Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
153
– kiyinish, ota-ona bo‘lish, yashash tarzini tashkil etish, farzandlik, qarindosh-urug‘chilik burch va 
vazifalarini bajarishda sharqona odob-axloqdan keskin yiroqlik;
– oiladagi har bir shaxsning o‘zi uchun individual turmush tarzi asosida hayot kechirishi;
– bir jinsliklar turmushiga e’tiborsizlik;
– oilalarning ma’naviy-axloqiy asoslarining qadrsizligi;
– guruhli jinsiy aloqalar;
– yoshlarni oilaviy hayotga tayyor bo‘lmasdan oila qurishi va boshqalar.
Darhaqiqat, bunday salbiy ta’sirlardan xoli zamonaviy oila qurishning asosiy mezoni uning ma’naviy-
axloqiy poydevor asosiga qurilishi hisoblanadi. Shundagina u mustahkam va baxtli bo‘lishi mumkinligini 
tadqiqotlar va hayotiy tajriba ko‘rsatmoqda. 
Zamonaviy oilaning ma’naviy-axloqiy asoslari umuminsoniy va milliy qadriyatlar hisoblanadi. 
Chunki oilaning ma’naviy-axloqiy negizlarini yanada rivojlantirish, azaliy qadriyatlarini asrab-avaylash 
va mustahkamlash zamirida jamiyatning ma’naviy takomilligiga erishiladi. Oilada ma’naviy muhitni keng 
qaror toptirish, milliy mentalitetimizga mutlaqo yot bo‘lgan turli xil zararli ta’sirlarga qarshi turish oilaning 
jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshiradi. Uning asosiy manbalari quyidagilardan iboratdir:
– Sharq va G‘arb mutafakkirlari merosida bayon etilgan oila borasidagi qarashlari;
– xalq og‘zaki ijodi namunalari;
– milliy va umuminsoniy moddiy va ma’naviy qadriyatlar;
– oila ma’naviyatini takomillashtirish borasidagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar (Oliy Majlis tomonidan 
qabul qilingan qonunlar, ratifikatsiya qilingan xalqaro huquqiy-me’yoriy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari,Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirlik va idoralarning me’yoriy 
hujjatlari, mutaxassis-olimlarning ilmiy-metodik asarlari va b.);
– adabiyot va san’at asarlari;
– OAV materiallari, teleradio ko‘rsatuv va eshittirishlari; 
– hayotiy ilg‘or xalqaro va milliy tajriba.
Mazkur manbalar asosida zamonaviy oilaning quyidagi ma’naviy-axloqiy mezonlari takomillashtiriladi: 
oilaning muqaddasligi, oilaviy-huquqiy madaniyat, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, 
ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari, ro‘zg‘orshunoslik sirlari, oila gigiyenasi, 
reproduktiv salomatlik va jinsiy tarbiya asoslari, sog‘lom turmush tarzi (kiyinish, ovqatlanish, shaxsiy 
gigiyena, jismoniy salomatlikni saqlash) qoidalariga amal qilish, kundalik hayot tartib-qoidalariga rioya 
etish, har qanday vaziyatda o‘zini tuta bilish, kamtarlik, sabr-toqatlilik, saranjom-sarishtalilik, orastalilik, 
sermulohazalilik, odob doirasida so‘zlash, turli noaxloqiy illatlardan xolis bo‘lish, e’tiqodlilik, ongli intizom, 
milliy iftixor tuyg‘usiga ega bo‘lish, yurish-turish, xatti-harakat qoidalariga, milliy oilaviy qadriyatlarga 
muhabbat, ro‘g‘orshunoslik madaniyatiga amal qilish, kattalarga izzatda va kichiklarga nisbatan e’tiborda 
bo‘lish, adabiyot va san’atga muhabbatni namoyon etish, turli millat urf-odatlari, an’analari, tili, dini va 
madaniyatiga hurmat, bag‘rikenglik, mehnat madaniyati, sog‘lom ma’naviy muhit tartib-qoidalari, kiyinish 
madaniyati, muloqot madaniyati, zamonaviy uy bekalari odob-axloq qoidalari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni 
mustahkamlash, ota-onalikning ijtimoiy-ma’naviy jihatlari, erta turmush, erta tug‘uruq, qarindosh-urug‘lar 
o‘rtasidagi nikoh, ajrimlar, oilada nizo, ziddiyat, zo‘ravonlik va tazyiqlarning sabablari va zararli oqibatlari, 
farzand tarbiyasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari, еtimlik, shar’iy nikoh kabilarning salbiy oqibatlari va 
boshqalar. 
Demak, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi shaxsning insoniyat tomonidan qabul qilingan 
umuminsoniy va milliy odob-axloq qoidalarini zamonaviy ma’naviy mezonlar bilan uyg‘un holda kundalik 
hayotda, amaliy faoliyatda yaxlit tarzda o‘z xatti-harakati, xulq-atvori orqali ongli ravishda namoyon etish 
demakdir. 
Mazkur mezonlar ma’naviy muhiti sog‘lom yoki nosog‘lom; tinch yoki notinch; to‘liq yoki noto‘liq; 
ehtiyojmand; kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan; turli millatli, diniy e’tiqodli, ijtimoiy mavqega 
ega; ziyoli, ishchi-tadbirkorlar va boshqa toifa oilalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 
takomillashtiriladi. Albatta, bu o‘rinda ota-onalar, mahalla fuqarolar yig‘inlari mutasaddilar va boshqa 
mutasaddilarning tashkilotchilik kompetentligi muhim rol o‘ynaydi.



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin