Ko’rgazmali-amaliy san’at qadimdan, mehnat qurollari, hunarmandchilikning rivojlanib borishi bilan kundalik turmush ehtiyoji uchun qo’llaniladigan ash’yolarni bezash, me’morlik inshootlarini turli naqshlar va koshinlar vositasida go’zallashtirish orqali estetik telablarga javob berib keladi. Aynan ana shu san’at turida hunarmandchilikning san’atga aylanishi ro’y beradi. Ko’rgazmali-amaliy san’at turi deganda, yuqorida atganimizdek, biz faqat xalq amaliy san’atini tushunmasligimiz kerak. Qadimlardan bizgacha etib kelgan devoriy rasmlarni ham unutmasligimiz lozim. Xalchayon, Fayoztepa, Bolalik tepa, Afrosiyobdan topilgan devoriy tasviriy san’at namunalari o’zining monumentalligi bilan hanuzgacha kishini hayratga soladi. Ana shunday an’anaviy san’at namunalarini hozir zamonaviy binolarga tatbiq etish yaxshi natijalar berayotgani bizga ma’lum. M.,CHingiz Ahmarovning Navoiy teatri foyesi devorlariga ishlagan, B.Jalolovning «Bahor» konstert zali devorlariga ishlagan monumental ponnolari shunday go’zal va ulug’vor san’at asarlaridir. Shunday qilib, bu qadimiy va doimo navqiron san’at turi atrofimizda, shaharsozlikda, oilaviy muhitimizda gulzoru manzaralar, gulchin peshtoqlar, o’ymakor ustunlar, devoriy rasmlar, me’moriy releflar, uzuklaru sirg’alar v.h. shaklida namoyon bo’lib, o’zining xilma-xil estetik ko’rinishlari bilan kundalik hayotimizni go’zallashtirishga, badiiy-estetik didimizning yuksalishiga hissa qo’shib turadi. Haykaltaroshlik.Eng qadimgi, ibtidoiy davrlardan boshlab hozirgacha haykaltaroshlik o’z maqeini yo’qotmay kelayotgan san’at turlaridan biri. Bu san’atning asosida faqat oniy, bir lahzalik san’at tasviri yotadi. Haykaltarosh tomonidan ana shu eng muhim harakatini topish hamda unga mos nur va soyani tanlash yuksak isde’dodni talab qiladi. Haykaltaroshlik monumental san’at deyiladi. Chunki ko’pincha u katta hajmli haykallar yoki majmularni o’z ichiga oladi. Ayni paytda uning kichik hajmdagi va har biri o’ziga xos bo’lgan holda muayyan yuzalikda shakllar uyg’unligini tashkil etadigan ko’rinishlari ham mavjud. Ko’pgina san’at turlarida bo’lganidek, haykaltaroshlik ham deyarli barcha estetik xususiyatlarni namoyon etadi. M., poytaxtdagi Motamsaro Ona haykali fojeaviylikni, D.Qutimurodov yog’ochdan ishlagan «Qoraqalpoq qizi» go’zallikni, Toshkent zilzilasiga bag’ishlangan me’morial – ulug’vorlikni o’zida in’ikos ettiradi. Rassomlik san’at turi ham qadimdan mavjud, uning dastlabki namunalarini qadimgi tosh asridagi g’orlar devoriga ishlangan rasmlarda ko’rish mumkin. Dastlab ular bir yo’lda – rangli va oq-qora rang tasvir sifatida Sharqda (Xitoy, Hindiston, musulmon mintaqasida) xattotlik, kitobat bezagi sifatida taraqqiy topgan, biz ularni hozirgi zamon tili bilan minatyuralar deb ataymiz. Minatyuralar odatda rangli bo’lgan va ko’pincha tabiat (daraxtlar, cho’llar, butoqlar) fanidagi inson, qushlar, xayvonlar tasvirini o’z ichiga olgan holda kitobdagi mazmunning bir qismini ifodalagan, boshqacha qilib aytganda, bosma texnikasi qo’llanila boshlangunga qadar ular grafika – kitobiy rasmlar vazifasini bajargan. O’zbek rassomlari grafikaning nihoyatda go’zal namunalarini yaratganlar. CH.Ahmarovning “Ravshan” dostoniga, V. Kaydalovning o’zbek xalq dostonlariga, I.Ikromovning Navoiy va Pushkin asarlari muqovalariga ishlagan rasm hamda bezaklari shular jumlasidan. Rassomlik san’atida qadimgi minatyura yana tiklanganligini ham ko’rish mumkin. Bunga iste’dodli grafik rassom T. Muhamedovning o’zbek halq ertaklariga ishlangan rasmlari, Sh.Muxammadjonovning ”Mahmud Qoshg’ariy”, “Chilangar Kova qo’zg’aloni” kabi asarlarni misol bo’la oladi. T.Muhamedov minatyuralarida asosan takrorlanmas grafika san’atini ko’ramiz, Sh. Muhammadjonovni rangtasvir, usulida zamonaviy minatyurani boyitayotganiga guvoh bo’lamiz. T.Muhamedov asosan kulgilikka, Sh.Muhammadjonov esa ko’proq go’zallik va ulug’vorlikka e’tiborni qaratadi. Xullas, rassomlik “qarimaydigan” san’at turi sifatida har bir zamonda o’z imkoniyatlarini kengaytirib borayotgan katta tarbiyaviy ahamiyatini susaytirmagan faol estetik faoliyatdir. Musiqa. Rassomlik san’atini ranglar musiqasi, musiqani esa tovushlar tasviri deyish mumkin. U ohangdor tovush orqali inson qalbiga kuchli ta’sir ko’rsatish, uning ruhini qisqa vaqt ichida o’zgartirish qudratiga ega. Bu jihatdan unga teng keladigan san’at turi yo’q. Shu sababli musiqadagi “musiqiylik” tushunchasi barcha san’at turlari uchun yuksak mahorat ma’nosini anglatadi. M., she’riyatdagi musiqiylik, nasrdagi musiqiylik, me’morlik – qotib qolgan musiqa, ranglar musiqasi v.h. Musiqa san’ati keskin farqlanadigan milliylik va mintaqaviylik xususiyatiga ega. Musiqani millatning qalbi deb atashlari bejiz emas. Biroq, musiqa mohiyatan umuminsoniy tabiatga ega, qaysi millatga taalluqli bo’lishidan qat’i nazar, musiqa tarjima qilinmaydi, rassomlik san’atiga o’xshab, uning tili – bitta. Faqat o’sha tilni tushunish uchun har bir millat o’z estetik tarbiyasini yuksak darajasiga ko’tarishi, estetik didini ilmiy-amaliy asosida shakllantirishi lozim. Nima uchun Muhiddin Qoriyoqubov XX asrning 30-yillarida, Munojot Yo’lchieva 90-yillarida Parij konstert zallarida bergan konstertlariga ko’pchilikka chipta etishmagan, zalga kirganlar esa ularni bir mo’’jizaday tinglashgan, konstert so’ngida deyarli yarim soat tik turib qarsaklar bilan olqishlashgan. 2018 yilning 1-2 oktabrida ham o’zbek maqomchilari frantsuz san’at ihlosmaydlarini qalbini ya’na bir zabt etishga muvofiq bo’ldilar. Demak, hali bizning estetik tarbiyamiz, didimiz franstuzlarga qaraganda ancha past. SHuning uchun ham biz Yevropa musiqa san’at durdonasini ham rosmana idrok etolmaymiz. Vaholanki, jahonda barcha sohada integrastiyalashuv jarayoni jadal sur’atlar bilan bormoqda. O’zbek estetikasining vazifasi ana shu jarayonda millatimizning to’laqonli ishtirokini ta’minlashga xizmat qilishdir. Musiqa san’atida qo’shiq janrining o’rni alohida uni ba’zan qo’shiqchilik san’ati ham deb atashadi. Chunki aynan qo’shiq, ohangdor inson ovozi musiqaning vujudga kelishida ulkan rol o’ynagan. Aynan qo’shiq ohangga solingan so’zlar orqali millat tarix-dn, xalqning ijodiylik qobiliyatidan bizga xabar beradi.. Qo’shiq janri ko’rinishlarga boyligi bilan ham alohida ajralib turadi: tarixiy qo’shiqlar, marosim qo’shiqlari, laparlar, lirik qo’shiqlar siyosiy qo’shiqlar, ariyalar, intermeststolar. v.h. Musiqaning turlari va janrlari juda ko’p: xalq musiqasi, mumtoz musiqa, simfonik musiqa, vokal, musiqa v.h. Musiqa inson qalbini hilmlashtiruvchi, yumshatuvchi eng kuchli estetik omildir.