Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
163
Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik tafakkurini milliy markazlar yoshlarida shakllantirishda bir 
komponentli ta’lim va tarbiya tizimidan (stixiyali), ko‘p komponentli ta’lim tizimiga (ta’lim tizimi va nodavlat 
ta’lim tizimi o‘rtasidagi integratsiya, bilim, malaka va ko‘nikmalar integratsiyasi, turli davlat va nodavlat 
tashkilotlarining maqsadlar integratsiyasi va amallar muvofiqlashuvi, shaxs kompetensiyasi, inson kapitali 
ustuvorligi, pedagogik maqsad bilan uni samarali amalga oshirishning shakl, vosita va usullari o‘rtasidagi 
integratsiya) o‘tish darkorligi kuzatiladi. 
Binobarin, aynan, mana shunday yuqorida ta’kidlangan barcha unsurlar xususiyatlarini o‘zida mujassam 
etgan ko‘p komponentli ta’lim va tarbiya jarayoni millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik tafakkuriga 
ega bo‘lgan shaxs shakllanishini ta’minlab beradi. 
Tadqiqotda milliy totuvlik va diniy bag‘rikenglikning ilmiy-pedagogik ta’rifini ishlab chiqish muhimligi 
inobatga olindi. Unga ko‘ra, milliy totuvlik va diniy bag‘rikenglik inson ruhiy, ma’naviy va mafkuraviy 
tinchligini saqlash va muhofaza qilish shart sharoitlariga qo‘yiladigan huquqiy norma va axloqiy sifatlar 
majmualardan biri bo‘lib, u insonning yashash shart-sharoitlarini tinchlik, osudalik, birodarlik, hamkorlik 
asosida tashkil etishga qaratilgan amallar majmuyidir. U tarixiy xususiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy, 
ma’naviy-axloqiy qadriyatlar yig‘indisidan iborat. Uning mazmuni inson hayot xavfsizligini muhofaza qilish, 
uning yashash tinchiligini asrash, uning hayotini va tinchligini ta’minlashga qaratilgan g‘oyalar, qarashlar, 
tushunchalar, sa’y-harakatlar, bilimlar, malakalar, ko‘nikmalar va faoliyatga tayyorlik yig‘indisiga teng keladi.
Xulosalarga ko‘ra, milliy totuvlik va diniy bag‘rikenglik tafakkuriga egalik demokratik va fuqarolik 
jamiyatlari hayotida kundan kun ahamiyat kasb etib borayotgan eng muhim talablardan biriga aylanib 
bormoqda. Insonda milliy totuvlik va diniy bag‘rikenglik madaniyati bo‘lsagina, u ijtimoiy muhitda o‘zi 
va boshqalarning rang-barangligini tan ola oladi, va mana shu rang-barang olam bilan kelishgan holda 
va rang-baranglikni tan olgan holda ijtimoiy inqirozlarsiz yashashga o‘rganadi. Bugungi ijtimoiy talab, 
inson millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik posboni bo‘lishi shart. Jamiyat va o‘zining shaxsiy hayot 
manfaatlarini muhofaza qilish millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik posboni bo‘lgan insonlar qo‘lidadir. 
Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik tafakkurini shakllantirish bu – totuvlik va bag‘rikenglik 
borasidagi eng zamonaviy tushuncha, ong, tafakkur, qadriyatlar, axloq, fe’l-atvor va madaniyatni bugungi 
ustuvor yo‘nalish sifatida yoshlarda mutanosib shakllantirish uchun maqsadli pedagogik jarayonni tashkil 
qilishdir. 
* * *



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin