Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə1/9
tarix01.04.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#92278
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
202 Poyaning ikkilamchi anatomik tuzilishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMLI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA YO’NALISHI
II BOSQICH 202 – GURUH TALABASI
IKROMOVA SHAXNOZANING

KURS ISHI


Mavzu: Poyaning ikkilamchi anatomik tuzilishi




Kurs ishi rahbari: Abdurazzaqov A.
Andijon -2023


Mundarija:


Kirish………………………………………………………………………………3
I BOB POYANING TUZILISHI.
1.1 Poyalarning anatomik tuzilishi……………………………………………..5
1.2 Poyada birlamchi tо‘qimalarning joylanishi………………………………10
1.3 Prokambiydan birlamchi tо‘qimalarning paydo bо‘lishi………………….12
II BOB STELYAR NAZARIYASI.
2.1 Poyaning birlamchi tuzilishidagi evolyusion o‘zgarishlar…………………14
2.2 Poyalarning ikkilamchi qalinlashishi va kambiyning ishi………………….16
2.3 Poyaning ikkilamchi qalinlashishi va unda kambiyning ishi………………23
Xulosa…………………………………………………………………………….25
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………….26


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O`simlik hujayra va to`qimalarining tuzilishi, vazifalari, vegetetiv va generativ organlarning tuzilishi, ularning o`simlik hayotidagi ahamiyati shuningdek, o`simliklar olamining xilma xilligi, tarqalishi va kelib chiqishi, qarimdoshligi asosida sistemaga solish, asosiy oila turkum va turlarini ifodalash, o`simliklar fiziologiyasi o`simliklarning organlari, to`qimalari va hujayralarining funktsiyasi va ularda kechadigan fiziologik jarayonlar, hujayra va uning organoidlari tuzilishi va funksiyasi haqidagi, ularning tarkibi, xossalari va ahamiyati haqida ma`lumotlarni o`z ichiga oladi.
Maqsadi. O`simliklar umumiy tushunchalar berish, o`simliklar hujayra va to`qimalarining tuzilishi, vazifalalari, ularninig tasnifi haqidagi qonuniyatlarni o`rgatish, ularning ichki va tashqi tuzilishi, o`simlik organlarida joylashgan joylari, vegetativ va generativ organlarining tuzilishi, ko`payishi usullari, ularning ahamiyati, turli ekologik sharoitlarda o`sgan o`smliklarning yashash sharoitiga moslashish xususiyatlari, o`simlilklarning hayotiy shakllari, ontogenezi, mavsumiy o`zgarishlari haqidagi bilimlarni berish, shuningdek o`simliklar dunyosining xilma-xilligi, ularni tavsiflash, ma`lum sistemaga solish, filogenetik sistemalar haqida ilmiy tushunchalar berish. Tuban va yuksak o`simliklarning keng tarqalgan bo`lim, sinf va oila vakillari, ularning tarqalishi tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati kabi ilmiy-zamonaviy ma`lumotlar berish.
Vazifasi. O`simliklar haqida olgan bilimlarini kengaytirish, chuqurlashtirish, bir tizimga solish, taksonomik birliklar, filogenetik sistemalar va boshqa shunga o`xshash o`simliklar haqidagi tasavvurlarni ilmiy asosda kengaytirish; o`simliklarni ilmiy asosda o`rganish tarixini, fotosintez, mineral oziqlanish, nafas olish va boshqa shunga o`xshash o`simliklar haqidagi tasavvurlarni ilmiy asosda kengaytirish;
- hujayra tuzilishi, hujayra komponentlarining tuzilishi, tarkibi, funksiyasi, ahamiyati haqidagi bilimlar, har bir hujayra komponenti tuzilishi, funksiyasi va ahamiyati, o`simliklarni ilmiy asosda o`rganish tarixini, botanika, o`simliklar fiziologiyasi fanining rivojlanishi tarixini bosqichma-bosqich bayon etish; talabalarni biologiya, qishloq xo`jaligi, farmatsevtika va o`rmonchilikda keng miqyosda qo`llaniladigan tadqiqotlarning amaliy va eksperimental metodlari bilan tanishtirish; talabalarga tabiat qonunlarining birligi, o`simlik organizmlariga nisbatan fizikaviy va kimyoviy qonunlarni tadbiq etilishini tushinishiga yordam berish.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin