91
ishlatiladi. Global (WAN) va shahar (MAN) kompyuter tarmoqlarini
qurishda esa, maxsus ajratilgan
kabellardan foydalanilmaydi, negaki
uzoq masofalarga cho„zilgan bunday aloqa chiziqlarining narxlari ancha
qimmatga tushishi mumkin bo„ladi. Shuning uchun WAN va MAN kabi
tarmoqlarda, marshrutizatorlar orasidagi aloqani amalga oshirishda,
o„sha erda mavjud bo„lgan
telefon tarmoqlaridan
,
kanallarni
kommutatsiyalash asosida ishlovchi
birlamchi tarmoqlar
bo„lgan –
PDH, SDH va DWDM
kabi tarmoqlardan va
simsiz kanallardan
foydalaniladi.
Kanallarni
kommutatsiyalash
asosida
ishlovchi
-
PDH
(
Plesiochronous Digital Hierarchy
), SDH (
Synchronous Digital
Hierarchy
) va DWDM
(
Dense Wave Division Multiplexing
) kabi
birlamchi tarmoqlarda, ikkita ma‟lumot almashinuvchi qurilmalarni
(marshrutizatorlarni, kommutatorlarni) o„zaro bog„lovchi
kanallardan
tashkil topgan kanallar
hosil qilinadi, ya‟ni
ikkita nuqta
orasida
bog„lanish amalga oshiriladi. Kanallardan tashkil topgan kanallar –
kabellarga nisbatan ancha murakkab tuzilishlarga ega
texnik tizim
hisoblanadi. Birlamchi tarmoqlar ma‟lum bir xududlar uchun, kanallar
infratuzilmasini
hosil qilib berish maqsadida, o„sha joy uchun maxsus
loyixalanadi va quriladi. Shuning uchun ularda kanallar -
narx/o‘tkazish
qobiliyati
nisbati bo„yicha, ancha samaraliroq bo„ladi.
Oxirigi paytlarda simsiz kanallardan foydalanish ham ommalashib
bormoqda. Ular kompyuter tarmoqlarining foydalanuvchilarini
ko‘chib
yura olishini ta’minlab beradigan
kanallarning yagona xili hisoblanadi.
Kabellarni tortib chiqish mumkin bo„lmagan xududlarda, yoki kabellarni
tortish qimmatga tushishi mumkin bo„lgan hollarda simsiz kanallar –
WiFi
va
WiMAX
texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Simsiz aloqani
amalga oshirishda turli xil chastotali elektromagnit to„lqinlardan
foydalaniladi, bunday to„lqinlarga misol qilib – radioto„lqinlarni,
mikroto„lqinlarni, infraqizil nurlanish va yorug„lik to„lqinlarini keltirish
mumkin.
Birlamchi tarmoqlar hisoblangan - PDH, SDH va DWDM kabi
telekommunikatsion tarmoqlarda, turli xil tarmoqlarning bog„lamlari
o„rtasida ma‟lumotlarni uzatuvchi texnik tizimni tavsiflashda –
Dostları ilə paylaş: