Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə139/315
tarix02.06.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#123283
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   315
Falsafadan

Kino. Eng miqyosli zamonaviy san’at turi, bu – kino. Uni kinoteatrlarda jamoaviy, televidenie va videomagnitafon orqali esa oilaviy yoki individual tomosha qilish mumkin. Hozir aktyorlar yaratgan, murakkab psixologizmga asoslangan badiiy qiyofalar, adabiy sstenariy zaminida ekranlashtirilgan real hayotni badiiy aks ettiradigan davomli, ko’pchiziqli syujet birinchi o’rinda turadi. Kinoda teatrdagidek dinamik dramatizm hamda uning asosini tashkil etgan harakat, harakat va yana harakat (bunda fikriy harakat ham nazardan qochirilmasligi lozim) asarning moyasini tashkil etadi. Biroq kino, teatrdan farqli ravishda, kadrlar orqali zamondan-zamonga «sakrab» o’tish imkoniga ega, biroq bu «sakrash», agar film rejissurasi puxta bo’lsa, tomoshabinga sezilmaydi, u hozirgi voqealarning ibtidosi, sababchisi – avval bo’lib o’tgan voqealar ekanini his qilib turadi. Chunki o’tgan voqealarning eng muhim, qahramonlar taqdirini belgilaydigan holatlari kadrlarda bugungi voqealar bilan tabiiy ulanib ketadi, ya’ni kecha – bugunga, bugun – kechaga o’tib turishi ekran imkoniyati doirasidagi «oddiy gap», kino san’ati usullaridan biri.
Ekranning imkoniyatlari nihoyatda keng: u rassomlik, teatr, adabiyot, stirk, musiqa, estrada v.b. san’at turlaridan bemalol foydalana oladi, ularning zarur jihatlarini o’ziga «qo’shib oladi». Bundan tashqari kinoda kinematografiya tili bilan aytganda «plan»lar bor: umumiy. o’rta, yirik.
Jahon kinosi bilan deyarli bir vaqtda vujudga kelgan, Hudoybergan Devonov asos solgan o’zbek kinematografiyasi bugungi kunda katta tarix va salohiyatga ega. N.G’anievning «Tohir va Zuhra», K.YOrmatovning «Alisher Navoiy» kabi filmlari kino san’atidagi mumtoz asarlar hisoblanadi. Bugungi kunda xususiy kinostudiyalarning ko’plab vujudga kelishi, ijod erkinligi tufayli o’zbek kinosi ravnaqi uchun har tomonlama etarli sharoit mavjud.
Televidenie. Agar estrada «san’atdagi jurnalistika» bo’lsa, televidenieni «jurnalistikadagi san’at» deyishimiz mumkin. Hozir uni faqat ommaviy axborot vositasi va san’at targ’ibotini texnikaning eng yangi yutuqlari asosida amalga oshiruvchi zamonaviy omil sifatida olib qarash uni kamsatishdan boshqa narsa emas. To’g’ri, telejurnalistika mavjud va uni inkor etish aqlga to’g’ri kelmaydi. Lekin ayni paytda ana shu real hayot real voqealar va real odamlar ishtirokidagi «jurnalistik» syujetlarning san’at darajasiga ko’tarilganini, ularning estetik ahamiyat kasb etganini yaqqol ko’ramiz. M., Farhod Bobojonning «Bir o’lkaki...» turkumidagi ko’rsatuvlarini olaylik. Bu ko’rsatuvlarning deyarli har biri o’ziga xos film, shunday filmki, oldiga oddiy «hujjatli» degan sifatlashni qo’yish nohaqlik. Ularda real haqiqat telekamera orqali badiiy haqiqatga aylangani, real odamlar badiiy qiyofalar darajasiga ko’tarilganini, ko’rsatuvni olib boruvchining o’zi qahramonlardan biri bo’lib xotiramizda qolishi bilan ajralib turadi. Teleko’rsatuv muallifi, telerejissyor, tasvirchi mahorati hamda harakatdagi kamera imkoniyatlari televidenieni san’at, ta’bir joyiz bo’lsa, «hujjatli san’at» sifatidagi o’rnini belgilab beradi.
Albatta, bu – televidenie faqat hujjatlilikka tayanadi degan gap emas. Uning imkoniyatlari (agar bu san’at kelajagini ham inobatga olsak) tasavvur qilib bo’lmaydigan darajada keng. Zero televidenie oilaviy va individual estetik idrok etiladigan san’at turi, u bizning uydagi kinoteatirimiz, uydagi stirkimiz, uydagi teatrimiz v.h. Bundan tashqari telekamera hamma erda - quruqlikda ham, suv ostida ham, osmonda ham ishlay oladi, qo’limiz, oyog’imiz, nigohimiz etmaydigan joylardan badiiylik darajasiga ko’tarilgan reallikni. bizga etkazib beradi.
Agar ta’bir joyiz bo’lsa, televidenieni «tashviqotchi san’at» yoxud «estetik tashviqotchi» deyishimiz mumkin. Ekran orqali biz sho’rolar davrida oddiy «urf-odatlar» atamasi ostida qolib ketgan asl ma’naviy qadriyatlarimizning qanday qadrlanishi zarurligini anglab etamiz. SHunday qilib, televidenie san’atlar ichida misli yo’q qudratli tarbiya quroli.
Biroq, shu muammoni taassuf bilan ta’kidlash kerakki, bu qurol «teskarisiga» ishlashi, ya’ni televidenie xalqning estetik didini hamma vaqt yuksaltirishga emas, balki pasaytirishga, jo’nlashtirishga ham xizmat qilishi mumkin. M., O’zbek milliy televideniesidagi (yuqoridagi yutuqlarini ta’kidlagan holda) ba’zi bir amallab ishga kirib olgan saviyasi past jurnalistlarning real voqelikni badiylashtirib ko’rsatish o’rniga «o’zini ko’rsatish» uchun urinishlari shular jumlasidan. Ayniqsa, televideniedagi estrada qo’shiqchiligi saviyasining pastligi jihatidan ajralib turadi…Afsuski, televideniemiz ana shu «suvarak-san’atkorlar»ning ko’payishiga xizmat qilayotgani bor gap.
Televideniemizdagi yana bir nojoyiz narsa, bu – klip muammosi. Klip, bir qaraganda, texnikaviy mo’’jiza, ammo ikkinchi tomondan, san’at asarini idrok etishda zararli hodisa. Afsuski, ko’pchilik hozir ishlanayotgan kliplar ana shunday salbiy tabiatga ega. Bundan tashqari, bizdagi kliplarning aksariyatini o’ta beodoblik deb atash mumkin. Gap «go’zal ma’shuqalar»ning ba’zan salkam yarim yalang’och chiqishida emas, balki klipda «buyuk san’atkor»ning dang’illama hovli-joyi, qimmatbaho ashyolari, avtomobili v.h. ko’z-ko’z qilinadi. Endi o’ylab ko’ring-chi, qishloqdagi qurbi bir mahallik issiq ovqatu non-choyga etadigan jo’jabirday jon oilaning boshlig’i bunday klipni ko’rgandan keyin qanday ahvolga tushishi mumkin? Maqsad qo’shiqmi yoki kimlarnidir o’ksitishmi?
Xullas, televideniening buyuk qudratidan, qay tarzda foydalana bilish nihoyatda muhim masala. Uni ko’pyoqlama, miqyosli san’at turi va estetik tarbiya maktabi darajasiga ko’tarishi ham televidenie hodimlariga, ham biz – tomoshabinlarga bog’liq.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   315




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin