54
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
HAMKORLIKDAGI TA`LIMNI TASHKIL ETISH ASOSLARI
Muradova Maftuna Komilovna
Nizomiy nomidagi TDPU,
"Umumiy pedagogika" kafedrasi o`qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7329231
Annotatsiya:
Mazkur tezisda hamkorlikdagi pedagogik jarayonni
psixologik jihatdan loyihalash mahoratini rivojlantirish yo‘llari, unga
qo‘yiladigan talablar, talabalarga psixologik ta’sir
etish orqali ularning
hamkorlikdagi pedagogik jarayonini olib borish va ularning birgalikdagi
faoliyatini tashkil etish imkoniyatlari bayon qilingan.
Kalit so‘zlar:
Pedagogik hamkorlik, hamkorlik strategiyalari, o‘qituvchi
faoliyati, muloqot,
pedagogik-psixologik talablar, pedagogik mahorat, talabalar,
verbal muloqot, noverbal muloqot.
Ijtimoiy pedagogika va psixologiyada hamkorlikdagi faoliyat – birgalikda
faoliyat ko‘rsatadigan sub’ektlarning tashkillashtirilgan tizimini ifodalaydi.
Bunday hamkorlik o‘quv faoliyatini birgalikda faol
tarzda amalga oshirishga
qaratilganligi bilan alohida ahamiyatga ega. Birgalikdagi faoliyatning farqli
jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi [2]:
-
jarayon ishtirokchilarining makon va zamon doirasida birlashishlari,
bunda jarayon sub’ektlari orasida bevosita aloqadorlik va muloqot muhiti
vujudga keltiriladi.
Ular harakatlar, axborotlar almashish, birgalikda faoliyat
ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar;
-
jarayon sub’ektlari orasida yagona maqsadning mavjudligi — birgalikdagi
faoliyat natijasidan xabardorlik, hamkorlikdagi faoliyat
ishtirokchilaridan har
birining ehtiyojlari va qiziqishlari, shuningdek, umumjamoa manfaatlarining
hisobga olinganligi;
-
jarayon ishtirokchilari
va rahbarining mavjudligi, ular orasidagi
vazifalarning to‘g‘ri taqsimlanganligi;
-
hamkorlikdagi
faoliyat
jarayonining
ishtirokchilari
orasida
taqsimlanganligi, mazkur vazifalarning qo‘yilgan maqsad, vazifalar, shart-
sharoitlar, vositalar bilan o‘zaro
mutanosibligi, ijrochilar tarkibi va ularning
o‘zlashtirish darajasiga ko‘ra tasniflanganligi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Bugungi kunda pedagogikada talabalar orasidagi hamkorlik faoliyatiga
ijtimoiy-ruhiy uyg‘unlashuvning muhim sharti sifatida qaralmoqda. Ushbu
uyg‘unlashuv jarayoni o‘zida talaba-yoshlarni mujassamlashtiradi.
Hamkorlikdagi faoliyat ko‘p maqsadlilik xarakteriga ega. Bu esa uning ichki
va tashqi tizim orasidagi aloqalari muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi. Individual