Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə138/315
tarix02.06.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#123283
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   315
Falsafadan

Askiya. Baxshilik san’atiga o’xshab, askiya ham xalq og’zaki ijodi mahsuli. U arab tilidagi «o’tkir zehnli» ma’nosini anglatadigan «zakiya» (ko’pligi – «azkiya») so’zidan olingan bo’lib, qadimgi, xalq sevgan san’at turlaridan biri. U – ikki va undan ortiq kishi tarafma-taraf bo’lib, davrada, to’g’ridan-to’g’ri, tomoshabinlar olqishi shaklidagi baholash usulida o’tkaziladigan so’z o’yini.
Askiyaning hamma janrlarida ham so’z qo’llashdagi mohirlik, mubolag’a, kinoya, kessatiq, qo’l, yuz harakatlari singari vositalardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Lekin, eng muhimi, bu san’at turining hamma janrlarida belgilovchi xususiyatlardan biri –hozirjavoblik.
Askiyaning yaxlit san’at turi sifatidagi yashash sharti – bu uning erotik tabiatga egaligi. Unda mazmun mehnat turlariga, kasbga, muomalaga doir so’z va atamalarga nihoyatda nozik, pardali tarzda jinsiy ma’noni jolash orqali ochiladi. Aynan ana shu ko’chma ma’no tinglovchi hozirjavobligi tomoshabinda kulgi uyg’otadi. U jamiyatimizning yanada ravnaq topishi, estetik didni yuksaltirish uchun xizmat qilib kelayotgan san’at turi.
Estrada. Qadimda estrada bilan stirk yaxlit bir san’at turi hisoblangan. XIX asrga kelib, estrada stirkdan mustaqil tarzda faoliyat ko’rsata boshlagan. O’zbekistonda u Qo’qon xonligida XIX asr boshlarida tashkil etilgan keyinchalik «qiziqchilar» teatri deb atalgan. Umuman olganda, u an’anaviy san’atlar ichida nisbatan Yangisi va ba’zi jihatlari bilan zamonaviy – texnikaviy san’at turlariga ma’lum ma’noda yaqinligi bor (estrada musiqasining zamonaviyligi, elektron asboblar ijrosi v.h.).
San’at turi sifatida estrada omuxtalik tabiatiga ega, unda teatr, musiqa, stirk, askiya unsurlari yaqqol ko’zga tashlanadi. M., drama va komediyaning, kichik shakllari, intermediyalar, akrobotika, pontomima, janglyorlik, qo’shiq, badiiy o’qish v.b. janrlar muvafaqiyatli ijro etiladi. Unda zamonaviy muammolarning ko’ngil ochish usullari va kulgi vositasida ifodasini, xilma-xil tanqid yo’llarini ko’rish mumkin.
Hozirgi paytda maxsus «estrada teatrlari» mavjud. Rus va jahon estradasida aktyorlar asosan yozuvchilar maxsus yozib borgan yoki matbuotda e’lon qilingan eng yaxshi hajviyalar asosida ish ko’radi. Afsuski, bizning aktyorlar «Obid A» teatrida ham «Mirza» teatrida ham asosan matnlarni o’zlari to’qiydilar va jahon latifalarini o’zbekchalashtirib tomoshabinga taqdim etadilar. Natijada aktyorlarimiz qanchalik iste’dodli bo’lmasin, (ularning ko’pi haqiqatan ham iste’dodli), chiqishlari qiziqchidan ko’ra, ko’proq bachkanalikka aylanib ketadi.
XX asrda jahon estradasida o’ziga xos estrada qo’shiqchiligi maxsus janr sifatida keng yoyildi. Jahonga mashhur estrada guruhlari va qo’shiqchilari katta shuhrat qozondilar («AVVA», «Yalla», Jekson, Tarkan v.b.). Bularning hammasi estradaning zamon talablariga, jurnalistlar tili bilan aytganda, «operativ» javob beradigan jurnalistik ruhdagi san’at turiga aylanganini ko’rsatadi. SHundan kelib chiqadigan bo’lsak, bizning estradamizga qo’yiladigan talablar hozirgidan bir necha barobar yuksak bo’lishi kerak.
Texnikaviy yutuqlar asosida vujudga kelgan zamonaviy san’at turlari insonning har qanday qulay sharoitdan Yangi san’at turi yoki asarlarini yaratish uchun foydalanishini ko’rsatadi, insondagi san’atga bo’lgan azaliy va abadiy intilishidan dalolat beradi. Bir paytlar, o’ta rastional, san’at bilan sig’ishmaydigan, qo’pol deb hisoblangan texnikadan hozirgi paytda inson ildizi norastionallikka borib taqaladigan badiiy qiyofa yaratish uchun foydalanmoqda. SHuning natijasi o’laroq, keyingi bir yarim asr ichida bir necha zamonaviy (texnikaviy) san’at turlari paydo bo’ldi va rivojlandi. Bular fotosan’at, kino, televidenie.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   315




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin