Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə231/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
189
Oiladagi avlodlararo munosabatlarda ijtimoiy-psixologik to‘siqlarning paydo bo‘lishining asosiy omili 
“bolalar” avlodining pozitsiyasi hisoblansa ham, oilaga psixologik yordam ko‘rsatish amaliyoti shuni 
ko‘rsatadiki, ijtimoiy-psixologik to‘siqlar oilaning barcha avlodlari vakillarining o‘zaro munosabatlaridagi 
dolzarb muammodir.
Oilada avlodlararo munosabatlarda eng ko‘p uchraydigan ijtimoiy-psixologik to‘siqlar hayotiy tajriba, 
muloqot, qadriyatlarga yo‘naltirilgan va ajralish to‘sig‘idir.
Hayotiy tajriba, muloqot, munosabat to‘sig‘i, qadriyatlarga yo‘naltirilgan to‘siqlar oilada avlodlararo 
munosabatlarda namoyon bo‘lsa, ajratish to‘sig‘i, asosan, “bobo va buvilar”, “ota-onalar” va “bolalar” 
avlodlari o‘rtasidagi munosabatlarga xosdir. 
Oilada ijobiy ijtimoiy-psixologik muhitni yaratishda ota-ona mas’uldir. Ammo ayrim holatlarda oilada 
er va xotin o‘z vazifalarini to‘la tushunib yetmaydilar. Ko‘pchilik holatda ular o‘z vazifalarini oilani moddiy 
jihatdan ta’minlashdan iborat, deb bir yoqlama tushunadilar. Oila tarbiyasida quyidagi holatlarni qoida sifatida 
har bir oila qabul qilishi oilada avlodlararo to‘siqlarni bartaraf etishga yordam beradi:
• 
ota-onani o‘z farzandlariga nisbatan doimo diqqat-e’tiborli bo‘lishi;
• 
farzandlar bilan doimo muloqotda bo‘lish;
• 
ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasida o‘zaro tushunishning mavjudligi; 
• 
ota-onalarning o‘g‘il va qizlarga nisbatan xushmuomalada; 
• 
otalik va onalik mehr-muhabbati samimiy va obyektiv bo‘lishi; 
• 
oila davrasida, muhitida doimiy o‘zaro hurmatning qaror topganligi; 
• 
ota-onalarning barqaror ijobiy his-tuyg‘ulari, kayfiyatlari, ularning tartibli xarakterga ega bo‘lishi; 
• 
ota-onalar shaxsiy qiziqishlarining o‘zaro mos tushishi va tubdan bir-biriga qarama-qarshi bo‘lganda 
ham bir-biriga hurmat ko‘rsatish; 
• 
oila muhitida adolatni mavjudligi; 
• 
ota-onalarning bilim-saviyalari va madaniy darajalarining yuqori darajada bo‘lishi; 
• 
oilada yaxshi an’analar, rasm-rusumlar, urf-odatlarning mavjudligi va doimo ijobiy xatti-harakatlarga 
rioya qilinishi, ijtimoiy muhitga nisbatan faol bo‘lish.

Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin