“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 30 bir necha asrlik tarixga ega bo‘lgan an’analarni, ma’naviyatni avloddan avlodga yеtkazadi. Agarda shaxsning
shakllanishida biologik, tabiiy va madaniy muhit, ijtimoiy tajriba, odamlar bilan munosabat kabi omillar
muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olsak, bularning barchasi oilada mujassamlashgandir. Zero, shaxs
ma’naviyati, uning dunyoqarashi, e’tiqodi, hayotiy tamoyillari, ideallari, qadriyatlari, ko‘nikmalar majmuyi,
asosan, oilada shakllanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “...to‘liqsiz oilalar, ajralishlar, nikohsiz tug‘ilgan bolalar
sonining ortishi, bir jinsli oilalarning legallashuvi kabi salbiy holatlar mavjudligini, masalan, Fransiyada
nikohsiz tug‘ilgan bolalar 55%, ajralishlar 55%, to‘liqsiz oilalar 23% ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichlar
Angliya va Amerika Qo‘shma Shtatlarida ham shunga yaqin: mos ravishda 47,3%, 46%, 28% va 39,8%,
46%, 27%”
14
bunday holat iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos ekanligini tasdiqlaydi. Shu bois bilan
bugungi kunda yoshlarning oila muhitiga moslashuvi masalalarini o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Shuni inobatga olgan holda, bugungi kunda oilalar orasida vujudga kelayotgan muammolarga to‘xtalib
o‘tsak.
Er-xotin o‘rtasida oiladagi rol va majburiyatlar taqsimoti bilan bog‘liq muammolar: Er-xotinlarning o‘zaro oiladagi roli va majburiyatlari taqsimoti bilan bog‘liq nizolar va tushunmovchiliklar
konsultatsiyaga yordam so‘rab murojaat qiluvchi juftliklar orasida eng ko‘p tarqalgan sabablardan biridir.
Rollar bilan bog‘liq nizolar er-xotinning oiladagi rol tushunchasiga oid tasavvur, stereotiplari qay darajada
shakllanganligi bilan bog‘liq
15
.
Ko‘pchilikda “Odatda bunday muammolar munosabatlari endi shakllanayotgan yosh oilalarga xos”,
degan fikr yuzaga kelishi mumkin, lekin aslida bunday emas. Bunday muammo bilan uzoq yillar birga hayot
kechirgan er-xotinlar ham murojaat qilishlari ehtimoli bor. Oilada shunday turdagi muammoning kuchayishi,
natijada er-xotin konsultatsiyaga murojaat qilishlari umuman tasodifiy emas. Munozaraning chuqurlashuviga
oilaviy hayotda allaqachon bo‘lib o‘tgan yoki yaqin vaqtlarda bo‘lishi kutilayotgan o‘zgarishlar sabab
bo‘lishi mumkin. Bunday o‘zgarishlarga farzandlarning tug‘ilishi, ularning bog‘chaga yoki maktabga qatnay
boshlashi, kichik yoshdagi farzandining tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan ayollarning ta’tildan so‘ng ishga
chiqishlari, oila a’zolaridan birining jiddiy kasalligi, yosh oilaning ota-onalaridan ajralib chiqishlari yoki
ularning uyiga ko‘chib o‘tishlari, farzandlarni uylantirish yoki turmushga berish muammosining mavjudligi,
er-xotinlardan birining nafaqaga chiqishi va hokazolar kiradi. Ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin, lekin
undagi sabablarning hammasini ma’lum bir umumiylik bog‘lab turadi, u ham bo‘lsa oilada yuzaga kelgan
va oilaviy yumushlarni, majburiyatlarni qaytadan taqsimlashni talab etadigan o‘zgarishlardir.
Oilaviy majburiyatlarni nisbatan adolatli taqsimlash uchun er-xotinning har biri turmush o‘rtog‘i undan
nima xohlashini va kutishini bilishi shart, qolaversa, ularning oilada nimalarni amalga oshirishlari, nimalarni
qilmasliklari to‘g‘risidagi tasavvurlarini aniqlashtirish samarali natija beradi.
Butun dunyoda oila va nikoh instituti deformatsiyasi yuz berayotgan bugungi kunda haqli savol
tug‘iladi: oila institutini saqlash uchun nima qilish kerak? Shu bois Toshkent viloyatining turli hududlarda
oila mustahkamligini ta’minlash omillari borasida sotsiologik so‘rovnomalar o‘tkazilgan.