Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

Imom Shofe’iy
Inson uchun bilim olishning o‘zi kifoya emas,
bilimni taraqqiyot yo‘lida sarflamoq kerak. 
Iogann Gyote 
Audiatur et altera pars 
(Ikkinchi tomon ham eshitilmog‘i darkor)
Qadimgi yunon aforizmi
Eksponensial taraqqiyot, murakkab ijtimoiy xususiyatga ega informatsion jamiyat, to‘rtinchi sanoat 
inqilobi, yuqori sur’atlarda axborot almashinuvi, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar transformatsiyasi, siyosiy va 
ekologik xatarlar – XXI asrning evolyutsion paradigmasi inson, jamiyat hamda ta’lim oldiga yangi vazifalarni 
qo‘ydi, xususan, ta’lim nazariyasi va metodologiyasini qayta ko‘rib chiqish, gumanistik g‘oyalarni generatsiya 
qilish, postmodernistik jamiyatda yashash ko‘nikmalarini egallash, shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirishni 
taqozo etdi. “Lifelong learning” – “umr davomida ta’lim olish” konsepsiyasining paydo bo‘lgani bejiz emas. 
XXI asr ko‘nikmalari yo‘lida hamkorlik tashkiloti (Partnership for 21
st
Century Skills) tomonidan 
XXI asrda insoniyatning barcha sohada muvaffaqiyatli faoliyati uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar qatorida 
quyidagi ijtimoiy kompetensiyalar sanab o‘tilgan.
– 
liderlik (peshqadamlik) ko‘nikmalari;
– 
shaxslararo va muammolarni hal qilish ko‘nikmalari yordamida boshqalarga ta’sir ko‘rsatish va 
ularni maqsad sari yo‘naltirish; 
– 
boshqalar bilan tegishli va mahsuldor tarzda ishlash;


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
157
– 
guruhlarning jamoaviy aqliy qobiliyatidan zarur hollarda foydalanish;
– 
yangilik kiritish va ish sifatini oshirish maqsadida madaniyatlar orasidagi tafovutni bartaraf etish 
va turlicha nuqtayi nazarlardan foydalanish;
– 
tolerantlik.
Ushbu muhim kompetensiyalar qatoridan nizolarni samarali hal qilish, nizoni boshqarish kabilar ham 
o‘rin olgan
78
.
XXI asrda uzluksiz shaxsiy va kasbiy kamolot hamda o‘zgarib, rivojlanib borayotgan dunyoning 
talablariga moslashishning samarali shakllaridan biri bu shaxslararo nizolarni samarali boshqarish 
ko‘nikmalaridir. Xristof Besemer
79
, Vendi Suzuki (Wendy Suzuki)
80
, Liza Parkinson
81
, Rojer Fisher (Roger 
Fisher), Uilyam Yuri (William Ury)
82
, Anita fon Xertel
83
, Garold Abramson
84
tadqiqotlarida shaxs uyg‘un 
rivojlanishining omillari, inqirozlarni samarali bartaraf etish orqali shaxsiy rivojlanish muammolari tadqiq 
qilingan.
Nizo (ixtilof, nifoq, mojaro, ziddiyat, qarama-qarshilik, kolliziya, konflikt) zamonaviy dunyoning 
ajralmas elementi hisoblanadi. Nizolar ijtimoiy hayotning etnik, irqiy, milliy, oilaviy, mehnat, tijorat, biznes, 
g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlarga oid masalalarida yuzaga kelishi mumkin.
Zamonaviy ta’lim paradigmasi kontekstida O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-
quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutida ham xodimlarning kasbiy 
kompetentligini rivojlantirish, faoliyatga ilg‘or g‘oya va innovatsiyalarni implementatsiya qilish yo‘lida 
muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mutaxassislar xalqaro hamda hududiy miqyosda konferensiya, 
intensiv kurslar, timbilding, treninglarda ishtirok etib, zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirmoqda. Buning mahsuli 
o‘laroq mutaxassislarda zamonaviy korporativ muhit va unga qo‘yilayotgan talablar haqida yaxlit kartina 
shakllanmoqda. Xususan, mahalla va oila instituti sohasida zarur ko‘nikmalardan biri jamiyatda va oiladagi 
shaxslararo munosabatlarda kelib chiqadigan nizolarni bartaraf etishga qaratilgan konflikt-menejment hamda 
mediativ texnikalarni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni 
sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash 
tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5938-sonli farmonida mahalla va 
oila tizimi oldida turgan eng muhim vazifalar qatorida 
oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni 
sog‘lomlashtirish, oila institutini mustahkamlash, notinch va muammoli oilalarga manzilli ko‘maklashishni 
tashkil etish, xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir 
ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish
kabilar belgilangan. Farmon bilan tasdiqlangan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni 
samarali joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 21-bandida “

Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin