Zamonaviy quyosh elementlari fizikasi va texnologiyasi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə2/8
tarix24.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#85454
1   2   3   4   5   6   7   8
1. Zamonaviy quyosh elementlari fizikasi va texnologiyasi

Qayta tiklanadigan energiya manba’laridan olinadigan iqtisodiy samaralar. Qayta tiklanadigan energiya manba’si, tabiiy energiya xususiyatiga ega bo‘lgan, keng mezondagi tabiat manba’sidir. SHunga qaramay, qayta tiklanadigan energiya manba’i sirli tayoqcha emas, energiya olishning barcha masalasini hal etmaydi, qancha ko‘p bu manba’dan foydalanar ekanmiz, shuncha neft, tabiiy gaz, ko‘mirdan foydalanish qisqaradi, atrof-muhitning ifloslanish va issiqxona gazlarining atmosferaga tarqalishi kamayadi, shu bilan birga ish joylari ko‘payadi.
Qayta tiklanadigan energiya manba’lari tuman va qishloqlar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Jumladan, yangi ish joylari tashkil etilib, daromad manba’lari paydo bo‘ladi, hududning soliq bazasi kengayadi.
Qayta tiklanadigan energiya katta potensialga ega, toza atrof-muhitni tegishli talabni qondiradi, sof atrof-muhitni yaratadi, yaxshi ish joylari yaratilishiga va investitsiya qo‘yishga qulay sharoitlar yaratiladi. Qishloq aholisi bunday qayta tiklanadigan energiya manba’si yaratilishidan katta foyda ko‘radi.
SHunday rivojlanish qishloq aholisiga zamonaviy energiya shaklini olishga imkoniyat hosil qiladi. SHamol, quyosh, geotermal elektr stansiyalari, katta bo‘lmagan gidrostansiyalari shuningdek, biomassalar, qishloq maishiy sohasiga elektr energiyasini beradi. Quyosh energetikasi va quyosh bilan suv isitish qishloq aholisining arzon zamonaviy energiya manba’si bilan ta’minlashi mumkin. Jumladan, 2011 yilning boshida aholiga Toshkent viloyatidagi tabiiy gaz tarqatuvchi korxonalar 1 m3 tabiiy gazni 67 so‘m 50 tiyin deb belgilangan narxda sotayotgan edi. Agar 5–6 kishilik bir oila yashayotgan uyining isitish maydoni o‘rtacha 60 m2 bo‘lsa, tabiiy gazga sarf-xarajat 1 yilga (yoz oyida – 15000 so‘m, 6 oy = 90000 so‘m; qish davriga 80000 so‘m, 6 oy = 480000 so‘m) qish va yoz uchun 570 ming so‘m sarflangan.
«Ixlos Biznes Baraka» xususiy korxonasining sarf-xarajatlari bo‘yicha qilingan hisob-kitoblarga ko‘ra, biogazdan foydalanilganda, uning 1 m3 sotuvga 30 so‘m atrofida bo‘lib, 1 yilning qish va yoz oylariga (yozda – 9000 so‘m, 6 oy = 54000 so‘m, qishda 30000 so‘m, 6 oy = 180000 so‘m) 234000 ming so‘mni tashkil etgan. Demak, biogazdan foydalanishning iqtisodiy samarasi 2,5 barobar arzonligi aniqlandi.
SHuningdek, chiqindidan biogaz olish davomida hosil bo‘lgan bioo‘g‘itning 1 kilogrammini 150 so‘mdan sotish mumkin bo‘lgan. SHu kunlarda do‘konlarda sotilayotgan bioo‘g‘itning 1 kilogrammi 500 so‘m, mineral o‘g‘itning 1 kilogrammi esa 5000 so‘mni tashkil qilgan.
Bir kunda ishlab chiqariladigan bioo‘g‘it 140 kg atrofida bo‘lib, 21000 so‘mni tashkil etgan. Arzon xom ashyo chiqindidan olinayotgan biogaz va bioo‘g‘it, amaldagi tabiiy gaz va o‘g‘itlardan 3–4 barobar arzonga tushgan.
Mamlakatimizda energiya iste’molini kamaytirish va uni tejashning samarali tizimini joriy etishga muhim vazifa sifatida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu borada
qayta tiklanuvchan energiya manba’laridan foydalanish jarayonida tejamkor, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash ko‘lami kengayib bormoqda. O‘tgan 2010 yilning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Namangan, va Sirdaryo viloyatlarida ko‘plab quyosh stansiyalari, Toshkent, Jizzax, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida esa biogaz qurilmalari o‘rnatildi.


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin