROTOKOLLARI ASOSIDA TARMOQDA O‘ZARO 
ISHLASHNI TASHKIL QILISH 
6.1.TCP/IP protokollari stekining tuzilishi 
TCP/IP protokollari steki umumiy protokollar to„plami sifatida
AQSH Mudofaa Vazirligi tashabbusi bilan 
ARPANET
tajribaviy 
tarmog„ini turli xildagi boshqa-boshqa tarmoqlar bilan o„zaro bog„lash 
uchun 1975 yili ishlab chiqilgan. Ushbu stek protokollari Berkli 
universiteti tomonidan Unix operatsion tizimida amalga oshirilgan edi. 
Hozirda bu stek, kompyuterlarni Internetga ulash uchun, hamda ko„p 
sonli korporativ tarmoqlarda ham foydalanilmoqda. 
Global ulanishlar asosida tarmoqlarni qurish hakida gap ketganida, 
TCP/IP steki avvaldan Internet uchun yaratilganligi, uni boshqa 
protokollar steklariga 
nisbatan afzal bo‘lgan xususiyatlarga
ega 
ekanligini ta‟kidlash o„rinli bo„ladi. 
TCP/IP protokollari steki yoki TCP/IP texnologiyasining katta 
tarmoqlarda qo„llanilishidagi juda foydali xususiyatlaridan biri, bu unda 

paketlarni bo‘laklarga bo‘la olish
qobilyatining
 
borligidir. 
Tarmoqlardan iborat bo„lgan katta tarmoq, ya‟ni Internet tarmog„i, har-
xil tamoillar asosida qurilgan tarmoqlardan tashkil topgan. Har bir 
tarmoq osti tarmog„ida uzatiladigan ma‟lumotlar birligining maksimal 
uzunligi, o„z kiymatiga ega bo„ladi. Kadrining maksimal uzunligi katta 
bo„lgan tarmoqdan, kadrining maksimal uzunligi kichikroq bo„lgan 
tarmoqqa o„tilganda, avvalgi tarmoq kadrini bo„laklarga bo„lishga 
to„g„ri keladi. TCP/IP stekining IP protokoli bunday vazifani samarali 
hal qila oladi. 
TCP/IP texnologiyasining keyingi muhim xususiyati – bu 
moslashuvchan adreslash tizimining mavjudligidir
. Uning yordamida 
tarmoqlardan iborat bo„lgan tarmoq tarkibiga, har-xil texnologiyali 
tarmoqlarni ko„shish (ulash) osonlik bilan amalga oshiriladi. Bu 
xususiyat ham, TCP/IP stekidan katta-katta xududlarni qamray oladigan 
katta tarmoqlarni qurishda foydalanish imkoniyatini beradi. TCP/IP 
protokollari stekining tuzilishi 6.1-rasmda keltirilgan. 
TCP/IP protokollari stekining sathlarini OSI modeli sathlariga mos 
keltirilganligini shartli ravishda deb qabul kilamiz. TCP/IP steki 
protokollari to„rtta sathga ajratilgan: 
I.Amaliy sath;
II. Transport sathi; 


123 
III. Tarmoq sathi; 
IV. Tarmoqlarning interfeyslari sathi

6.1-rasm. TCP/IP protokollari stekining tuzilishi. 
Ushbu sathlar bilan qisqacha tanishib chiqamiz. 
I.Amaliy sath
- TCP/IP stekining bu sathiga OSI modelining yuqori 
qismida joylashgan ikkita sathi mos keltirilgan. Stekning bu sathi, 
foydalanuvchilarning ilovalariga operatsion tizim tomonidan taqdim 
qilinadigan xizmatlarni o„z ichiga oladi. Turli mamlakatlar va 
tashkilotlar tarmoqlarida ko„p yillar davomida foydalanilishi natijasida
TCP/IP steki amaliy sathining ko„p sonli protokollari va xizmatlari 
ishlab chiqildi. Bunday protokollar va xizmatlar tarkibiga quyidagi keng 
tarqalgan protokollarni kiritish mumkin:
-
FTP (File Transfer Protokol) - 
fayllarni uzatish protokoli;

- Telnet - 
terminalni emulyasiya qilish protokoli

- SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) - 
elektron pochtani 
uzatishning oddiy protokoli. 
- HTTP (Hyper Text Transfer Protocol) - 
gipermatnni uzatish 
protokoli va boshqa-boshqa ko„pgina protokollar. 


124 
Amaliy sath protokollari - xostlarda amalga oshiriladi. Xost 
deganda, Internetdagi oxirgi bog„lam, ya‟ni foydalanuvchining 
kompyuteri tushuniladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin