Z. Z. Miryusupov, J. X. Djumanov


Ma’lumotlarni uzatish va kommutatsiyalash usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#168638
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.

4.2.2.Ma’lumotlarni uzatish va kommutatsiyalash usullari 
 
Ma’lumotlarni kommutatsiyalashning xillari.
Har qanday aloqa 
tarmoqlari 
o„zining abonentlarini o„zaro ulashni - 
kommu-
tatsiyalashning,
ya‟ni uzib-ulashning biron-bir xili asosida amalga oshi-
radi. Bunday abonentlar tarkibiga uzoq masofalarda joylashgan kompyu-
terlar, lokal tarmoqlar, faks-qurilmalari yoki telefon orqali muloqot 
qiluvchi suhbatdosh kishilarni kiritish mumkin. Tarmoqlarda har bir juft 
abonentga o„zaro muloqot uchun uzoq vaqt mobaynida kom-
mutatsiyalanmaydigan, ya‟ni faqat ular uchun mo„ljallangan aloqa 
chizig„ini ajratib bog„lanishlarni amalga oshirish amaliy jihatidan 
mumkin emas. Shuning uchun tarmoqlarda mavjud cheklangan sondagi 
aloqa chiziqlaridan foydalanib, abonentlarni kommutatsiyalashning 
biron-bir xilini qo„llagan holda, bir vaqtda tarmoq abonentlari o„rtasida 
bir-necha aloqa seanslari ta‟minlanadi. 4.6-rasmda abonentlarni 
kommutatsiyalashga asoslangan tarmoqning keng tarqalgan tuzilish 
chizmasi keltirilgan. 
4.6-rasm. Abonentlarni kommutatsiyalashga asoslangan tarmoqning 
keng tarqalgan tuzilish chizmasi. 


83 
Tarmoqlarda abonentlarni kommutatsiyalashning bir-biridan farq 
qiladigan uchta xili mavjud:
1.Kanallarni kommutatsiyalash (circuit switching); 
2.Paketlarni kommutatsiyalash (packet switching); 
3.Xabarlarni kommutatsiyalash (message switching)
.
Keltirilgan kommutatsiyalash xillarining har biri o„zining 
afzalliklari va kamchiliklariga ega, ammo ko„pchilik mutaxasisslarning 
taxminlariga ko„ra kelajakda paketlarni kommutatsiyalashga aoslangan 
texnologiyalar ko„proq qo„llanilishi mumkin ekan. 
Paketlarni kommutatsiyalashga ham, kanallarni kommutatsiya-
lashga ham asoslangan tarmoqlarni boshqa bir belgisiga ko„ra - 
dinamik
va 
doimiy kommutatsiyali
tarmoqlarga ajratish mumkin.
Dinamik kommutatsiyalashga asoslangan tarmoqlarga – umumiy 
foydalanish uchun mo„ljallangan telefon tarmoqlari, lokal kompyuter 
tarmoqlari va TCP/IP tarmoqlarini misol qilib keltirish mumkin. 
Kanallarni kommutatsiyalashga asoslangan tarmoqlarda, doimiy 
kommutatsiyalash rejimi, 
alohida ajratilgan
(
dedicated
) yoki 
arendaga 
berilgan
(
leased
) kanallar rejimi deb ataladi. Doimiy kommutatsiyalash 
rejimida ishlaydigan tarmoqqa misol qilib, sekundiga bir-necha gigabit 
tezlik bilan ishlaydigan va ular asosida alohida ajratilgan aloqa kanallari 
quriladigan SDH texnologiyasi tarmoqlarini keltirish mumkin. ATM 
texnologiyasi asosida qurilgan tarmoqlar esa, ikkala rejimda ham ishlay 
olish imkoniyatiga egadir.
Aloqa chizig‘i
- axborot signallari uzatiladigan fizik muhit, 
ma‟lumotlarni uzatish qurilmalari va oraliq uskunalardan tashkil topgan 
bo„ladi (4.7-rasm). 
Aloqa chizig‘i
(
line
) - 
aloqa kanali
(
channel

sinonim atamalar hisoblanadi.
4.7-rasm.
 
Aloqa chizig„ining tarkibi. 


84 
Ma‟lumotlarni uzatish uchun mo„ljallangan 
fizik muhit 
(
medium

deganda – kabel, ya‟ni izolyasiyalangan, himoyalangan simlar va ularni 
qurilmalarga ulash uchun ishlatiladigan ulagichlar to„plami, hamda 
elektromagnit to„lqinlar tarqalishi mumkin bo„lgan er atmosferasi yoki 
kosmik fazo tushuniladi.
Qanday 
uzatish 
muhitidan 
foydalanilishiga 
qarab 
aloqa 
chiziqlarining quyidagi xillari bo„lishi mumkin (4.8-rasm): 
- simli (havo orqali o„tuvchi aloqa chiziqlari); 
- kabeli (mis simli yoki optik tolali); 
- er va sun‟iy yo„ldosh aloqa radiokanallari.
4.8-rasm.
 
Aloqa chiziqlarining xillari. 
Ma’lumotlarni uzatish uskunalari
– 
DCE (Data Circuit 
terminating Equipment
) foydalanuvchilarning kompyuterlarini yoki 
lokal tarmoqlarini bevosita aloqa chiziqlari bilan bog„laydigan oraliq 
uskunalardan iborat bo„ladi. Ma‟lumotlarni uzatish uskunalari odatda 
aloqa 
chizig„i tarkibiga kiritilgan bo„ladi. Modemlar, ISDN 
tarmoqlarining terminal adapterlari, optik modemlar, raqamli kanallarga 
ulanish qurilmalari kabi qurilmalarni, DCE-ga misol qilib keltirish 
mumkin. Odatda DCE fizik sath darajasida ishlaydi, u kerakli shaklga va 
quvvatga ega bo„lgan signalni fizik muhitga uzatish va qabul qilish 
vazifalarini bajarishga ma‟sul hisoblanadi. 
Aloqa chizig„i orqali uzatiladigan ma‟lumotlarni hosil qiluvchi 
uskunalar, ya‟ni aloqa chizig„idan foydalanuvchilarning uskunalari esa – 


85 
ma’lumotlar hosil qilinadigan eng chekka qurilma
– 
DTE (Data 
Terminal Equipment) 
deb ataladi. DTE-larga misol qilib – 
kompyuterlarni, lokal tarmoq marshrutizatorlarini va qo„l telefonlarini 
keltirish mumkin. Bu qurilma aloqa chizig„i tarkibiga kiritilmaydi. 
Aloqa 
chizig‘ining oraliq uskunalari
odatda, 
katta-katta 
uzunliklarga ega bo„lgan aloqa chiziqlari tarkibida qo„llaniladi. Oraliq 
uskunalar ikkita asosiy vazifani bajaradi: 
- signalni sifatini yaxshilash; 
- tarmoqning ikkita abonenti o„rtasida doimiy yoki uzoq muddat 
ishlatiladigan tarkibiy aloqa kanalini yaratish. 
Agar, lokal tarmoqlarda tarmoq adapteri boshqa kompyuterlardan 
kelayotgan signallarni oraliq kuchaytirishsiz qabul qila olsa, tarmoqda 
oraliq uskunalar ishlatilmasligi mumkin, aks holda konsentrator va 
kommutator kabi qurilmalardan foydalanishga to„g„ri keladi. 
Global tarmoqlarda esa, signallarni yuz va ming kilometrlab uzoq-
uzoq masofalarga sifatli uzatib berish kerak bo„ladi. Shuning uchun 
uzoq masofalarga cho„zilgan aloqa chiziqlarini, ma‟lum bir masofadan 
keyin 
o„rnatilgan signallarni kuchaytirish qurilmalarisiz qurib 
bo„lmaydi. Global tarmoqlarda - 
multipleksor, demultipleksor va 
kommutator
kabi oraliq uskunalardan ham foydalanishga to„g„ri keladi. 
Bu uskunalar yordamida yuqorida keltirib o„tilgan vazifalardan 
ikkinchisi, 
ya‟ni ikkita abonent o„rtasida uzatish muhitining 
kommutatsiyalanmaydigan 
kabellar 
bo„laklaridan iborat, 
uzoq 
muddatlarga mo„ljallangan tarkibiy kanal hosil qilish vazifasi bajariladi. 
Bunday tarkibiy kanallarning ishlatish muddatlari - bir oy, bir necha 
oylar yoki yillardan ham iborat bo„lishi mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin