Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə137/315
tarix02.06.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#123283
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   315
Falsafadan

Raqs san’at folklorning uzviy qismi tarzidagi va sahnaviy – teatrlashtirilgan ko’rinishlarga egaligi bilan birga, mintaqaviy-mahalliylik xususiyatiga ham ega. M., o’zbek raqsida uch yo’nalish mavjud: Toshkent-Farg’ona, Xorazm va Buxoro yo’llari (ba’zan usullari ham deyiladi). Ular bir-biridan ifodaviy usullarning o’ziga xosligi bilan farqlanadi, ayni paytda har bir raqqosa yoki raqqosning o’z uslubi bor. M., Mukarrama Turg’unboeva bilan Galiya Izmaylovaning raqslari bu san’atning buyuk namunalari bo’lgani holda, uslubiy jihatdan bir-biridan farq qiladi.
Ming afsuski, hozirgi paytda kechagina sahnada bo’lgan qizlarxon Do’stmuhamedova, Malika Ahmedova, Rushana Odamboeva kabi san’atkorlarning o’rnini bosish u yoqda tursin, ularning yoniga yaqin keladigan raqqosalar yo’q.
Te atr. Insoniyat ma’naviy hayotida Teatr san’ati juda qadamdan o’z o’rnini yo’qotmay keladi. Bundan bir necha ming yillar avval qadimgi Misr, Hindiston, qadimgi Xitoy va qadimgi Yunonistonda dastlabki teatrlar paydo bo’lgan. Keyinginchalik jamoviy san’at turiga aylangan. YA’ni spektakl jamoaviy ijod mahsuli – rejissyor, dramaturg, aktyor va rassomning ijodiy izlanishlari natijasi o’laroq yuzaga keladi. Ayni paytda unda bir necha san’at turi omuxta tarzda namoyon bo’ladi: me’morlik, rassomlik (dekorastiya), musiqa va notiqlik san’atining hamkorligi spektaklning sahnaviy asosini, dinamik tarzda rivojlanib boradigan dramatizm esa uning badiiy – estetik mohiyatini belgilab beradi.
Teatrning turlari ko’p: yoshga qarab bo’linadigan yoshlar teatri, bolalar teatri, jonli aktyor ishtirok etmaydigan qo’g’irchoq teatri bor. SHuningdek, musiqadan juda keng foydalanadigan, butun boshli piesa yoki librettoga bastakor alohida, davomli, kuy bastalaydigan balet musiqali drama, operetta, opera singari estetik mohiyatiga qarab ajratiladigan teatr turlari ham mavjud. Lekin qaysi turdagi teatr san’ati bo’lmasin, u millat va shaxs estetik didini yuksaltirishda katta ahamiyatga ega.
O’zbek milliy teatri qadim zamonlarda avval qo’g’irchoq («chodir xayol») tarzida mavjud edi. Faqat keyinchalik, XX asr boshlarida milliy drama paydo bo’lgach (M.Behbudiy, «Padarkush»), zamonaviy teatr vujudga keldi, deb aytishimiz mumkin. Behbudiy, Avloniy, Hamza kabi buyuk ziyolilar bunda katta xizmat qildilar. Keyinchalik Mannon Uyg’ur, Etim Bobojondek ulkan rejissyorlar, Abror Hidoyatov, Obid Jalilov, SHukur Burxon, Olim Xo’jaev, Sora Eshonto’raeva, Nabi Rahimov, Hamza Umarov, Rahim Pirmuhamedov kabi buyuk dramatik aktyorlar etishib chiqdi. Karim Zokirov, Halima Nosirova, Bernora Qorieva, Soadat Qobulova, Muyassar Razzoqova, Guli Hamraeva singari opera va baletning mumtoz ustalari jahonga tanildilar. Hozirgi o’zbek teatri ma’naviy-axloqiy maskan, haqiqiy ibratxona sifatida diqqatga sazovordir. «Chunki sahna san’atining odamlarga nafaqat zavq-shavq baxsh etishi. ayni paytda milliy g’urur, milliy iftixor manbai, qudratli tarbiya vositasi ham bo’la olishi – bu isbot talab qilmaydigan haqiqatdir».

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   315




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin