Tadqiqot maqsadi. Boshlang‘ich
sinf
o‘qituvchilarining
metodik
tayyorgarligini
takomillashtirish va kasbiy rivojlantirishning ilmiy-
pedagogik muammo sifatidagi ahamiyatini tadqiq
qilish, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy
rivojlantirish tamoyillari, nazariy va pedagogik
jihatlarini ilmiy asoslashdan iborat.
Tadqiqot metodlari.Yuqoridagi maqsadga
erishish va tegishli vazifalarni bajarish uchun
pedagogik kuzatuv (qisqa muddatli), pedagogik
monitoring, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida
faoliyat olib borayotgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari
va boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining malakasini
oshirish kurs tinglovchilari bilan suhbat usullaridan
foydalanildi.
Asosiy natijalar. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik
tayyorgarligini takomillashtirish va kasbiy rivojlantirish
zaruriyatini belgilovchi bosh mezon bu inson oldiga
qo‘yilgan maqsad bo‘lib, unga erishish uchun vazifalar
belgilash, tashkil etiladigan faoliyatni oldindan
rejalashtirish, amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlarini
tanlash va loyihalashtirish, maqsad va natijani
muvofiqlashtirish zarur hisoblanadi. Demak, har
bir o‘qituvchi o‘z-o‘zini kasbiy rivojlantirish uchun
ma’lum darajada o‘z dunyoqarashiga, tafakkuri,
tasavvuri va mavjud bilimiga, shaxsiy va kasbiy
ehtiyojlariga asoslanadi. O‘qituvchilarda o‘z-o‘zini
kasbiy rivojlantirish yo‘nalishida shakllantiriladigan
ehtiyoj davlat va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqishi
lozim. Metodik tayyorgarlikni takomillashtirish va
o‘z-o‘zini kasbiy rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyoj
yetarlicha shakllantirilsa, o‘qituvchilarda o‘z kasbiga
oid yangiliklarni, fan-texnika yutuqlarini o‘rganishga
qiziqish shakllanadi, bu o‘z navbatida o‘qituvchilarda
mustaqil ta’lim olish ya’ni mustaqil o‘rganish, o‘z-
o‘zini rivojlantirish ko‘nikmalarini shakllantirishga,
bu orqali o‘qituvchilarda metodik tayyorgarlikni
takomillashtirishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, o‘qituvchilarni o‘z faoliyatida
ma’lum bir ijobiy natijalarga erishish, o‘qituvchilar
jamoasida obru-e’tibor qozonish, o‘zini o‘zi boshqarish
va rivojlantirish kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi.
Shuningdek, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini
takomillashtirish jarayonida muhim ahamiyat kasb
etuvchi vositalardan biri muvaffaqiyatga bo‘lgan
ehtiyoj bo‘lib, bu ma’lum bir vazifani mas’uliyat bilan
bajarish orqali ko‘zlangan natijalarga erishishga xizmat
qiluvchi – o‘qituvchini o‘zini o‘zi kasbiy rivojlantirish
ehtiyoji hisoblanadi.
Akmeologik yondashuv nuqtai nazaridan o‘z-
o‘zini anglash, o‘zini takomillashtirish, ichki resurslarni
boyitish va qiyinchiliklarni ongli ravishda yengib
o‘tish qobiliyati (tashqi va ichki) o‘qituvchi shaxsining
61
МАКТАБ ТАЪЛИМИ / ШКОЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ