Z. Z. Miryusupov, J. X. Djumanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#168638
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.

zveno, 
kanal, kanallardan tashkil topgan kanal, aloqa chizig‘i 
kabi iboralardan 
foydalaniladi. Ko„pincha ushbu iboralar – 
sinonim
iboralar sifatida ham 
ishlatiladi, shu bilan birga ularni qo„llashda o„ziga xos jihatlarning ham 
borligini hisobga olish kerak bo„ladi. 


92 
Zveno (link)
deganda – tarmoqning o„zaro qo„shni bo„lgan ikkita 
bog„lamlari o„rtasida ma‟lumotlarni uzatishni ta‟minlaydigan segment 
(bo„lak) 
tushuniladi. 
Zveno 
tarkibida 
kommutatsiyalash 
va 
multiplekslash qurilmalari bo„lmaydi.
Kanal (channel) 
deganda – ko„p xollarda zveno o„tkazish 
qobiliyatining bir qismi tushuniladi. Masalan: birlamchi tarmoqning 
zvenosi, har birining o„tkazish qobiliyati 64 Kbit/s ga teng bo„lgan 30 ta 
kanallardan tashkil topgan bo„lishi mumkin.
Kanallardan tashkil topgan kanal
deganda, (rus tilida – составной 
канал) - tarmoqning ikkita chekka qurilmalari orasidagi yo„lni, ya‟ni 
bog„lanish chizig„ini tushunish kerak bo„ladi. Kanallardan tashkil topgan 
kanal, 
oraliq 
zvenolarning 
alohida-alohida 
kanallarini 
o„zaro 
kommutatsiyalash natijasida hosil qilinadi. Ko„p hollarda «kanallardan 
tashkil topgan kanal» iborasi o„rniga «kanal» iborasidan ham 
foydalaniladi (4.15-rasm). 
4.15-rasm. Birlamchi tarmoqlar yordamida kanallardan tashkil 
topgan kanallarni hosil qilish. 
 
Aloqa chizig‘i
esa, yuqorida keltirilgan uchchala iboralarga 
sinonim ibora sifatida ishlatilishi mumkin. 4.16-rasmda aloqa 
chizig„ining ikki xil varianti keltirilgan. 4.16 a) - rasmda uzunligi bir 


93 
necha metrlardan (5, 20, 30 yoki 70 metr) iborat bo„lishi mumkin 
bo„lgan kabel keltirilgan. Ushbu aloqa chizig„ini – zveno deb ham 
qarash mumkin. 4.16 b) - rasmda esa, aloqa chizig„ining - kanallarni 
kommutatsiyalash tarmog„ida hosil qilingan, kanallardan tashkil topgan 
kanaldan iborat ko„rinishi keltirilgan. Kompyuter tarmog„i uchun ushbu 
aloqa chizig„i, ya‟ni kanallardan tashkil topgan kanal, zveno deb 
hisoblanishi ham mumkin, negaki u kompyuter tarmog„ining ikkita 
bog„lamini ulab berayapti. Kompyuter tarmog„i uchun oraliq uskunalar 
«ko„rinmas bo„lib» hisoblanadilar. 
4.16-rasm. Aloqa chizig„ining tarkibi. 
PDH, SONET/SDH va DWDM kabi birlamchi tarmoqlar, 
kompyuter va telefon tarmoqlari uchun 
ma’lumotlarni uzatish kanallari 
xizmatlarini taqdim etish 
maqsadida maxsus quriladi (4.17-rasm). 
4.17-rasm. Zamonaviy global tarmoqning to„rtta sathli strukturasi. 


94 
Birlamchi tarmoqlar asosida hosil qilinadigan aloqa chiziqlarining 
quyidagi xarakteristikalarini ko„rib chiqamiz: 
1.O‘tkazish polosasi yoki chastotalar oralig‘i
(rus tilida – полоса 
пропускания) – bu aloqa chizig„i orqali ma‟lumotlarni uzatishda, 
ma‟lumotlarni etkazib beruvchi signallarning so„nish ko„rsatgichi, 
avvaldan belgilangan chegaradan oshib ketmaydigan hol uchun to„g„ri 
keladigan 
chastotalarning uzluksiz diapazonidir
. Ya‟ni o„tkazish 
polosasi (oralig„i) - aloqa chizig„i orqali uzatilayotgan ma‟lumotlarga 
mos keladigan signallarni to„g„ri uzatishni, bunda signallarning 
shakllaridagi buzilishlar unchalik katta bo„lmagan holda uzatishni 
ta‟minlaydigan, sinusoidal signallar chastotalarining diapazonidir. 4.18-
rasmda turli xil aloqa chiziqlarining o„tkazish oraliqlarini va aloqa 
texnikasida ko„p qo„llaniladigan chastotalar diapazonlarini ko„rsatuvchi 
chizma keltirilgan.
4.18-rasm. Turli xil aloqa chiziqlarining o„tkazish oraliqlari va aloqa 
texnikasida ko„p qo„llaniladigan chastotalar diapazonlari. 


95 
Aloqa chizig„i orqali uzatilayotgan signalni (ma‟lumotni) – 
spektr 
bo‘yicha yoyish
(rus tilida – спектральное разложение) aloqa 
chizig„ining ko„rsatgichini aniqlashda muxim rol o„ynaydi. Garmonik 
taxlil nazariyasidan ma‟lumki, har qanday davriy jarayonni - signalni, 
ma’lum bir qiymatlardagi chastotalarga va amplitudalarga ega 
sinusoidal tebranishlar yig‘indisi ko‘rinishida ifodalash mumkin
. Ushbu 
signalni tashkil etuvchi har bir sinusoida – 
garmonika
deb ataladi. 
Barcha garmonikalar to„plami esa, dastlabki signalning 
spektr bo‘yicha 
yoyilmasi 
yoki spektri deb ataladi (4.19-rasm). 
4.19-rasm. Davriy signalni sinusoidalar yig„indisi ko„rinishida ifodalash. 
 
Signal spektrining kengligi
(rus tilida – ширина спектра сигнала) 
deganda, yig„indisi ushbu signalni ifodalay oladigan sinusoidalar 
to„plamining maksimal va minimal chastotalari orasidagi farq 
tushuniladi. 
Aloqa chizig„i orqali uzatilayotgan signal shaklining buzilishi sodir 
bo„lishi mumkin (rus tilida – искажение формы сигнала) (4.20-rasm). 
Aloqa chiziqlarida sinusoidal signallar shaklini 
buzilish darajasi
ulardagi 
so‘nish va o‘tkazish polosasi
kabi xarakteristikalar asosida 
baholanadi. 
2.So‘nish ko‘rsatgichi
. Aloqa chizig„idagi signallarni 
so‘nishi

ya‟ni 
so‘nish ko‘rsatgichi 
(rus tilida – затухание) deganda, etalon 
sinusoidal signalni, aloqa chizig„ining chiqishidagi quvvatini, aloqa 
chizig„ining kirishidagi quvvatiga nisbatan qanchalik kamayishini 
ko„rsatuvchi kattalik tushuniladi. 


96 
So„nish ko„rsatgichi – 
A,
odatda detsibellarda - 
db
o„lchanadi va 
quyidagi formula yordamida hisoblanadi: 
A = 10 lg( P
out 
/ P
in 

bunda
P
out
 
– signalni aloqa chizig„ining chiqishidagi quvvati
P
in

signalni aloqa chizig„ining kirishidagi quvvati. 
4.20-rasm. Aloqa chizig„ida impulslar shaklining buzilishi. 
So„nish ko„rsatgichi aloqa chizig„ining uzunligiga bog„liq 
bo„lganligi uchun, uni 
ma’lum bir uzunlikdagi
aloqa chizig„i uchun 
qiymatlari aniqlangan bo„ladi va u ma‟lum bir oraliq uchun hisoblangan 
so„nish ko„rsatgichi deb ataladi (4.21-rasm). Unda lokal tarmoq kabellari 
uchun 
100m
masofa olinadi, territorial ya‟ni xududiy tarmoqlar uchun 
esa 
1km
masofa asos qilib olinadi. 
4.21-rasm. So„nish ko„rsatgichi va chastota orasidagi bog„lanish. 
3.O‘tkazish qobiliyati.
 
Aloqa chizig„ining o„tkazish qobiliyati 
deganda – aloqa chizig„i orqali ma‟lumotlarni uzatishda erishish 
mumkin bo„lgan tezlikning maksimal qiymati tushuniladi. Ushbu 


97 
ko„rsatgichning kattaligi – ma‟lumotlarni uzatish uchun qo„llanilayotgan 
fizik muhit ko„rsatgichlariga va ana shu muhit orqali ma‟lumotlarni 
uzatishda ishlatilayotgan usulga (rus tilida – способ передачи данных) 
bog„liq bo„ladi. Shuning uchun aloqa chizig„ining o„tkazish qobiliyati 
haqida, ushbu aloqa chizig„i uchun fizik sath protokoli aniqlanmaguncha 
gapirish mumkin emas. 
Raqamli aloqa chiziqlari uchun ma‟lumotlarni uzatishning bitlarda 
ifodalangan qiymatlarini beruvchi fizik sath protokoli har doim 
aniqlangan bo„ladi, shuning uchun ulardagi o„tkazish qobiliyati ham 
ma‟lum bo„ladi – 64 Kbit/sek, 2 Mbit/sek, …. Aloqa chizig„ining 
o„tkazish qobiliyati – uning so„nish va o„tkazish polosasi (oralig„i) kabi 
xarakteristikalari bilan birga, u orqali uzatish mumkin bo„lgan signallar 
spektriga ham bog„liq bo„ladi (4.22-rasm).
4.22-rasm. Aloqa chizig„ining o„tkazish polosasini
signalning spektriga mos kelishi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin